4.if operatori chap tamoniga shart rost bo’lganda bajariladigan ifoda kiritiladi.
Agar shartning bajarilishida bir necha ifodalar bajariladitgan bo’lsa, u holda bir necha kiritish
joylariga ega bo’lish kerak. Buning uchun kursorni if operatorining chap tamondagi kiritish joyiga
qo’yib, keyin dasturlash panelidagi Add Program Line (Dastur qatoriga qo’shish) tugmachasini
necha qator kiritish kerak bo’lsa shuncha bosish kerak bo’ladi. Bunda shunga e’tibor berish
kerakki, shartli operator ko’rinishi o’zgaradi. Yangi vertikal chiziq kiritish joyi bilan chap tamonda
emas, pastda va if operatordan o’ngda paydo bo’ladi. Agar shart yolg’on bo’lsa, o’tish dasturning
keyingi qatoriga bo’ladi.
Mathcadda shartni yozishning uchta usuli bor:
• dasturlashning if shartli operatori yordamida;
• bul operatorlari yordamida;
• if funksiyasi yordamida.
Quyidagi 5.24-rasmda shartni yozishning uchta usuli ko’rsatilgan.
Dostları ilə paylaş: