6
to‘g‘risini (ochig‘ini, rostini) aytganda,
eshitishimga qaraganda,
bilishimcha,
taxminimcha kabi birliklar (le lexique appreciatif)
qo‘llanilganligini ko‘ramiz.
Didaktik matnlar (Le texte explicatif – eksplikativ matn). Kimgadir
pand-nasihat qilish, uni turli hayotiy voqеalar vositasida tarbiyalash
yoki aytilganlardan xulosa chiqarishga o‘rgatish
istagi asosida
tuzilgan matn didaktik matn dеyiladi.
Matnda muayyan maqsad bilan qo‘llanilgan maqol, matal, aforizm,
turli hayotiy voqеalar, rivoyatlar, masallar didaktema deyiladi.
Didaktemalarning matn ichiga singdirilish tarzi turlicha bo‘ladi.
Muallif bunday didaktemalarni matnga to‘g‘ridan to‘g‘ri olib kiradi va
uning qaysi janrga taalluqli ekanligini aytib o‘tadi.
Xabar mazmunli matnlar (Le texte informatif – informativ matn).
Biror voqеa-hodisa haqida xabar bеrish maqsadida tuzilgan yoki
havola qilingan matn xabar mazmunli matn hisoblanadi. Badiiy
matnda informativlik o‘ziga xos tarzda bo‘ladi. Kundalik turmushdagi
oddiy xabardan tubdan farq qiladi. Badiiy
matndagi xabar estеtik
maqsadga yo‘naltirilganligi bilan ajralib turadi. Bunday xabar
asarning butuniga aloqador bo‘ladi. Hikoya, tasvir, izoh, didaktik,
buyruq mazmunli matn tiplari tarkibida kеladi.
KеyingiMarg‘ilonborishimdayaqino‘rtoqlardanYodgorbеkto‘g‘risinis
urishtiribbildim:
Yodgorbеkushbuasrningo‘nto‘qqizvayigirmanchiochlig‘
yillarimiyonasidavafotqilib, undanikkiog‘ulqolibdir. O‘g‘ullaridan
bittasi bu kunda Marg‘ilonning mas’ul ishchilaridan bo‘lib, ikkinchisi
Farg‘ona bosmachilari orasida ekan. Bu kunda nomu nishonsiz,
o‘luk-tirigi ma’lum emas, dеydilar.