Materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi


-rasm. Apparatning yustirovka shellari (a)



Yüklə 3,96 Mb.
səhifə125/157
tarix28.12.2023
ölçüsü3,96 Mb.
#201032
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   157
6,20 mavzulr slayd

14.12-rasm. Apparatning yustirovka shellari (a):
1-yustirovka sheli mahkamlovchi xalqasi bilan; 2-kalibr; 3-yuqori aniqlikdagi kvarts va latun xalqalari; 4-kvarts kyuvetkasi 0,5, 1 va 2 mm chuqurligi bilan;
5-tortsovoy kalit; 6-flyuorestsirovka ekrani; sinov uchun mo‘ljallangan
metallografik namunalarning normal razmerlari (b,v).
14.3. Ishni bajarish uchun kerak bo‘ladigan jihoz, asbob-uskuna, namuna va boshqa materiallar:
Dron-2,0 (Dron-3,0, Dron-3M) rentgen (difraktometrlari) apparatlari, asboblar komplekti, halqalar, maxsus namunalar, plastilin va boshqa kerakli materiallar.
14.4 Ishni bajarish tartibi: Rentgen apparatini ishga tushirishdan oldin uning barcha qismlarini dastlabki holatini to‘g‘ri o‘rnatilganligini tekshirish tavsiya etiladi: a-VNP-2-50-60M tok manbaida yuqori kuchlanishni beruvchi ruchkasi birinchi vaziyatda bo‘lishi kerak; b-rentgen trubkasi tokini sozlovchi ruchkalari chap tomonda bo‘lishi; v-avtomatik ravishda boshqaruvchi blokdagi «set» tumbleri va elektron hisoblash tizimidagi «set» tumbleri o‘chirilgan bo‘lishi kerak.
Rentgen apparatini ishga tushirish tartibi quyidagicha:
1-birinchi navbatda apparatning sovitish tarmog‘iga suv beriladi.
2-sovuq suv apparatni ishga tushirishdan 10-20 min oldin o‘chib qo‘yiladi.
3-VNP-2-50-60M tok manbaidagi «set» knopkasi bosiladi va agar ogohlantiruvchi signal tovush paydo bo‘lsa, suv naporini ko‘paytirish kerak.Natijada signal tovushi va «voda» deb yozilgan lampochka o‘chadi.
4-elektron hisoblash tizimi ishga tushiriladi. Buning uchun yon tomondagi «paketnik» buraladi va «set» tumbleri ulanadi.
5-avtomatik ravishda boshqaruvchi BAU blokidagi «set» tumbleri yordamida ishga tushiriladi.
6-VNP-2-50-60M tok manbaidagi «vkl» knopkasi bosilib, yuqori voltli tarmoq ishga tushiriladi. Kuchlanish va anod toki ruchkalar yordamida kerakli darajaga yetkaziladi.
7-goniometrdan «pristavka», «set», «diagramma» deb yozilgan knopkalar bosilib, difraktsiya tasvirini qayd qilish boshlanadi.
8-rentgen apparati to‘liq ishga tushiriladi va sinov o‘tkaziladi.
Rentgen apparatini o‘chirish tartibi.

  1. Yuqori voltli kuchlanish asta-sekin orqaga qaytarilib dastlabki «0» holatiga keltiriladi.

  2. Kichik voltli kuchlanish ham asta-sekin orqaga qaytarilib, dastlabki «0» holatiga keltiriladi.

  3. Apparatning «stop» knopkasi bosiladi.

  4. Birlamchi va ikkilamchi tarmoqlar birin-ketin uchraydi.

  5. Rentgen apparatni to‘liq o‘chirilgandan keyin trubkani sovutish uchun oqar suv 20-30 min davomida oqib turadi va keyin o‘chiriladi.

  6. Rentgen apparatda ishlovchi shaxslardan tashqari, shu xonaga begonalarning kirishi qat'iyan man etiladi.


Yüklə 3,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   157




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin