Mathcad dasturida algoritmlash va dasturlash



Yüklə 230,21 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix07.02.2023
ölçüsü230,21 Kb.
#83319
  1   2   3
8m



 MATHCAD DASTURIDA ALGORITMLASH VA DASTURLASH 
 
Dasturlash Mathcadda asosiy o’rin tutadi. Mathcad ko’plab masalalarni dastursiz echish 
imkoninii beradi. Lekin shunday sinf masalalari borki ularni dastursiz echib bo’lmaydi. Mathcad 
har qanday murakkab dasturni kiritish imkonini beradi. Mathcadda dasturlash juda aniq va 
tushunarli, unda dastur bir necha ketma-ket formulalarni ifodalaydi. Dasturlashning asosiy 
operatorlari Programming (Dasturlash) panelida joylashgan. 
 
Dastur qatorini kiritish 
 
Dasturni tuzish uchun uning qatorlarini kiritish kerak bo’ladi. Bu quyidagi keltirilgan 
proцedurada bajariladi:
1. Dastur ifodasi nomini kiritish. 
2. YUborish operatorini (:=) kiritish. 
3. Dasturlash panelidan Add Program Line (Dastur qatorini qo’shish) tugmasini bosish.
4. Paydo bo’lgan kiritish joyiga kerakli operatorlarni kiritish, ortiqcha kiritish joyini olib tashlash. 
4.23-rasm. Oddiy chiziqli dasturlar tuzish. 
 
Kerakli kiritish qatorini ochish uchun ko’k burchakli kursorni qator oхiriga keltirib
bo’shlik tugmasini bosgan holda Add Program Line tugmasini bosish kerak. Agar kiritish qatorini 


qator oldidan ochish kerak bo’lsa ko’k burchakli kursorni qator boshiga keltirib, bo’shlik 
tugmasini bosgan holda Add Program Line tugmasini bosish kerak bo’ladi .
Ayrim hollarda, masalan ikki ichma ich joylashgan sikllar orasigi qator qo’shishda bu usul 
qo’l kelmay qoladi. Bu holda boshqa usulni qo’llashga to’g’ri keladi. Bu usul quyidagicha 
bajariladi: 
1.Sikl ichi qora rangga ajratiladi. 
2.Standart vositalar panelidan kesib olish (Cut) tugmasi bosiladi. 
3.Add Progrm Line (dasturga qator qo’shish) dasturlash paneli tugmasi bosiladi. 
4.Qator kiritish joyiga kursor qo’yilib, standart vositalar panelidan qo’yish (Paste) tugmasi 
bosiladi. 
5.Paydo bo’lgan kiritish joyi to’ldiriladi. 
Bu usul barcha hollarda ham qator kiritishda qulaylikni beradi. 

Yüklə 230,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin