Materiallarni hajmiy shtamplash



Yüklə 108,8 Kb.
səhifə3/4
tarix24.12.2023
ölçüsü108,8 Kb.
#191915
1   2   3   4
Materiallarni hajmiy shtamplash

List shtаmplаsh.
Bu usuldа list, lеntа, pоlоsа tаrzidаgi yupqа (10 mm) gаchа plаstik mеtаllаrdаn vа mеtаlmаs mаtеriаllаrdаn turli shаqlli vа ulchаmli mаhsulоt lаr tаyyorlаnаdi. qo’z аtishlаrgа ko’rа, аvtоtrаqtоrsоzliqdа 50-60 % gаchа, аsbоbsоzliqdа 70 – 80 % хilmа – хil dеtаllаr tаyyorlаnаdi. CHunki bu usuldа ish unumdоrligining yuqоriligi аniq shаqlli vа ulchаmli, tеqis yuzаli dеtаllаr ishlаb chiqаrishni tа’minlаydi. List shtаmplаsh yo’li dеtаllаr tаyyorlаsh tехnоlоgiq jаrаyonini ikki bоsqichgа аjrаtish mumkin:

1. Хоmаki dеtаlni tаyyorlаsh.


2. Хоmаki dеtаllаrni kutilgаn shаqlgа qеltirish.
List shtаmplаsh jаrаyonlаri.
Tеmirchilik shtаmplаsh sехlаridа kеng fоydаlаnilаdigаn prеsslаrgа mехаnik, gidrаvlik, pnеvmаtik prеsslаr kirаdi.
SHtаmplаsh jаrаyonlаri:
-Bukish.Bundа kutilgаn shаkldаgi dеtаl tаyyorlаsh uchun хоmаki dеtаlni mаtrisаgа quyib, shаkldоr puаnsоn yordаmidа mа’lum quch bilаn uni ezib mаtrisа tеshigidаn siqib o’tkаzishdа mаtrisа pаllаri yig’ilib kutilgаn shаklgа kеltirilаdi.
-Bоtirish.Bu ishlоvdа mаtrisаgа urnаtilgаn dоirа shаqlidаgi хоmаki dеtаlni mаrqаziy qismigа puаnsоn bilаn охistа bоsib, хоmаki dеtаl mаtrisа qo’zi-dаn bоtirib o’tqаzilаdi.-Bоrt qаyirish.Bundа tеshikli list mаtеriаlning sirtqi kоnturi buyichа bоrt hоsil qilinаdi.
-Bo’rttirish.Bundа puаnsоn bilаn elаstik mаtеriаl siqilib zаgоtоvkа mаtrisа qo’zigа еtib o’tilgаn shаqlgа аylаnаdi.
-Siqish.Bundа хаvоl zаgоtоvkаning uchi pеrimеtri buyichа siqilib qichiqlаshtirilаdi
Buyumni bosim bilan shtamp yordamida ishlab, uni shaklini o‘zgartirish operatsiyasiga shtamplash deb ataladi. Shtampni tuzilishi va shakli olinadigan zagjtovkanikiga o‘xshagan qolip misoli bo‘ladi.

Shtamplash uchun mashinalar.
Shtamplash molotlarida, shtamplash presslarida, gidravlik va friksion presslarda, gorizont shtamplash mashinalarda shtamplash amalga oshiriladi. Issiqlayin hajmli shtamplashning ochiq va yopiq turlari bo‘ladi. Ochiq shtamplarda shtampni kesimini chetki qirralari bo‘yicha ariqcha qilinib, shtamplash vaqtida bosim hisobiga ortiqcha metall arayish bo‘lib chiqadi. Yopiq shtamplashda metalni deformatsiyalanishi berk fazoda bajariladi. Metalni shtamplash natijasida arayish chiqmaydi. Buyumlarni issiqlayin shtamplarni umumiy texnologik operatsiyalar quyidagicha: Zagotovkani qirqish, zagotovkani qizdirish, shtamplash (agar zagotovka murakkab bo‘lsa, uni bir necha marta shtamplab shtamp holiga keltiriladi). Aralashmani tozalash, termik ishlash kuyindidan tozalash, kerak hollarda sovuqlayin kalibrlashdan iborat. Shtamplashni bir necha almashinuvchi operatsiyalarini alohida shtamp ariqchalarida bajariladi. Misol, issiqlayin shtamplarida zagotovkani o‘lchamlari bolg‘alab olingan pokovkanikidan aniqroq bo‘ladi. Qizdirib shtamplashda qizigan buyum yuzasidagi kuyindidan tozalash kerak, aks holda kuyindi zarralari metall yuzasiga kirishi mumkin. Temirchilik shtamplash ishlab chiqarish korxonalarida pokovkalarni tayyorlashda krivoship-shtamplash presslari keng qo‘llaniladi.
Krivoship-shtamplash presslarida shtamplash bilan buyumlar ishlab chiqarishda bolg‘alash mashinalarida shtamplashga qaraganda aniq o‘lchamli, sifatli, kam metall isrof bo‘ladi. Krivoship-shtamplash presslarini kuchi 5000-8000 kg bo‘lib, bir minutda 35-90 marta uriladi. Molotlar bilan shtamplashda urish natijasida deformatsiya asosan zagotovkani yuza qatlamida bo‘lsa, krivoship-shtamplash presslarida deformatsiya kichikdan kattalashib borgani uchun zagotovkani deformatsiyasi bir tekisda bo‘ladi. Eng ko‘p ishlatiladigan krivoship va gidravlik presslar bo‘lib, krivoship shtamplash pressini sxemasi.
Sovuq holda hajmli shtamplash
Rangli metallar va qotishmalari hamda kam uglerodli po‘latdan shtamplash usuli bilan turli detallar tayyorlanadi. Bunday shtamplashda buyum puxtalanib qoladi, uni mexanikaviy va fizikaviy xususiyati yuqori tomonga o‘zgaradi. Sovuqlayin hajmli shtamplash yo‘li bilan uncha katta bo‘lmagan, sodda pokovkalar, detallar tayyorlanadi.
Listli shtamplash. Yupqa devorli yassi tekis va fazoviy buyumlarni, list, lenta, metalmas materiallardan tayyorlanadi.
Listli shtamplash- shtamplash mashinalarida, krivoship shtamplash presslarida bajariladi. Krivoship shtamplash pressi Qalinligi 0.15-4 mm gacha bo‘lgan listli material yupqa listli bo‘lib, sovuqlayin shtamplanadi. Qalinligi 4-60 mm gacha bo‘lgan listlar qalin listli bo‘lib, yupqarog‘i sovuqlayin va qalinrog‘i esa issiqlayin ishlanadi.
1. Listli shtamplashning asosiy afzalligi sifatida quyidagilarni ko‘rsatish mumkin.
2. Pishiq, yupqa devorli, sodda va murakkab shakldagi detal va buyumlarni oson olish mumkin. Bunday detallarni boshqa usullar bilan olish juda qiyin yoki olib bo‘lmaydi.
3. Ish unumli katta, tejamkor va jarayonning soddaligi.
4. Bajarilayotgan operatsiyalarni to‘liq mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish mumkin.
5. Listdan shtamplash yo‘li bilan velosiped, mototsikl, avtomobil, samolyot, vagon va soat detallari, metal idishlar, har xil ramalar, yirik yupqa va qalin devorli detallar va hokazolar tayyorlanadi.
6. Listni shtamplash usuli bilan avtomobilning detallarini 75% i, ximiya apparatlarining detallarini 80% i va metal idishlarning 95% i tayyorlanadi. Listli shtamplashda asosiy ishchi organ shtamp hisoblanib, u ham ikki bo‘lakdan iborat. Listli shtampovka usuli bilan detal bitta operatsiya bilan yoki bir nechta birin-ketin bajariladigan operatsiyalar bilan tayyorlanishi mumkin.
7. Listdan shtampovka qilish ishlarini ikki asosiy turga bo‘lish mumkin.
8. Listlarni bo‘lish ishlari, bu ishlarga listlarni ko‘ndalangiga, bo‘ylamasiga kesib polosa yoki lentalar tayyorlash; polosa yoki lentalarni uchlarini turli shakllarga bo‘lgan bo‘laklarga bo‘lish.
9. Listlarni bo‘lish ishlari, bunda detal yoyilmasining andozasi katta listlar ustiga qo‘yilib, pichiladi.
Rangli metallarni bosim ostida ishlash
Rangli metallardan alyuminiy va qotishmalarini, titan va uni qotishmalarini, magniy va uni qotishmalarini bosim ostida ishlanib, detallar tayyorlanadi. Titan va uni qotishmalarini dastlab 7900 S ga qizdirilib bolg‘alash bajariladi, faqat deformatsiya tezligi po‘latnikiga nisbatan kichikroq bo‘ladi. Tayyor zagotovkani mexanik xossasini yaxshilash uchun yumshatiladi. Shtamplashda ham uni 870-980 0 S ga qizdirilib bajariladi. Titan va uning qotishmalari po‘latga nisbatan kam deformatsiyalanadi. Yoyish ham po‘latni yoygandek prokat stanlarida bajarilib listli prokat olishda sovuq hamda issiq holda bajarilib, issiq holda yoyishda zagotovka 1050- 11000S qizdiriladi. Presslash yo‘li bilan har xil simlar, truba va profillarni olish mumkin. Presslash vaqtida zagotovkani yuzi grafit va boshqa qo‘shimchalar bilan moylanadi. Portlatish bilan shtamplanish sxemasi. Elementlar bo‘yicha shtamplari.
Alyuminiy va qotishmalarini bosim ostida ishlashda alyuminiy qotishmalarini yoyish bilan listlar va lentalar olinib, boshlang‘ich material sifatida quymalardan foydalaniladi. l=3000-7000mm, V=1000-1500 mm va h=200-400 mm. List va lentalarni yuzalari sifatli, toza bo‘lishi uchun alyuminiy qotishmasi quymani har tomoni frezalanib tozalanadi.
Ko‘p hollarda, alyuminiy qotishmasidan list va lentalar olish sovuq holda stanlarda bajariladi. 6-0.6 mmgacha bo‘lgan prokatkadan so‘ng listlar qirqiladi, termik ishlanadi, to‘g‘rilanadi, kavsharlanadi, bo‘yaladi, sifati nazorat qilinib, markalanib, ishlab chiqarishga chiqariladi.
Bolg‘alash va presslash 380 0 S ga qizdirilib bajariladi. Presslash bilan sim, trubalar olinadi. Cho‘zish koeffitsiyenti (=4-10 gacha presslashda grafit va mashina moyi bilan moylanadi. Cho‘zish yo‘li bilan 1-6 mm simlar olinadi.
Buyumni bosim bilan shtamp yordamida ishlab uni shaklini ўzgartirish operatsiyasiga shtamplash deb ataladi. SHtampni tuzilishi va shakli olinadigan zagotovkaniқiga uxshagan qolip.


Yüklə 108,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin