Materiallarni hajmiy shtamplash



Yüklə 108,8 Kb.
səhifə1/4
tarix24.12.2023
ölçüsü108,8 Kb.
#191915
  1   2   3   4
Materiallarni hajmiy shtamplash


Materiallarni hajmiy shtamplash
Reja.
1. Ochiq va yopiq shtamplar va ularda pakovkalar olish.Epoksid smolasi
2. Qizdirib hajmiy shtamplashda qo‘llaniladigan uskunalar.
3. Hajmiy shtamplangan pakovkalarni pardozlash operatsiyalari.
4. Yuqori tezlikda shtamplash
Materiallarni hajmiy shtamplash
Hajmiy shtamplash deb ko’pincha ma’lum temperaturagacha qizdirilgan metall zagotovkalarning shtamp deb ataluvchi (odatda, ikki palladan iborat bo’lgan) asbobning pastki palla o’yig’iga quyilib, ustki palla bilan zarblab ishlashda deformatsiyalanib, shtamp o’yig’ini to’ldirishiga aytiladi. Bu usul yuqorida tanishilgan erkin bolg’alashga qaraganda ish unumining yuqoriligi, murakkab shaklli pokovkalar olinishi, shakli va o’lchamlarining aniqligi, sirti yuzasi g’adir-budirligining kamligi, yuqori malakali ishchini talab etmasligi kabi afzalliklariga ko’ra ko’plab bir xildagi pokovkalar tayyorlanadigan yirik temirchilik tsexlarida keng qo’llaniladi. Lekin shtamp narxining qimmatligi, pokovka massasining 250–300 kg gacha bo’lishi bu usulning kamchiligi hisoblanadi.
Shtamplar, materiallar xili va konstruktsiyasi
Yuqorida aytilganidek, metallarni hajmiy shtamplashda foydalaniladigan asboblarga shtamp deyiladi. Ular yuqori sifatli legirlangan po’latlarning 5XNV, 5XNM, 5ATM, ZX2V9F va boshqa markalaridan tayyorlanib, tegishli termik ishlovlardan o’tadi.
Ularning o’yiqlari shakli, o’lchamlari pokovkalar tashqi shakli va o’lchamiga juda yaqin bo’ladi. SHtamplar konstruktsiyasiga ko’ra ochiq va yopiq xillarga ajratiladi. Ochiq shtamplarning ajralish tekisligida olinuvchi pokovka tashqi konturi bo’ylab o’yig’i bo’lib, u bilan bog’langan tor pitr ariqchasi bo’ladi. Bu xil shtamplarda zagotovkalarni shtamplashda shtamp o’yig’idan ortiqcha bo’lgan metall tor ariqcha orqali pitr magaziniga o’tib pitr hosil bo’ladi. U keyin kesib tashlanadi.
Uni bu tor va kichik hajmli ariqchada tezroq sovushida bir tomondan metallni pitr magaziniga o’tishiga ko’rsatuvchi qarshiligi ortishi shtamp o’yig’ini metall bilan to’laroq to’lishiga ko’maklashsa, ikkinchi tomondan shtamp pallalarini birbiriga urilishidan saqlaydi. Pitr ariqcha konstruktsiyasi va o’lchami pokovka materialiga, shakliga, o’lchamlariga va boshqa ko’rsatkichlarga bog’liq Odatda, pitr massasi pokovka massasining 10–20 foizi oralig’ida bo’ladi.
Metallarni erkin bolg’alashda ko’rilganidek, shtamplashda ham pokovka chizmasini loyihalashda detalь chizmasi asosida uning shaklini iloji boricha soddalashtirib, quyim, nominal o’lchamlar dopusklari, qoldirmalar, shuningdek, qizdirilgandagi kirishuv qiymatlari hisobiga pokovka hajmi (1,2-1,5 foiz) orttiriladi. Agar detalda teshik bo’lsa, u belgilanib, kesiluvchi parda qalinligi ham ko’rsatiladi. Zagotovkaning shtamp o’yig’iga osonroq o’tishi va pokovkaning undan oson ajratilishi uchun shtamp o’yig’ining kichik bo’lishi, ajralish tekisligining oddiy sirt bo’yicha bir yuzadan ikkinchi yuzaga o’tmas burchak bo’yicha o’tishi, shtampning ustki va pastki konturlari teng bo’lishi, yondoshgan yuza devor qalinliklari keskin farklanmasligi, shtamplashda metallning pastga qaraganda yuqoriga osonroq oqib o’tishi va boshqa talablarga alohida ahamiyat berish lozim.
Amalda oddiy shaklli pokovkalar bir o’yiqdi shtamplarda, murakkab shakllilari ko’p o’yiqdi shtamplarda olinadi.

Yüklə 108,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin