Mathcad dasturida algoritmlash va dasturlash


Dasturda qiymatlarni lokal yuborish



Yüklə 230,21 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix07.02.2023
ölçüsü230,21 Kb.
#83319
1   2   3
8m

 
Dasturda qiymatlarni lokal yuborish 
 Dasturda o’zgarmaslar va o’zgaruvchilarga qiymatlari berish () yuborish operatori 
yordamida amalga oshiriladi. Bu operator dasturlash panel vositasida (Local Definition) lokal 
aniqlash tugmasiga birlashtirilgan. Dastur tuzish davomida ko’p hollarda bu belgini klaviaturadan 
{ belgisini bosish bilan ham bajarish mumkin.
Lokal o’zgaruvchi qiymatini dastur tashqarisida ishlatish mumkin emas. Agar tashqarida 
ishlatish juda kerak bo’lsa, uning uchun dasturning eng oхirgi operatoridan keyin kursorni bo’sh 
joyga qo’yib, keyin o’zgaruvchini yozish kerak bo’ladi. 
Agar o’zgaruvchining unga mos bitta qiymatini chiqarish kerak bo’lsa, shu 
o’zgaruvchining nomini yozish kerak. Agar vektor yoki massivni chiqarish kerak bo’lsa uning 
nomini kiritish kerak.
 
If shartli operatori.
if shartli operatori ikki bosqichda ta’sir etadi. Birinchi if opreatoridan o’ngda yozilgan shart 
tekshiriladi. Agar u rost bo’lsa, undan chapdagi ifoda bajariladi, aks holda dasturning keyingi 
qatoriga o’tiladi.
Dasturda if shartli operatorini qo’yish uchun quyida keltirilgan proцeduralarni bajaring. 
1.Tuziladigan dasturda shartli operator kiritiladigan joyga kursor qo’yiladi.
2.Dasturlash panelidan if operatori tugmasi bosiladi. Dasturda ikkita kiritishga ega operator 
shablani paydo bo’ladi. 
3.O’ng kiritish joyiga shart kiritiladi. Bunda mantiqiy operatorlardan foydalanish mumkin. 
Buning uchun (Boolean) mantiqiy operatorlar panelidan foydalanish birmuncha qulayliklarni 
beradi. 


4.if operatori chap tamoniga shart rost bo’lganda bajariladigan ifoda kiritiladi. 
Agar shartning bajarilishida bir necha ifodalar bajariladitgan bo’lsa, u holda bir necha kiritish 
joylariga ega bo’lish kerak. Buning uchun kursorni if operatorining chap tamondagi kiritish joyiga 
qo’yib, keyin dasturlash panelidagi Add Program Line (Dastur qatoriga qo’shish) tugmachasini 
necha qator kiritish kerak bo’lsa shuncha bosish kerak bo’ladi. Bunda shunga e’tibor berish 
kerakki, shartli operator ko’rinishi o’zgaradi. Yangi vertikal chiziq kiritish joyi bilan chap tamonda 
emas, pastda va if operatordan o’ngda paydo bo’ladi. Agar shart yolg’on bo’lsa, o’tish dasturning 
keyingi qatoriga bo’ladi. 
Mathcadda shartni yozishning uchta usuli bor: 
• dasturlashning if shartli operatori yordamida; 
• bul operatorlari yordamida; 
• if funksiyasi yordamida. 
Quyidagi 5.24-rasmda shartni yozishning uchta usuli ko’rsatilgan. 

Yüklə 230,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin