MATERIAL XARAJATLARINING ISHLAB CHIQARISHDAGI HISOBI
Dalolatnoma ikki nusxada tuziladi: birinchisi – kam yoki ortiqcha chiqqan materiallar summasini schyotlarda aks ettirish uchun buxgalteriyaga topshiriladi; ikkinchisi – da’vo rasmiylashtirish, ortiqcha chiqqan materiallar bo’yicha qo’shimcha to’lov talabnomasi yuborish to’g’risida mol yuboruvchilarga xabar berish uchun marketing bo’limiga topshiriladi. Dalolatnoma tuzilgan bo’lsa kirim orderini tuzish shart emas. Kirim orderlari materiallar kelib tushgan kuni tuziladi. Ombordan omborga materiallarni topshirishda yoki foydalanilmay qolgan materiallarni yoki ishlab chiqarishning qimmatli chiqindilarini, yaroqsiz mahsulot chiqindilarini, asosiy vositalar, inventar va xo’jalik jihozlarini tugatishdan olingan material qiymatliklarini sexlar tomonidan omborga topshirishda nakladnoy-talabnomalar (M-11-shakl) tuziladi.

Materiallarni topshiruvchi moddiy javobgar shaxslar nakladnoylarni ikki nusxada tuzadi: bittasi - materiallarni hisobdan chiqarish uchun sexga beriladi, ikkinchisi – materiallarni qabul qilib olish uchun omborchiga beriladi. Materiallarni ishlab chiqarishga jo’natish, xo’jalik extiyojiga ishlatish, xo’jalik faoliyatida ishlatilmaydigan ortiqcha materiallarni chetga sotish muomalalari limit-zabor kartalar, to’lov nakladnoylari bilan rasmiylashtiriladi. Limit-zabor kartasi (M-8-shakl va M-9-shakl) marketing bo’limi tomonidan ma’lum bir ishlab chiqarish xarajatlari kodi (buyurtmasi)ga o’tkaziladigan bir yoki bir necha materiallar turlari bo’yicha yoziladi. Sex tomonidan ishlab chiqarish dasturini bajarish uchun zarur bo’ladigan materiallarning hajmi va turlari korxonaning reja-ishlab chiqarish bo’limi tomonidan hisoblab chiqiladi. Materiallarni sarflash va jo’natish limiti materiallarning mazkur turi bo’yicha sex omborida oy boshiga qolgan qoldiq miqdoriga kamaytiriladi.