MATEMATIKA FANINI O’QITISHDA ZAMONAVIY METODLARDAN
FOYDALANISH
https://doi.org/10.5281/zenodo.7066304
Masharibova Shohida Shavkatjonovna
Xorazm viloyati, Xiva shahar 7-son maktabning Matematika fani o’qituvchisi
Annotatsiya
:
Ushbu maqolada matematika fanini o'rganadigan obyekti
materiyadagi narsalarning fazoviy shakllari va ular orasidagi miqdoriy
munosabatlardan iboratligi, matematikadagi izlanishning ilmiy metodlari bir vaqtning
o'zida matematikani o'qitishdagi ilmiy izlanish metodlari vazifasini ham bajarishi
korsatilgan.
Kalit so'zlar:
figuralar, metod, taqqoslash, analiz, sintez, qism, simmetrik.
KIRISH
Metod so'zi grekcha so'z bo'lib, «yo'l ko'rsatish» demakdir. «Ta'lim metodi»
tushunchasi esa hozirgi zamon metodika va didaktika fanlaridagi asosiy
tushunchalardan biridir, ammo bu tushuncha yaqin vaqtlarga
qadar har xilmetodik
adabiyotlarda turli mazmunda qo'llanib kelinar edi. XIX asrga qadar bo'lgan metodik
adabiyotlarda «metod» tushunchasi matematika kursining asosiy mazmunini bayon
qiluvchi mavzuning tavsifi sifatida ishlatiladi. Masalan, «Sonlarni o'rganish metodi»,
«Geometrik figuralarni o'rganish metodi» va hokazo.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA Taqqoslash metodi
O'rganilayotgan matematik obyektdagi narsalaming 0'xshash
va farqli
tomonlarini aniqlovchi metod taqqoslash metodi deyiladi. Taqqoslash metodi ham
ilmiy izlanish metodlaridan biridir. Taqqoslash metodini matematika darslarida
o'rganilayotgan mavzu materiallariga tatbiq qilishda
quyidagi prinsi plarga amal
qilinadi:
1)
taqqoslanayotgan matematik tushunchalar bir jinsli bo'lishi kerak;
2)
taqqoslash o'rganilayotgan matematik obyektdagi narsalaming asosiy
xossalariga nisbatan bo'lishi kerak.
Matematika o'qitishdagi ilmiy izIanish metodlari
Ma'lumki, matematika fanini o'rganadigan obyekti
materiyadagi narsalarning
fazoviy shakllari va ular orasidagi miqdoriy munosabatlardan iboratdir. Ana shu
shakllar orasidagi miqdoriy munosabatlarni aniqlash jarayonida matematiklar
izlanishning ilmiy metodlaridan vosita sifatida foydalanadilar.
Matematikadagi
izlanishning ilmiy metodlari bir vaqtning o'zida matematikani o'qitishdagi ilmiy
izlanish metodlari vazifasini ham bajaradi. O'qitishdagi ilmiy izlanish metodlari
quyidagilardan iboratdir.
1Tajriba va kuzatish. 2. Taqqoslash. 3. Analiz va sintez. 4. Umumlashtirish. 5.
Abstraksiyalash. 6. Aniqlashtirish. 7. Klassifikatsiyalash.