ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYASI
Aniq yechimga ega har qanday masala bir necha usullar yordamida yechiladi.
Agar yechilayotgan masala yetarlicha aniqlikda matematik munosabatlar orqali
ifodalansa, bu masalani matematik modellashtirish usuli yordamida yechish mumkin.
Masalani bu usulda yechish matematik modellashtirish jarayoni deb ataladi.
Тekshirilayotgan ob‟ekt xossa va xususiyatlarini matematik munosabatlar
orqali ifodalash shu ob‟ektning
matematik modeli
deb ataladi. Matematik model
qurish va uni yechish jarayoni esa
matematik modellashtirish
deyiladi.
Iqtisodiy tafakkur ijtimoiy – iqtisodiy normalarini, qoidalarini, turli tashkilotlar
faoliyatini o„zida aks ettiradi.
Matematika darslarida o„quvchilarni iqtisodiy bilimlilik ruhida tarbiyalashning
eng ko„p tarqalgan vositalardan biri bo„lgan, shunday masalalar mavjudki, ular ishlab
ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES
VOLUME 2 | ISSUE 4 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723
Academic Research, Uzbekistan 1445 www.ares.uz
chiqarish bilan bevosita bog„langandir. Matematika fani bo„yicha darsliklarda biz
shunday masalalarni kuzatishimiz mumkinki ularda iqtisodiy tushunchalarning
tannarh, hosildorlik, unumdorlik, yerdan ratsional foydalanish, yer tartibini optimal
o„rganish, qishloq xo„jaligi ishlab chiqarishning texnik ta‟minotining hajmini
aniqlash, texnologiyalardan samarali foydalanish kabi ko„rsatkichlar ko„p ishlatiladi.
Shuning uchun o„qituvchi iloji boricha o„quvchilarga iqtisodiy bilimlarga mos
keladigan matematik masalalar yechishning ahamiyati haqida maxsus tarbiyaviy
soatlar va tushuntirish ishlarini olib borishi kerakki, bu fikrlar o„quvchilarning ongiga
borib yetsin.
Iqtisodiy tafakkurning asosiy komponentlari qatoriga quyidagilar kiradi:
1)
Aniq tafakkur (kuzatish va tajriba);
2)
Abstrakt tafakkur (analitik, mantiqiy);
3)
Funksional tafakkur.
Matematikani o„qitish jarayonida aniq tafakkur ko„rgazmali qurollar, har xil
firmalarning o„zaro savdo aloqasi haqidagi videofilmlar orqali namoyon bo„ladi.
Aniq tafakkur abstrakt tushunchalarni o„rganishda muhim rol o„ynaydi. Abstrakt
tafakkur analitik va mantiqiy tafakkurlar ko„rinishida sodir bo„ladi.
Analitik tafakkur iqtisodiy masalaning matematik modeli orqali vujudga
keladi. Ushbu masalani analitik tafakkurga misol qilib olishimiz mumkin:
Ma‟lumotlarga ko„ra o„rtacha bir oila bir kunda 7 soat televizor ko„rar ekan.
Agar televizor soatiga 300 Vt elektr energiyasi sarflasa, oila bir oyda qancha kVt soat
elektr energiyasi sarflaydi?
1)
kVt soat
sum deb olinsin;
2)
mantiqiy tafakkur matematika o„qitishda faktlardan nazariyaga, ya‟ni
induktiv va aksincha, nazariyadan faktlarga, ya‟ni deduktiv metodlarga asoslanadi.
Deduksiya va induksiya bir-biriga zid yoki yakka holda emas, balki bir-birini
to„ldiruvchi metodlar hisoblanadi. Bu metodlarga masalalar keltiramiz:
1)
Bozorda go„sht narxi 80 so„m bo„lganda unga talab qiymati 8 kg, 90 so„m
bo„lganda esa talab qiymati 7 kg ni tashkil etadi. Narx 100 so„m bo„lsa talab hajmi
necha kg bo„lishini hisoblang.
1.Dalillar
induksiya
2.Qonunlar
yoki nazariya
3.Iqtisodiy
siyosat
deduksiya
Bu masalada xususiylikdan umumiylikka o„tilyapti, ya‟ni induktiv metod
qo„llanilyapti.
|