34
2.17-rasm. ACHX va FCHX o’lchagich
Keyin chiziqli yoki logarifmik masshtab
tanlanadi va chastotalar
diapazoni ko’rsatiladi.
O’lchagich ACHX (Magnitude knopkasi bosilganda) va FCHX (Phase
knopkasi bosilganda) larni logarifmik yoki chiziqli masshtabda (Log yoki Lin
knopkalari bosilganda) tahlil qilish uchun xizmat qiladi. O’lchagichni sozlash
vertikal o’q bo’yicha uzatish koeffitsientlarini va gorizontal o’q bo’yicha
chastotalarni o’rnatish yo’li bilan amalga oshiriladi (F-
maksimal qiymatlar, I-
minimal qiymatlar). ACHX-FCHX larning qiymatlari vizir chiziqni surish yoki
← va → knopkalarni bosish yo’li bilan o’qiladi. O’lchagichning In va Out
kirishlari tadqiq qilinayotgan qurilmaning kirishi va chiqishiga ulanadi.
2.18-rasm. Mantiqiy signallar generatori (Word Generator)
35
Mantiqiy signallar generatori (Word Generator) (2.18-rasm) chiqishlarida
berilgan chastota (Frequency) bilan qaytariluvchi 16 razryadli
ikkilik signalni
hosil qilish uchun mo’ljallangan. Signallarning o’n oltilik qiymatlari
klaviatura yordamida chap katta oynaga yoziladi. O’lchamlari kichikroq
bo’lgan boshqa ikkita oynaga signalning ikkilik (Binary) yoki ASCII-kodlardagi
qiymatini yozish mumkin.
Masalan, 2.18-rasmda chiqish klemmalarida o’n oltilik 003F
songa mos
keluvchi ikkilik son o’rnatilgan.
Signallarning boshlang`ich (Initial) va so’nggi (Final) nomerlarini o’rnatish
va kerakli signalni topish uchun Address blokidan foydalaniladi. Address
blokida tahrir qilinadigan (Edit) va chiqishdagi (Current) signallarning adreslarini
ham o’rnatish mumkin.
Odatda, generatorning oldingi front bo’yicha ichki (Internal)
sinxronizatsiyasi (Trigger) va mantiqiy signallarni
tsiklik berish rejimidan
(Cycle) foydalaniladi. Sinxronizatsiya uchun berilgan (Frequency) chastotali
ma`lumotlar tayyorligining mantiqiy (Data ready) signalini ham berish mumkin.
Mantiqiy signallar analizatori (Logic Analyzer) (2.19-rasm) ikkilik kodlarni
aks ettirish uchun mo’ljallangan. Mantiqiy signallarni to’g`ri ko’rsatish
uchun
Set knopkasini bosib asbobning ichki chastotasini mantiqiy signallar
generatorining chastotasidan yuqoriroq qilib qo’yish va impulslar sonini (Clock
per division) 1-3 olish kerak. Asbobda kursor yordamida siljitiluvchi ikkita vizir
liniya bor.
36
2.19-rasm. Mantiqiy signallar analizatori (Logic Analyzer)
Mantiqiy o’zgartkich (Logic Converter) (2.20-rasm) kombinatsion sxemalar
bilan amallar bajarish uchun mo’ljallangan.
Uning yordamida quyidagi
o’zgartirishlarni amalga oshirish mumkin:
• haqiqiylik jadvalini mantiqiy funktsiyaga;
• mantiqiy funktsiyani haqiqiylik jadvaliga;
• haqiqiylik jadvalini qurilma sxemasiga;
• qurilma
sxemasini haqiqiylik jadvaliga;
• mantiqiy funktsiyani qurilma sxemasiga;
• mantiqiy funktsiyalarni soddalashtirish va h.k.
37
2.20-rasm. Mantiqiy o’zgartkich (Logic Converter)
Masalan, 2.20-rasmda mantiqiy o’zgartkichning oynasida A va V
kirishlarga ega bo’lgan kombinatsion qurilmaning haqiqiylik jadvali va hosil
qilingan mantiqiy funktsiya ko’rsatilgan.
Mantiqiy funktsiyani SIMP
yozuviga ega bo’lgan knopkani bosish yo’li bilan soddalashtirish mumkin.
Ularga mos keluvchi qurilmalarning sxemalari
yoki
tugmalarni bosish yo’li bilan hosil qilinadi (2.23-rasm, a va
b).
2.21-rasm. Mantiqiy o’zgartkich yordamida hosil qilingan sxemalar