A
b
D
62
2-DARS:
BIR NECHTA TENG (BIR XIL)
QO‘SHILUVCHILAR YIG‘INDISI
Maqsad:
bir nechta bir xil qo‘shiluvchilar yig‘indisini topadi.
1.
Mavzu bo‘yicha tushuncha beriladi. Jami nechta doiracha berilgan?
Ularni sanaymiz. Doirachalar nechta guruhga ajratilgani va har bir guruhda
nechtadan
doiracha borligini sanaymiz, bo‘sh kataklarni to‘ldiramiz.
3 ta 2 talik guruh.
3 ta 3 talik guruh berilgan.
2.
Hisoblashni tushuntiramiz.
Dastlab teng guruhlarga berilgan legolar sonini sanaymiz.
Ularni guruh-
larga ajratib, qo‘shiluvchilar yig‘indisini topamiz.
4 + 4 = 8
2 ta 4 talik guruh.
2 + 2 + 2 + 2 = 8
4 ta 2 talik guruh.
4 + 4 + 4 + 4 + 4 = 20
5 ta 4 talik guruh.
3.
Hisoblaymiz.
Sanaymiz: jami sharchalar nechta? (18 ta)
Sharchalar nechta guruhga ajratilgan? (6 ta guruhga.
Ajratilgan har bir guruhda nechtadan sharcha bor? (3 tadan)
Barcha sharchalar sonini qo‘shish amali yordamida hisoblaymiz. Kim
topqir?
6 + 6 + 6 = 18
3 ta 6 talik guruh.
Demak, jami 18
ta shar berilgan
bo‘lib, ular 6 ta 3 talik guruhga ajra
-
tilgan.
4.
Har bir sellofan paketda nech
-
tadan non bor? (2 tadan) Sellofan
paketlar soni nechta? Har kuni 2
tadan non olingan bo‘lsa, bir haftada
nechta non olib kelingan? Guruhlar
sonini sanaymiz va hisoblaymiz.
Dostları ilə paylaş: