Xisob-grafik ishlari.
Talabalar fanni to’liq o’zlashtirishlari uchun, mustaqil masalalar yecha olishlarida fikrlash jarayonini shakllantirish va chuqurlashtirish maqsadida xisob-grafik ishlari asoiy dastur amal bo’ladi. Xisob-grafik ishlari dars soatlarini va ta’lim yo’nalishlarini xisobga olgan xolda 3 ta topshiriqdan iborat. Xar bir talaba uchun aloxida variant beriladi. Umuman olganda “Materiallar qarshiligi” fani umummuxandislik fan bo’lib, talabalarga bundan keyin o’rgatiladigan tadbiqiy fanlar, mashina va mexanizmlar nazaryasi, mashina detallari va mutaxasislik fanlarini o’rganishda ko’prik vazifasini bajaruvchi fanlar turkimiga kiradi. Shuning uchun xam “Materiallar qarshiligi” fanidan xisob-grafik ishlarini kiritilishi va o’quv jarayoniga tadbiq etilishi umumiy muxandislik fanlari, xamda mutaxassislik fanlarining uzluksizligini ta’minlashga asos soladi
Xisob – grafik ishlarining taxminiy mavzulari:
cho’zilish va siqilishda statik aniq va noaniq masalalar.
tekis shakllarning geometrik xarakteristikalari.
buralishda mustaxkamlikka va bikrlikka hisoblash.
ko‘ndalang egilishda ichki kuch faktorlari epyuralarini qurish.
egilishda diformasiyalarni hisoblash.
kuch usulida statik noaniq sistemalarni hisoblash.
siqilgan sterjenlarni ustivorlikka hisoblash.
Talabalar semestrda o‘tilgan mavzular bo‘yicha uchta hisob-grafik ishlarini bajaradilar. Hisob-grafik ishlarining mazmuni kafedra tomonidan taʼlim yoʻnalishlariga muvofiq belgilanadi.
Mustaqil ishlari turkumiga kiruvchi hisob-grafik ishlarini bajarish kerakli adabiyotlardan foydalangan va uslubiy ko‘rsatmalar asosida bajariladi.
Mazkur fanni o‘qitish jarayonida ta’limning zamonaviy usullari, pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari qo‘llanilishi nazarda tutilgan:
- fandan ma’ruza darslarida zamonaviy kompyuter texnologiyalari yordamida prezentatsion va elektron-didaktik texnologiyalarini;
- fandan o‘tkaziladigan amaliy mashg‘ulotlarda aqliy hujum, guruhli fikrlash va b. pedagogik texnologiyalarini qo‘llash nazarda tutiladi.
O’quv televideniyasi, kompyuter proektori, kompyuter texnikasi, o’quv kino va videofilmlar.
Mazkur fanni o’qitish jarayonida ta’limning zamonaviy usullari, pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo’llash nazarda tutilgan.
“Materiallar qarshiligi” fani uchun yaratilgan fan majmuasidan keng foydalanilgan holda interaktiv ta’lim olish.Ma’ruza mashg’ulotlarida guruhli, muammoli pedagogik texnologiyalardan foydalanish.“Materiallar qarshiligi” fanidan talabalar bilimini reyting tizimi asosida baholash mezoni. “Materiallar qarshiligi” fani bo’yicha reyting jadvallari, nazorat turi, shakli, soni hamda har bir nazoratga ajratilgan maksimal ball, shuningdek joriy va oraliq nazoratlarining saralash ballari haqidagi ma’lumotlar fan bo’yicha birinchi mashg’ulotda talabalarga e’lon qilinadi. Fan bo’yicha talabalarning bilim saviyasi va o’zlashtirish darajasining Davlat ta’lim standartlariga muvofiqligini ta’minlash uchun quyidagi nazorat turlari o’tkaziladi:
Dostları ilə paylaş: |