Borland Delphi 7 sistemasida dastur yaratishga misollar. Borland Delphi
7 sistemasida elektron darslik yaratish uchun avval menyular qatoridan
File
New
Application buyrug`i tanlanadi.
Hosil bo’lgan formaga Standart komponentlar palitrasidan Button komponenti ustiga sichqoncha chap tugmasi bosiladi formada kerakli joyga
sichqoncha o’rsatkichi keltirib chap tugmasi bosiladi. Natijada formaga bitta
boshqarish tugmasi o’rnatiladi. Shu ususlbilan formaga yana bitta tugmacha
o’rnatamiz. Bu tugmalar avtomatik tarzda Button1 va Button2 sarlavhalariga ega
bo’ladi. Bu sarlavhalarni o’zgartirish uchun kerakli tugma tanlanadi va ob`ektlar
nazoratchisiga o’tib u erdan Caption hususiyatidagi Button1 matni ―Davom etish‖
(yoki ixtiyoriy boshqa nom bilan) matniga o’zgartirish kifoya (2.27-rasm).
49
2.27-rasm. Caption hususiyatidagi Button1 matni “Davom etish” matniga o’zgartirgan holat Bu formaga yana Standart komponentlar palitrasidan Label
komponentini o’rnatib mualliflar haqidagi ma`lumotlarni kiritish mumkin. ―Davom etish‖ tugmasi bosilganda biror ishni bajarilishi uchun uning OnClick xodisasiga
dastur yozish kerak. Buning uchun Delphi 7 sistemasidagi yaratilayotgan dastur
formasidagi ―Davom etish‖ tugmasiga sichqoncha chap tugmasi 2 marta bosiladi,
natijada Delphi 7 sistemasi avtomatik tarzda OnClick xodisasi uchun kerak
bo’ladigan dastur qismini tayyorlab beradi (2.28-rasm).
2.28-rasm OnClick xodisasi uchun kerak bo’ladigan dastur qismi Bu erda biz Begin va end so’zlari orasiga Close so’zini yozamiz. Bu so’z
―Davom etish‖ tugmasi bosilganda faol forma yopilishkeraligini bildiradi.
YAratilayotgan dasturda bir nechta formalar bo’lishi mumkin, shunday xolatda
birinchi yaratilgan forma asosiy forma hisoblanadi. Agar bu forma asosiy forma
50
bo’lsa Dastur ―Davom etish‖ tugmasi bosilganda dastur o’z ishini tugallaydi, aks
xolda faqatgina faol forma yopiladi, dastur esa ishlab turadi [40].