Matlab tizimining imkoniyatlari


Basic asboblar panelida passiv komponentlar



Yüklə 1,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/24
tarix18.03.2023
ölçüsü1,99 Mb.
#88606
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   24
Basic asboblar panelida passiv komponentlar (2.11-rasm) va
kommutatsion elementlar joylashgan.
2.11-rasm. Passiv komponentlar 
Bir qutbli tumbler. «Probel» (Space) klavishasi yordamida ulab-
uziladi (xossalar oynasida boshqa klavishaga almashtirish ham mumkin).
Ulanib uzilish vaqti dasturlanuvchi vaqt relesi. 
Viklyuchatel (rele), kirish kuchlanishining berilgan diapazonida
ishlaydi. 
Viklyuchatel (rele), kirish tokining berilgan diapazonida
ishlaydi. 
Aktiv asboblar diskret komponentlar sifatida kiritilgan: 
• diodlar (Diodes paneli);
• bipolyar, maydonli, MDP tranzistorlar (Transistors paneli); 
• analog (Analog ICs paneli) ;
• raqamli (Digital ICs, Logic Gates, Digital panellari); 
• analog-raqamli va raqamli-analog o’zgartkichlar (Mixed ICs paneli).


30 
Nazorat-o’lchov 
 
asboblari 
Electronics 
Workbench 
dasturiy
kompleksining Instruments panelida quyidagi ettita asbobni o’z ichiga oladi: 
1) multimetr;
2) ostsillograf;
3) funktsional generator;
4) ACHX va FCHXlarning o’lchagichi;
5) mantiqiy signallar generatori;
6) 16-kanalli mantiqiy signallarning analizatori;
7) mantiqiy o’zgartkich.
Asbobning tasvirida sichqonchaning chap tugmasini to’xtovsiz ikki
marta bosib asbobning kattalashtirilgan oynasi hosil qilinadi. Unda asbobning 
parametrlari sozlanadi.
 
2.12-rasm. Multimetr (Multimeter) 
Multimetr (Multimeter) (2.12-rasm) tok va kuchlanishning o’rtacha 
kvadratik (ta`sir qiluvchi yoki effektiv) qiymatlarini va qarshiliklarni o’lchash
uchun mo’ljallangan. O’lchash rejimi mos knopkani bosish yo’li bilan
tanlanadi. Kuchlanishni detsibellarda o’lchash uchun dV knopkasi bosiladi. 
Bunda multimetr α=20Ig(|X|) formula bilan aniqlanuvchi (X-o’lchanayotgan 
kattalik) α koeffitsientni ko’rsatadi.
Multimetrning oldingi panelida (2.13-rasm) o’lchash natijalarini aks
ettiruvchi displey, sxemaga ulash uchun klemmalar va boshqarish knopkalari 
joylashgan.


31 
2.13-rasm. Multimetrning paneli 
Setting knopkasi bosilsa multimetr panelida dialog oynasi ochiladi (2.14-
rasm, b), unda quyidagi belgilanishlar mavjud:
- Ammer resistance —ampermetrning ichki qarshiligi;
- Voltmeter resistance —voltmetrning kirish qarshiligi;
- Ohmmeter current — nazorat qilinayotgan ob`ektdan o’tayotgan tok;
- Decibel standard — kuchaytirish va pasaytirishni detsibellarda o’lchash 
uchun V1etalon kuchlanishni o’rnatish (sukut bo’yicha V1=1V).
Bunda uzatish koeffitsienti uchun
2
1
log
20
]
[
V
V
B
K


formuladan foydalaniladi, formulada V2 — nazorat qilinayotgan nuqtadagi 
kuchlanish.
 
2.14-rasm. Voltmetr va ampermetr 
O’zgarmas va garmonik tok va kuchlanishlarni o’lchash uchun 
multimetrdan tashqari voltmetr va ampermetrlardan (2.15-rasm) foydalanish 
mumkin. Ular Indicators bo’limida joylashgan.

Yüklə 1,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin