Matn lingvistikasi


Lisoniy birliklar indeksini tuzish usuli



Yüklə 386,98 Kb.
səhifə55/71
tarix29.11.2022
ölçüsü386,98 Kb.
#71108
növüУчебное пособие
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   71
Matn lingvistikasi

3.Lisoniy birliklar indeksini tuzish usuli. Badiiy matnning lingvopoetik tahlili jarayonida asardagi lisoniy birliklarning indeksini tuzib chiqish talab qilinadi. Buning uchun dastlab, asardagi eng ko‘p qo‘llanilgan, asar badiiyati uchun xarakterli bo‘lgan birliklar (masalan, iboralar, sinonomlar, antonimlar yoki epitetli birikmalar, metonimiya, metaforalar bo‘lishi mumkin) aniqlanadi. Keyin alifbo tartibida terib chiqiladi. Bu yozuvchining lisoniy mahoratini yoritishda faktik material vazifasini o‘taydi. Masalan, mohir so‘z san’atkori Abdulla Qahhorning «Sarob» romanida qo‘llangan yuzdan ziyod ibora, metafora yoki metonimiyalarning indeksini quyidagi tarzda tuzib chiqishimiz mumkin: (5 jildlik. 1-jild. -Toshkent, G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti. 1987- yil.)
Iboralar:

  1. Aftini burishtirmoq – Qimirlasam, biqinim sanchadi, –dedi Saidiy xuddi hozir sanchadiganday aftini burishtirib. (41-b.)

  2. Bo‘yniga olmoq – Saidiy xayrlashib chiqdi, qishloqqa borishni bo‘yniga olib qo‘ydi. (83-b.)

  3. Dami ichiga tushmoq – Saidiy Yoqubjonning aytganini qilganida Kenjaning dami ichiga tushdi. (124-b.)

  4. Oqizmay-tomizmay etkazmoq – So‘z o‘rni kelganda, u Saidiyda zakovat belgilari ko‘rganini, bu yigit oddiy studentlardan yuqori turishini so‘zlar, buni esa Munisxon oqizmay-tomizmay Saidiyga etkazar edi. (67-b.)

  5. Ta’bi ochilmoq – U qishloqqa kelganida dastlab yangi muhitga o‘rganolmay ko‘p qiynalgan edi, ammo o‘rganganidan so‘ng, ta’bi ochilib ketdi. (89-b.)

  6. Yuragi dov bermaslik – Munisxon paltosining yoqasini ko‘tardi-yu, eshikdan chiqishga yuragi dov bermay, turib qoldi. (43-b.)

  7. Uhda qilolmaslik – Shef bilan ishlab ham uhda qilolmayotirsizmi? (82-b.)

  8. Quloq bermoq – Qiz uning so‘ziga o‘zi ustidan chiqarilgan hukmni tinglaganday quloq berar edi. (35-b.)

Metaforalar:

  1. Assalomu alaykum, shervachcha, – dedi bir keksa tovush va bu tovushning egasidan ilgari «to‘q» etib hassa kirdi.(88-b.) – Shervachcha, – dedi chol ikkala qo‘lini ko‘kragiga qo‘yib, xirillab, - gazetaga bersalar... (89-b.)

  2. Dori – Yo bosh og‘rig‘ini dori bilan bosaylikmi? Bir ryumka-bir ryumka... (129-b.)

  3. Yaqinlik iplari – Bora-bora ikki oradagi Ehson tug‘dirgan yaqinlik iplari uzila boshladi. (42-b.)

  4. «To‘ngak» bilan professor o‘rtasida o‘tgan bu gap butun universitetga dovruq bo‘ldi. (43-b.)



Metonimiyalar:

  1. Zal – Yana qarsak zalni ko‘targuday bo‘ldi. (94-b.) Butun zal domlaga qaradi (94-b.)

  2. Katta, mayda – U «katta» yozish uchun avval «mayda» bilan o‘quvchi orttirish kerak, dedi. (136-b.)

  3. «Oshiqlar» – Xususan, Kenja Saidiyning «Oshiqlar»i ochiqdan-ochiq sho‘ro hukumatining xotin-qizlar ozodligi to‘g‘risidagi siyosatiga zarba berish, (...) Abbosxonning o‘zi tasalliga muhtoj bo‘lib qoldi. (139-b.)

  4. Fakultet – Fakultetni tashlashga o‘zingizda bu qadar majburiyat sezsangiz noiloj davom etmang, chunki bu narsa fakultetdan haydalishga olib keladi. (106-b.)

  5. Firqa – Shunda, albatta firqa ko‘rsatgan yo‘ldan boramiz. (94-b.)

  6. Universitet – Universitet chaqirtirayotir. (91-b.) «To‘ngak» bilan professor o‘rtasida o‘tgan bu gap butun universitetga dovruq bo‘ldi. (43-b.)

  7. Shisha – Buni esa ko‘proq shisha osonlashtiradi. (112-b.)



Tahlil tiplari

Badiiy matnni tahlil qilishning tamoyil va usullari bo‘lganidek, o‘ziga xos tiplari ham mavjud. Tahlilning maqsadi, yo‘nalishi va qamrovini asar hajmi jihatini hisobga olib ikkiga ajratish mumkin: tematik va kompleks tahlil.



Yüklə 386,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin