36
noaniqlik,
kuchaytirish, takrorlash, ta’kidlash kabi ma’nolarni
ifodalshda ishlatilishi aniq misollar bilan asoslab berilgan. Ko‘plik
shakli qo‘shimchasining qahramonlar ruhiyatidagi turfa tovlanishlarni
tugal aks ettirish imkoniyati boshqa qo‘shimchalarga qaraganda aniq
ko‘zga tashlanib turadi. «Jumlada ifodalangan harakat yoki holatning
egasi shaxs bo‘lmaganda turkiy tillarda, shu jumladan, o‘zbek tilida
ega ko‘plik shaklida bo‘lsa ham, unga tegishli fe’l, asosan, ko‘plik
qo‘shimchasini olmaydi, ya’ni
Barglar to‘kildilar emas,
Barglar
tokildi tarzida bo‘ladi. Ammo Abdulla Qodiriy bunday o‘rinlarda ham
«
–lar»niqo‘llaydi, u shunday tasvir tarzini tanlaydiki,
-lar o‘zgacha
bir nozik ma’no ishvalarini kasb etadi. Ayniqsa, Kumush va Otabek
bilan aloqali tasvirlarda bu juda yaqqol ko‘rinadi: (…)
Ikkinchi
yoqdan o‘zini asir etgan shahlo ko‘zlar unga nafratlanib qaragandek
bo‘lurlar, go‘yoki vafosiz, va’dasiz deb qichqirurlar edi».
35
Rauf
Parfi she’rlarda ham shunday holatni kuzatish mumkin:
Yomg‘ir ham tinmadi uzun kun
Ivishgan novdalar sindilar.
Yomg‘ir ham tinmadi uzun kun,
Barglari jon uzib tindilar.
36
Egalik shakli ham sof egalik, qarashlilik ma’nosidan tashqari
erkalatish, koyish, nolish, tinchlantirish, achinish, kinoya, kesatiq,
faxrlanish, kibr, kamtarlik kabi modal ma’nolarni ifodalashga xizmat
qilishi mumkin. Ushbu misolda egalik
shakli orqali qahramonning
ma’naviy dunyosi ochib beriladi. Yozuvchi jirkansh ishlaridan
faxrlanish va qarshisidagi insonga nisbatan kibr, manmanlik yoki
tahqirlash ohangida muomala qilishga odatlangan qahramon
qiyofasini benihoya aniq aks ettira olgan:
- Aql yoshda emas, aql
boshda, eshon! – deydi general Skobelev. – Men, o‘ttiz yoshimda
Xivani tiz cho‘ktirdim! Mana, o‘ttiz iki yoshimda Qo‘qonni tariqday
tirqiratdim! Saksonni urib qo‘yib, sen nimani qotirdinig? (T.Murd).
Shuningdеk, atoqli otlar (antroponimlar
)ning
muayyan maqsad bilan
qo‘llanishiga aloqador kuzatishlar olib borish mumkin. Chunki badiiy
asarda qo‘llanilgan ayrim ismlar yozuvchining badiiy - estetik niyatini
aniqlashga yordam bеradi. Atoqli otlarning ana shunday vazifalarda
qo‘llanishi bilan bog‘liq hodisa ayrim adabiyotlarda antonomasiya
degan nom ostida umumlashtiriladi.
37
O‘zbеk adabiyotida pеrsonaj
35
Маҳмудов Н. Рост ва расо сўзлар. «Ўзбекистон адабиёти ва санъати» 1993, №41-42 (3248), 3-бет.
36
Рауф Парфи. Сўнгги видо.-Тошкент, Алишер Навоий номидаги Ўзбекистон Миллий кутубхонаси
нашриёти, 2006.
37
Бобохонова Л.Т. Инглиз тили стилистикаси.-Тошкент, «Ўқитувчи», 1995, 64-бет.
37
xaraktеr – xususiyatini ochib bеruvchi, tagma’noli kulgi yaratuvchi
ismlar Abdulla Qodiriy,
Abdulla Qahhor, Said Ahmad va boshqa
yozuvchilarning hajviy asarlarida juda ko‘p uchraydi. Masalan,
Salimsoq semiz, Kerzon, So‘navoy, Sovinak, Mag‘zava qori, Burnash
abziy, Kalvak mahzum, Toshpo‘lot tajang (A.Qodiriy);
Jonfig‘on,
Cho‘loq domla, Norin Cholpiq, Nabigul, Semiz Nazarov, Oriq
Nazarov, Yovqosh Olloberganov (A.Qahhor);
G‘oyibnazar Pinhonov,
Oldi Sottiyеv, Tijoratxon (S.Ahmad) kabi asar qahramonlari ismlarida
yozuvchining kinoyasi aniq sеzilib turadi. Mahoratli yozuvchilarimiz
qahramonning hayoti, taqdiri va ruhiyati bilan uning ismi o‘rtasida
mushtaraklik o‘rnatish orqali betakror obrazlar yaratishga harakat
qiladilar. Bu albatta yozuvchining lisoniy mahorati hisoblanadi va
bunday holatlarni tadqiq etish orqali
yozuvchining poetik olamiga
kirib borish mumkin.
«Sifat so‘z turkumi poetik vosita sifatida ham katta ahamiyatga ega. U
badiiy adabiyot tilida eng ko‘p uchraydigan epitetlar hosil qilshda
qo‘llaniladi».
38
Shuningdek, sifat so‘z turkumidagi sinonimiya, sifat
darajasini hosil qiluvchi shakllar hamda sifat yasovchi qo‘shimchalar
orqali ham badiiy-estetik effekt hosil qilinadi.
Sonlar, aslida, gapdagi muayyan miqdorga aniqlik kiritish uchun
ishlatiladi.
39
Lekin, mavhumlik yoki me’yordan ortiqlik ma’nolarini
urg‘ulash uchun qo‘llanilganligini ham kuzatishimiz mumkin. Ushbu
misolda
bir soni aniqlikni emas,
qandaydir, qaysidir ma’nolaridagi
mavhumlikni ifodalaydi:
Hindiqushdan taraladi bir nola,
Yuraklarni titratib zir-zir nola.
Qarang, qonga botib yotar bir dala,
Mangu armon bo‘lib ketgan o‘g‘lonlar. (M.Yusuf)
Quyidagi
parchada keltirilgan ming soni ham konkret miqdorni
emas, balki
uzoq muddat ma’nosidagi me’yordan ortiqlikni bildiradi:
Sochgum gulday dunyoga mehrim,
Toki yurak urib turadi.
Sen abadiy yashaysan, she’rim –
Qarg‘a faqat mingga kiradi. (M.Yusuf)
Badiiy matnning ekspressivligini ta’minlashda olmoshlarning ham
alohida o‘rni bor. Olmoshlar bir so‘zning takrorlanishi bilan yuzaga
chiqishi mumkin bo‘lgan g‘alizlikning oldini oladi. Olmoshlarning
38
Шомақсудов А. ва б. Ўша асар, 109-бет.
39
Шомақсудов А. ва б. Ўша асар, 113-бет.
38
takrorlanishi esa nutqqa o‘ziga xos ohangdorlik bag‘ishlash bilan
birga matnni shakllantirishga xizmat qiladi.
Badiiy matnning lingvopoetik tahlili jarayonida fe’l turkumiga
kiruvchi so‘zlarga alohida e’tibor qaratish lozim. Chunki, bu
turkumdagi so‘zlarning ekspressiv imkoniyatlari benihoya kengdir.
Fe’lning mayl, shaxs-son, bo‘lishli-bo‘lishsizlik, nisbat, zamon
hamda funksional shakllari asosida namoyon bo‘luvchi o‘ziga
xosliklarni o‘rganish maqsadga muvofiqdir.
Dostları ilə paylaş: