Axloq inson va jamiyat o‘rtasidagi ob’ektiv aloqadorlik tufayli kelib chiqadigan, har bir shaxsning hayoti va faoliyatini boshqaradigan, tartibga soladigan prinsip va normalar majmuidir
Reja etika etika fanining shakillanishi Etikaning asosiy tushun-fayllar.org
Axloq inson va jamiyat o‘rtasidagi ob’ektiv aloqadorlik tufayli kelib chiqadigan, har bir shaxsning hayoti va faoliyatini boshqaradigan, tartibga soladigan prinsip va normalar majmuidir .
Axloq inson va jamiyat o‘rtasidagi ob’ektiv aloqadorlik tufayli kelib chiqadigan, har bir shaxsning hayoti va faoliyatini boshqaradigan, tartibga soladigan prinsip va normalar majmuidir .
Regulyativ funksiyasi – axloqning asosiy funksiyasi hisoblanadi. Regulyativ funksiya shaxs, xizmat jamoasi, davlat va jamoat institutlari faoliyatini jamiyatda mavjud bo‘lgan axloqiy normalar asosida boshqarib turishni anglatadi. SHu maqsadda bir qancha vositalarga tayanadi: axloqiy prinsiplar, jamoatchilik fikri, axloqiy avtoritet, an’analar, urf-odatlar va hokazo. Axloq nafaqat alohida shaxs, balki butun jamiyatning ham hulq-atvorini boshqaradi.
Aksiologik funksiyasi (baholash) – yuqorida ta’kidlaganimizdek, har qanday axloqiy xatti-harakat u yoki bu qadriyatlar sistemasi orqali baholanadi. «Axloqiy-axloqsiz», «yaxshi-yomon» nuqtai nazaridan kelib chiqqan holda xatti-harakatlar, munosabatlar, motivlar, qarashlar, shaxsiy sifatlar baholanadi. Axloq inson tomonidan qadriyatlarni o‘zlashtirish, ularni rivojlantirishni ham nazorat qiladi.
Informatsion (bilish) funksiyasi- axloqiy bilimlar hosil qilishga qaratilgan bo‘lib, axloqiy prinsiplar, normalar, kodekslar ijtimoiy-axloqiy qadriyatlar haqidagi informatsiya manbai hisoblanadi. SHu bilan birga odatiy va ekstremal vaziyatlarda, konfliktli va tang holatlarda axloqiy tanlov masalasiga e’tibor qaratiladi. Demak, axloq olamni, insonni, uning mohiyatini, hayotining ma’nosini anglashga yordam beradi.
Tarbiyaviy funksiyasi–har qanday tarbiya tizimi – bu eng avvalo axloqiy tarbiya tizimi hisoblanadi. Axloqiy tarbiya axloqiy norma, odat, an’ana, umumiy xulq-atvor namunalarini aniq tashkiliy tizim holiga keltiradi, axloqiy bilimlarni axloqiy ishonch-e’tiqodga aylantiradi, konkret vaziyatlarda axloqiy bilim va ishonch-e’tiqodni qo‘llashda ijodiy yondashuvga o‘rgatadi. Demak, axloq nafaqat norma va qoidalarga rioya qilishni, balki o‘z-o‘zini nazorat qilishga o‘rgatadi.

Aslida axloqiy ideallar, tamoyillar va normalar kishilarning adolat, insoniylik, ezgulik, yovuzlik, ijtimoiy farovonlik haqidagi tasavvurlaridan kelib chiqqan. Bu tasavvurlarga mos keluvchi xatti-harakatlar axloqiy deb, zid keladigan xatti-harakatlar axloqsizlik deb e’lon qilingan.
Boshqacha qilib aytganda, kishilar fikricha jamiyat va shaxs manfaatlariga mos keladigan, insonlar uchun foydali bo‘lgan xatti-harakatlar axloqiydir. Albatta, bu tasavvurlar tarixiy taraqqiyot davomida o‘zgarib borgan, turli sinflar, ijtimoiy guruhlarda turlicha bo‘lgan.
SHuningdek, atoqli faylasuf Erkin Yusupovning: «Umuman, axloq ijtimoiy munosabatlar zaminida alohida shaxs sifatida mavjud bo‘lgan insonlarning o‘z-o‘zini idora qilish shakllari va me’yori, o‘zaro muloqot va munosabatlarda ularga xos bo‘lgan ma’naviy kamolot darajasining namoyon bo‘lishidir»-degan ta’rifi ham diqqatga sazovor.