Materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi



Yüklə 3,96 Mb.
səhifə128/157
tarix28.12.2023
ölçüsü3,96 Mb.
#201032
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   157
6,20 mavzulr slayd

CHala yumshatish. Yumshatishning bu usulida po’lat zagotovkalarni ichki zo’riqish kuchlanishlaridan holi etib, mexanik ishlovlarga moyil etish maqsadida o’tqaziladi. Buning uchun po’latlarni 750-780°S haroratgacha qizdirib, shu haroratda ma’lumvaqt saqlab, keyin pechь bilan birga sekin sovitiladi. 21
Izotermik yumshatish. Bu usuldan to’la yumshatish maqsadlarida foydalaniladi. Bunda evtektoidgacha bo’lgan po’lat zagotovkalarni As3 kritik haroratgacha, evtektoid va evtektoiddan keyingi po’latlarni esa Ac1 kritik haroratdan 30-50°S dan yuqoriroq haroratgacha qizdirib, shu haroratda ma’lum vaqt saqlab turiladi, keyin kutilgan maqsadga ko’ra, masalan, 600-700°S li muhitga o’tkazib, unda austenit ferrit bilan tsementit fazalarga to’la parchalanguncha saqlanadi, so’ngra havoda sovitiladi.
Donador perlit olish maqsadida yumshatish. Bu usuldan evtektoiddan keyingi po’lat zagotovkalardagi plastinka tarzidagi tsementit donalarini mayda donli tuzilishga o’tkazish uchun foydalaniladi. Buning uchun po’lat zagotovkani Ac1 kritik haroratdan bir oz yuqoriroq haroratgacha (750-760°S) qizdirilib, shu haroratda ma’lum vaqt saqlanadi, keyin pechь bilan birga sekin sovitiladi.
Ma’lumki, po’lat zagotovkalarni As1 kritik haroratdan bir oz yuqoriroq haroratda qizdirilgganda perlit donalari austenitga aylanib, tsementit donalari saqlanib qoladi. Bu po’latlarni shu haroratdagi holatidan sovutishda esa tsemen­tit va begona birikmalarning donalari qo’shimcha kristallanish markazlari hosil qilib, mayda donador perlit tuzilma olinadi.
Normallash. Po’lat zagotovkalarning donalari maydalanib bir tekis tuzilmali bo’lib qoladi va ichki kuchlanishlardan holi etiladi. Buning uchun po’lat zagotovkalarni markasiga ko’ra As3 yoki Ast kritik haroratdan 30-50°S yuqoriroq haroratgacha qizdirib, shu haroratda ma’lum vaqt saqlab, keyin havoda sovitiladi. Po’latlarning markalariga ko’ra bu ishlovdan yumshatish yoki toblash o’rnida foydalansa ham bo’ladi.

Yüklə 3,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   157




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin