Polimerlarning termomexanik xossalari. Polimerlar qizdirish davrida uzlarini xar-xil tutadilar. CHizig’iy va shaxobchali makromolekulali polimerlar qizdirish natijasida yumshaydilar, sovitilganda kotadilar. Kayta kizdirilganda yana qaytib yumshaydilar. Bunday polimerlar termoplastlar deyiladi. Termoplastlarning mustaxkamligi ancha past 1-10 Mpa. Bu molekulalar aro kuchlarning kichkinaligidir. Bunday polimerlarning strukturasi amorf, qisman kristallik va kristallik bo’lishi mumkin. Termoplastdan yasalgan mahsulotlarni qayta ishlash mumkin.
Termoreaktivpolimerlar dastlabki strukturasi chizig’iy bo’laturib, qizdirilganda yumshab, ximiyaviy reaktsiyalar natijasida sovitilganda qotib fazoviy struktura xosil qiladilar. Termoreaktiv polimerlardan yasalgan mahsulotlarni kizdirilganda yumshamaydi va qayta ishlab bulmaydi.
Polimerlarning fizikaviy yoki fazoviy xolatlari orasidagi farqlari ularning kinetik grafiklarida ko’rinadi. Kinetik grafik polimerning doimiy kuch ostida qizdirilgandagi deformatsiya kattaligi bilan ulchanadi. Grafikda uchta uchastkani ajratishmumkin, kaysilarkipolimerlarninguch xil fizikaviyxolatigato’g’rikeladi.
Polimer materiallarning deformatsion kuchlanishlarini aniqlash uskunalari Polimerning termomexanik grafigi kurinishi ularning kristalligi, kristallanish temperaturasi va makromolekulalarning tukilganiga boglik.
Strukturasida kristallik tashkil etuvchilari mavjud polimerlar uz kattikliklarini Tpl xaroratgacha saklaydi. Bu xolda polimerning S zonasi qisilgan, agar tsplt bulsa. Agar polimerda
tpl>tt bo’lsa, S zonasi umuman yo’q: qattiq xolatdan yelimshak oquvchan xolatga o’tadi.
Setkasimon strukturali polimerlarning termomexanik chizig’lari na S zonasiga, na D zonasiga ega. Bunda yelimshak o’quvchi xolatga o’tmasdan issiqlik buzilish (“destruktsiya”) bo’ladi (td). Kam setkali polimerlarda ba’zan yuqori xolat buladi.
Oynasimon strukturali polimerlar (txr-ts) xarorat oralig’ida kuch qo’yilgan konstruktsiyalarda yaxshi ishlaydilar. SHu oraliqda agar polimerga katta kuchlanish berilsa, oynasimon polimerlarda juda katta deformatsiya rivojlanadi. Bu deformatsiyaga majburiy-elastik deformatsiya deyiladi.
Polimer tc dan yuqorida qizdirilsa, majburiy-elastik deformatsiya orqaga qaytadi. Majburiy-elastik deformatsiya kuch ta’siri ostida makromolekulalarning to’g’rilanishi va cho’zilishi natijasida paydo bo’ladi va ko’payadi-o’sadi. Material oqadi. Natijada namunaning bir qismi kichiklashib, “bo’yincha” hosil bo’ladi. Keyinchalik bo’yincha namunaning butun uzunligiga tarqaladi.