ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ ОЛИЙ ВА ЎРТА МАХСУС ТАЪЛИМ ВАЗИРЛИГИ ИСЛОМ КАРИМОВ НОМАДАГИ ТОШКЕНТ ДАВЛАТ ТЕХНИКА УНИВЕРСИТЕТИ МЕХАНИКА ФАКУЛЬТЕТИ «МЕТАЛЛАРГА БОСИМ БИЛАН ИШЛОВ БЕРИШ» КАФЕДРАСИ
Oʻqituvchi: ass.T.Ibodullayev Ishdan maqsad: Rangli metallardan, alyuminiy va qotishmalarini, titanva uni qotishmalarini, Mis va uning qotishmalarini,Latun va uning qotishmalarini, Bronza va uning qotishmalarini va Nikel materialini bosim ostida ishlash va ulardan detallar tayyorlashni ko‘rib chiqish.
Nazariy qism: Bosim ostida rangli metallardan, alyuminiy va qotishmalaridan, titan va uning qotishmalaridan, Mis va uning qotishmalaridan,Latun va uning qotishmalaridan, Bronza va uning qotishmalaridan detallar tayyorlanadi.
Bolgʻalashda titan va uni qotishmalarini bosim ostida ishlash uchun dastlab 790°S ga qizdirilib bolg‘alash bajariladi, faqat deformatsiya tezligi po‘latnikiga nisbatan kichikroq bo‘ladi. Tayyor zagotovkani mexanik xossasini yaxshilash uchun yumshatiladi.
Shtamplashda ham uni 870-980°S ga qizdirilib bajariladi. Titan va uning qotishmalari po‘latga nisbatan kam deformatsiyalanadi. Yoyish ham po‘latni yoygandek prokat stanlarida bajarilib listli prokat olishda sovuq hamda issiq holda bajarilib, issiq holda yoyishda zagotovka 1050- 1100°S qizdiriladi. Presslash yo‘li bilan har xil simlar, truba va profillarni olish mumkin. Presslash vaqtida zagotovkani yuzi grafit va boshqa qo‘shimchalar bilan moylanadi.
Alyuminiy va qotishmalarini bosim ostida ishlashdaalyuminiy qotishmalarini yoyish bilan listlar va lentalar olinib, boshlang‘ich material sifatida quymalardan foydalaniladi. l=3000-7000mm, V=1000-1500 mm va h=200-400 mm. List va lentalarni yuzalari sifatli, toza bo‘lishi uchun alyuminiy qotishmasi yaʼni quymani har tomoni frezalanib tozalanadi. Ko‘p hollarda, alyuminiy qotishmasidan list va lentalar olish sovuq holda prokatlash stanlarida bajariladi. 6-0.6 mmgacha bo‘lgan prokatkadan so‘ng listlar qirqiladi, termik ishlanadi, to‘g‘rilanadi, kavsharlanadi, bo‘yaladi, sifati nazorat qilinib, markalanib, ishlab chiqarishga chiqariladi.