Matematika o`qitish metodikasinin boshqa



Yüklə 11,93 Kb.
səhifə1/5
tarix14.12.2023
ölçüsü11,93 Kb.
#178360
  1   2   3   4   5
Oʻquvchilarning mustaqil ishi va tahsilini tashkil etishning samarali yoʻllari


Oʻquvchilarning mustaqil ishi va tahsilini tashkil etishning samarali yoʻllari. Uy
vazifalarining ta’lim-tarbiya jarayonidagi oʻrni
Qozoqova Aziza 222_20 guruh
Har bir oʻquvchining taʻlim - tarbiya jarayonidagi faoliyati oʻziga xos boʻlib biri - birini takrorlamaydi. Shunday ekan ularning salohiyatini, iqtidori jarayonidagi harakatini bir xillikda baholash bir mavqeda koʻrish albatta nooʻrin. Oʻquvchilarning mustaqil ishlari, fikrlashi salohiyatlarida ham farq katta.
Oʻquvchilarda mustaqil ishlash, avvalo unga tayyorlash oʻqituvchi tomonidan materiallarni muammoli tarzda bayon etish kabi yoʻllar bilan hosil qilinadi. Bunda quyidagi topshiriqlarni muntazam ravishda tavsiya etish mumkin: materialni darslik asosida oʻrganish, namunaviy mustaqil mashqlar, yangi turdagi topshiriqlar, ijodiy ishlarni oʻrgatishni oʻz ichiga oladi.
Mustaqil faoliyat faollikni oshiradi, bo`sh o`zlashtiruvchi o`quvchilarni mustaqil ishlashga o`rgatish yaxshi samara beradi. Mustaqil faoliyat insonni ziyrak va hozirjavob qiladi. Bu faoliyat kichik yoshdagi maktab o`quvchilarida uyg`un holda rivojlanishi kerak.
Mustaqil ish turlarini qanday turlari bo`lishi kerak? Avvalo, ish turlari o`qituvchi tomonidan puxta o`ylangan, ta`lim maqsadiga asoslangan va surunkali bo`lishi kerak. Bunda har bir o`quvchining imkoniyati hisobga olinishi, ularning yosh xususiyati, nimalarga qiziqishi ham e`tibordan chetda qolmasligi kerak.
O`quvchilarni aqliy rivojlantirishning sifatlaridan biri topshiriqlarni to`la eslab qolib bajarishlaridir. Bunda bajariladigan ishning maqsadini tushungan (tasavvur qilgan) holda, uning rejasini belgilash va ish usulini tanlash yo`l qo`yilgan xatolarni mustaqil topa olish va uni tuzata bilishlariga alohida e`tibor beriladi.
Tajribalar shuni ko`rsatadiki, bolalar o`qituvchi rahbarligida ishlaganda tez mushohada qiladilar. Bu holga o`rganib qolmasliklari uchun ko`proq ularning o`zlarini mustaqil fikrlashga da`vat etish lozim. O`quvchilar e`tiborini jalb etish maqsadida matndagi voqealarni eslatib: Nega? Nega shunday bo`ldi? Seningcha qanday bo`lishi kerak edi? Kabi savollar berib, uning fikrini ma`qullab, yana o`ylasang topasan, juda yaxshi, juda soz ! kabi rag`batlantiruvchi so`zlarni ishlatish foydalidir. Masalan, “O`roq va Kombayn” masalasi yuzasidan: O`roq nega afsuslanadi? Kombayn unga nima dedi? Kabi savollar berib, har ikkisini solishtirish orqali texnikaning kuch-quvvatiga bolalar e`tiborini tortiladi, har bir texnika asbobining hayotimizdagi ahamiyatini baholashga o`rgatiladi.

Yüklə 11,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin