Metal qoliplar.
Shtamplar bir xil buyumlarni ko’plab seriyalab ishlab chiqarishda katta ahamiyatga ega. Shtamplar qattiq va mustahkam Legerlangan Po’latlardan tayyorlanadi. Shtamplarni tayyorlash juda ko’p vaqt va mablag’ talab etadi. Lekin ko’plab buyum ishlab chiqarilganda hamma harajatlar qoplanadi. Shtamplangan pokovkalar bolg’alangan pokovkalardan arzon, yuqori unumli, o’lchamlari aniq va tiniq bo’ladi.Shtamplar ajralma qilib yasaladi. Shtampning yuqori bo’lagi ustki shtamp deb, pastki bulagi esa pastki shtamp deb ataladi. Shtamplar bilan avtotraktorlar, u/x mashinalar, samolyot, vagon va sanoatning juda ko’p tarmoqlarida ishlatiladi. Shtamplashda zagotovka uchun kerak bo’lgan aniq metal miqdorini aniqlash katta ahamiyatga ega. Betni ko’chirish yetarli miqdorda bulmasa shtamp bo’shligi to’lmaydi, ko’p bulsa metalni ortiqchasi qolip bo’shliqlar atrofida qalin araishi hosil bo’ladi. Bu arayishlarni keyinchalik qirqish va tozalash uchun ko’p vaqt ketadi. Boshlang’ich material sifatida sort prokati va davriy prokat profilidir.
Sovuq holda shtamplash uchun mo’ljallangan shtamplar 3 ta alomat bo’yicha klassifikatsiyalanishi mumkin:
1) texnologik (operatsiyalar turi va ularni birlashtirish mumkinligi);
2) konstruktiv (yo’naltirish usuli bo’yicha);
3) ekspluatatsion (zagotovkani uzatish va detallar hamda chiqindilarni chiqarib yuborish usuli bo’yicha).
Texnologik alomat bo’yicha shtamplar bajariladigan operatsiyalarning turi bo’yicha tiplashgan guruhlarga ajratiladi: qirqish, bukish, cho’zish, forma berish, hajmiy shtamplash uchun shtamplar, yig’ish shtamplari, kombinatsiyalangan shtamplar. Operatsiyalarni birlashtirish mumkinligi bo„yicha shtamplar oddiy (bir operatsiyali) va bir nechta operatsiyalarni bajarish uchun mo’ljallangan kombinatsiyalangan shtamplarga bo’linadi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.Мирбобоев В.А., Мамахўджаев С.Ғ. Металларни босим билан ишлаш усуллари ва маҳсулотлар ишлаб чиқаришнинг технологик жараёнлари. Ўкув қўлланма. -Тошкент: ТошДТУ, 2001.
2.Абдуллаев Ф.С., Маҳкамов Қ.Х. Металларга босим билан ишлов бериш асослари. -Тошкент: TошДТУ, 2004.
3.Абдуллаев Ф.С., Маҳкамов Қ.Х. Металларни босим билан ишлаш назарияси асослари. -Тошкент: ТошДТУ, 2004. – 220 б.
4.Полухин П.И. и другие. Прокатное производство - M.: Металлургия. 2006. 5.Швейкин В.В., Тягунов В.А. Технология прокатного производства. -M.: Металлургия, 2008.
6. Загидуллин Р.Р. Прокат ишлаб чиқариш. Ўқув қўлланма. – Тошкент: ТошДТУ, 2013.
Dostları ilə paylaş: |