Matn lingvistikasi



Yüklə 386,98 Kb.
səhifə28/71
tarix29.11.2022
ölçüsü386,98 Kb.
#71108
növüУчебное пособие
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   71
Matn lingvistikasi

Ma’nodosh so‘zlar
Ma’nodosh so‘zlar tilning lug‘aviy jihatdan boylik darajasini ko‘rsatib beruvchi o‘ziga xos vositadir. Tilda ma’nodosh so‘zlarning ko‘p bo‘lishi tilning estetik vazifasini yanada to‘liq bajara olishini osonlashtiradi. Bu juda qadim zamonlardan beri anglangan, idrok etilgan va o‘rganilgan. O‘zbek tili ma’nodosh so‘zlarga juda boy. Yоzuvchilar tilimizdagi ma’nodosh so‘zlar ichidan tasvir maqsadi va ruhiga muvofiq keladigan aniq so‘zni topib o‘z asarlarida qo‘llashga harakat qiladilar, shu tariqa, qahramonlar ruhiyati hamda tasvir ob’ektining eng kichik qirralarigacha real ko‘rsatib berishga intiladilar. Badiiy matndagi ma’nodosh so‘zlar tahlilida, asosan, ikki jihatga e’tiborni qaratish zarur. Ulardan biri muallifning ikki yoki undan ortiq ma’nodosh so‘zdan ifodalanayotgan mazmun uchun eng maqbul birini tanlashi bo‘lsa, ikkinchisi ayni bir matn tarkibida ikki yoki undan ortiq ma’nodosh birliklarni badiiy tasvir maqsadiga uyg‘un holda qo‘llashi masalasidir.
Tilshunoslikda ma’nodoshlikning, asosan, uch turi farqlanadi, ya’ni: 1) leksik ma’nodoshlik; 2) frazeologik ma’nodoshlik; va 3) leksik-frazeologik ma’nodoshlik.148 Leksik ma’nodoshlikdan bir necha maqsadlarda foydalaniladi. Til birliklarining takrori natijasida yuzaga keladigan ifoda kambag‘alligi va rangsizligidan qochish uchun: Ikkala o‘rtoqning sharaq-sharaq gaplashgan, bir-birlariga sevinch bildirishgan quvnoq va baland ovozlari boshqa hamma unlarni bosib ketdi.(Cho‘lpon)149 Tasvir ob’ektiga e’tiborni jalb qilish uchun: Xolbuki, musulmonlik kiyimda emas, qalbda, dilda. (Cho‘lpon) Ijobiy belgining darajama-daraja ortib borishini aniq ifodalash uchun: Zebixon bilan kelgan boshqa qizlar ham bir-biridan yaxshi, bir-biridan soz, bir-biridan ochiq, bir-biridan quvnoq...(Cho‘lpon) Salbiy belgining kuchayib borishini ifodalash uchun: Xo‘sh, mingboshining o‘zi odamlar aytganiday juda xunuk va badbashara odammi? (Cho‘lpon)
Kontekstual ma’nodoshlik. Katta mahoratli yozuvchilarning badiiy til borasidagi ustunliklaridan biri shundaki, ular faqat tilda mavjud bo‘lgan, tayyor ma’nodosh so‘zlardangina foydalanib qolmasdan, badiiy tasvir ehtiyojiga ko‘ra ma’nodosh bo‘lmagan so‘zlarni ham shunday qo‘llaydilarki, bu so‘zlar ham matnda xuddi ma’nodosh so‘zlar kabi idrok etiladi. Masalan: Kechagina qarg‘ab, so‘kib, «o‘ldirsam!» deb yurgan kundoshini o‘pib, quchoqlab, silab-siypab bir nafasda ikkalasi «qalin do‘st» bo‘lgan emishlar. (Cho‘lpon)

Yüklə 386,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin