Kirish Davlat taraqqiy topish uchun avvalambor ilm-fan borasida ko‘plab yutuqlarga erishmoq demakdir. Yoshlarni bilimli qilib tarbiyalsh yurtimiz oldida turgan ulkan vazifalardan biridir. O‘zbekiston Respublikasi mustaqil huquqiy demokratik davlat, erkin fuqarolik jamiyat qurish yo‘lida ulkan ishlar olib borilib, inson mohiyatining yangidan ochishga, uni o‘zligini anglashga, imkoniyatlarni ro‘yobga chiqarishga va ma’naviy intellektual, aqliy – amaliy rivojlanishga yangi shart-sharoitlar yaratib berishdi. Ta’limning fan va ishlab chiqarish bilan integrasiyasi mexanizmlarini rivojlantirish, uni amaliyotga joriy etish, o‘qishni, mustaqil bilim olishni individuallashtirish hamda masofaviy ta’lim tizimi texnologiyasini, uning vositalarini ishlab chiqish, o‘zlashtirish, yangi pedagogik va axborot texnologiyalari asosida o‘quvchi va talabalarni o‘qitishni jadallashtirish ana shunday dolzarb vazifalar sirasiga kiradi. Ta’limni isloh qilish, yangi mazmundagi va zamon talabiga javob beradigan o‘quv adabiyotlar, qo‘llanmalarni yaratish va ilg‘or pedagogik texnologiyalarni joriy etishni taqozo etadi. Ta’lim tizimidagi kamchiliklar, shu jumladan, matematika fanida ham o‘qitish uslubiyatini chetlab o‘tmaydi. Har bitta fanga alohida e’tibor berish, har bir mavzuni o‘qitishda ma’suliyatli bo‘lish o‘qituvchi, professor, dotsent, va akademiklarning eng oliy maqsadi hisoblanadi. Bizga ma’lumki matematika fani juda qiziqarli va shu bilan birga murakkab fan bo‘lib ham hisoblanadi
Kurs ishining dolzarbligi. So’ngi yillarda mamlakatimizda oliy ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan bir qancha chora tadbirlar amalga oshirilmoqda.Chunki jahon talablari darajasidagi raqobatbardosh kadrlar tayorlash maqsadida talabalarga dunyo standartiga javob beradigan bilim va ko’nikmalar berish bugungi kunning eng dolzarb masalaridan biri bo’lib kelmoqda.Matematik analiz fani matematikaning fondamintal bo’limlaridan biri bo’lib, u matematikaning poydevori hisoblanadi.Matematik analiz kursi davomida ko’pgina tushuncha va tasdiqlar shuningdek ularning tadbiqlari keltiriladi.Matematik analiz oliy matematikaning dastlabki va ayni vaqtda asosiy bo’limi bo’lib barcha oliy o’quv yurtlarida tegishli dasturga qarab u yoki bu hajmda o’qitiladi. Matematik analiz faning asosiy vazifasi shu fanning tushuncha, tasdiqlar va boshqa matematik malumotlar majmuasi bilan tanishtrishgina bo’lmasdan balki talabalarda mantiqiy fikirlash matematik usullarni amaliy masalalarni yechishga qo’llash ko’nikmalarini shakillantrishdan iborat.