Matematika fanining dunyo madaniyati va tarixida tutgan o'rni reja



Yüklə 27,55 Kb.
səhifə5/5
tarix08.02.2023
ölçüsü27,55 Kb.
#83518
1   2   3   4   5
Matematika fanining dunyo madaniyati va tarixida tutgan o\'rni re

Matematika tili. Matematika ham o‘z alifbosiga egadir. Bu alifbo harflar, raqamlar va maxsus belgilardan tashkil etilib, ularning har biri o‘z navbatida yaxlit deb qabul qilingan belgilardan iboratdir. Matematik belgilar - matematikaga oid bilimlarni yozuvda ifodalash uchun qo‘llanadigan belgilardir. Hozirgi zamon matematikasining ko‘plab natijalarini rivojlangan va qulay belgilarsiz tasavvur qilish mumkin emas.
Keng ma’noda aytganda matematik til xuddi tabiiy tildek alifbo, so‘zlar, grammatika, bu tilda turli matnlardan tashkil topgan. Matematik tilda so‘zlar va grammatikaning analogi sifatida matematik belgilar, aksiomalar, teoremalar, ta’riflar, matnlar analogi sifatida esa matematik modellar deb qaralsa bo‘ladi.
Xalqaro matematika ittifoqi tomonidan nashr qilingan “Matematika: chegaralari va istiqbollari” nomli kitobda quyidagi ta’rif keltirilgan[6]:
Matematika – bu o‘ziga xos bo‘lgan grammatik qoidalari yordamida chekli alfavit belgilarining chekli zanjirlarini boshqa shunday zanjirlarga almashtirishlarni o‘rganadigan tilshunoslikning bo‘limi.
Tabiiy tillardan farqli tomoni shundaki, bu maxsus til grammatikasida «1 + 2» belgilar zanjiri o‘rniga «3» belgisini qo‘yish qoidasiga o‘xshash qoidalar bisyor.
Matematik tilning afzalliklari:
1. Maxsus belgilar yordamida fikrlash madaniyatini egallagashga, fikrlarni ketma-ket, mantiqan to‘g‘ri, aniq va ratsional ifodalashga imkon yaratadi
2. Tevarak atrofimizdagi voqea va hodislarni ongli o‘rganish uchun katta imkoniyatlarga ega.
Yüklə 27,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin