Materiallarning mohiyati, ahamiyati, tasnifi va tavsifi va hisobi


Materiallarning harakatini rasmiylashtirish va ularning sintetik hisobini tashkil etish



Yüklə 196,5 Kb.
səhifə2/4
tarix20.06.2023
ölçüsü196,5 Kb.
#133258
1   2   3   4
Materiallarning mohiyati, ahamiyati, tasnifi va tavsifi va hisob

2. Materiallarning harakatini rasmiylashtirish va ularning sintetik hisobini tashkil etish


Materiallarning sintetik hisobi. Materiallarining sintetik hisobini yuritish uchun 21-son BHMS da quyidagi schyotlar ko‘zda tutilgan.

  • 1010 «Xom –ashyo va materiallar». Ushbu schyotning debetida asosiy va yordamchi xom-ashyo va materiallarning, qayta ishlov uchun tayyorlangan qishloq xo‘jalik mahsulotlarining, yem-xashak va to‘shash materiallarining boshlang‘ich qoldig‘i va ularni turli manbalardan kelib tushush evaziga ko‘payishi, kreditida esa – materiallarning ishlab chiqarishga sarfi va boshqa chiqimlari natijasida kamayishi tannarx yoki sof sotish qiymatlaridan eng kichik bo‘lgan qiymatda aks ettiriladi.

  • 1020 «Sotib olingan yarim tayyor mahsulotlar va butlovchi buyumlar». Ushbu schyotning debetida yarim tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar, qurilish detallari va konstruksiyalarining mavjud qoldiqlari va ularni chetdan sotib olish evaziga ko‘payishi, kreditida esa – ularning ishlab chiqarishga, qurilishga sarfi va boshqa chiqimlari natijasida kamayishi tannarx yoki sof sotish qiymatlaridan eng kichik bo‘lgan qiymatda aks ettiriladi.

  • 1030 «Yoqilg‘i». Ushbu schetning debetida mavjud neft mahsulotlari, yoqilg‘i-moylash materiallarining (neft, benzin, kerosin, dizel yoqilg‘isi, moylar va boshqalar), gazsimon yoqilg‘i turlarining (gaz va gazolin), shuningdek qattiq yoqilg‘i turlarining (ko‘mir, o‘tin va boshqalar) qoldig‘i va ularni chetdan sotib olish evaziga ko‘payishi, kreditida esa – ularning ishlab chiqarish va boshqaruvga sarfi, shuningdek boshqa chiqimlari natijasida kamayishi tannarx yoki sof sotish qiymatlaridan eng kichik bo‘lgan qiymatda aks ettiriladi.

  • 1040 «Ehtiyot qismlar». Ushbu schetning debetida mashina va mexanizlar, transport vositalarini ta’mirlash uchun zarur bo‘lgan ehtiyot qismlari, avtomobillarning zahiradagi shinalarining mavjud qoldig‘i va ularni chetdan sotib olish evaziga ko‘payishi, kreditida esa – ularning ishlab chiqarish va boshqaruvga sarfi, shuningdek boshqa chiqimlari natijasida kamayishi tannarx yoki sof sotish qiymatlaridan eng kichik bo‘lgan qiymatda aks ettiriladi.


  • Yüklə 196,5 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin