Fonetik tahlilBadiiymatnnitahlilqilishjarayonidafonetikbirliklarningestetikxususiyatlarigaalohidae'tiborqaratmog` lozim.She'riy matnda nutq tovushlarining estetik imkoniyatlari tez va qulay idrok etiladi. Chunki she'rda o`ziga xos jozibador ohang bo`ladi. Bu ohangdorlikka tovushlarni uslubiy qo`llash natijasida erishiladi.She'dariyat, asosan, alliteratsiya (undoshlar takrori), assonans (unlilar takori), geminatsiya (undoshlarni qavatlash) kabi fonetik usullardan foydalaniladi. Nasrda unlilarni cho`zish, undoshlarni qavatlash, tovushlarni takrorlash, so`zlarni noto`g`ri talaffuz qilish, tovush ortttirish yoki tovush tushirish kabi fonetik usullar yordamida ekspressivlik ta'minlanadi. Tovushlarni uslubiy qo`llash bilan bog`liq qonuniyatlarni yozuvda “aynan” ifodalash imkoniyati cheklangan. Biroq, talaffuz va bayon muvofiqligiga fonografik vositalar yordamida erishish mumkin.
Badiiy asarlarda ruhiy holatni yozuvda ifodalash o`ziga xos murakkablikni yuzaga chiqaradi. Qahramonlar ruhiyatidagi ichki hayajon, xursand bo`lish, xafa bo`lish, rozilik, taajjub yalinish, hayratlanish, kinoya, piching, kesatiq, olqish so`roq, ta'kid, qoniqmaslik, norizolik, tilak-istak, qo`llab-quvvatlash kabi holatlarni aynan berishda yozuvchilar unli yoki undoshlarni birdan ortiq yozish usuli – fonografik vositalardan foydalaniladilar.
1. Unlilarni birdan ortiq yozish. Bunda unlini cho`zib talaffuz qilinganligi tushuniladi.Unlini cho`zib talaffuz qilish orqali qahramonning voqelikka munosabati oydinlashtiriladi.Ilmiy adabiyotlarda mazkur usul orqali belgining me'yordan kuchsiz yoki ortiq ekanligini ifodalashda foydalanilishi ta'kidlanadi. Masalan, belgining kuchsizligi: Ortiq jizzaki ko`rinmaslik uchun bos-i-iq tovush bilan dedi... (P.Q.) Belgining ortiqligi: Uzo-oq yo`l, ahyo-onda bir keladi, qato-or imoratlar, o`yla-ab tursam, o`g`lim, dunyoni ishi qiziq (A.M.).
Shuningdek, badiiy matnda unlilarni birdan ortiq yozish usulidan qahramonning biror nimadan hayratlanishi, taajjubga tushishi kabi holatlarini ifodalashda foydalaniladi. Masalan, -Marhamat... O`-o`, kaklikning sayrashini dedingizmi? – Uning manglayi tirishib va g`ijinib davom etdi:- Biz ham sizga qo`shilib eshitar ekanmiz-da? (Sh.H.) - O`-o`o` , okaxon, tuda-suda to`laysiz-da. (Sh.H.)
- A-a-a, o`sha sizmidingiz, buni qarang-a, tanimapman. Uyimizga Yana bir kelgan ekansiz. Yo`qligimni qarang-a. (S.A.)
2. Undoshlarni birdan ortiq yozish. Aslida orfoepik me'yor bo`yicha bir undosh talaffuz qilinishi kerak bo`lgan so`zlar muayyan vaziyatlarda ekspressiya va estetik maqsad talabi bilan atayin qavatlab talaffuz qilinadi. So`zlovchining ichki ruhiyati (siqilish, hursandlik kabilar) va maqsadini kitobxonga “aynan” etkazish uchun yozuvchilar badiiy matnda bu holatni undoshlarni birdan ortiq yozish orqali ifodalashga harakat qiladilar. Bunda belgining me'yordan ortiqligi, harakatning davomiyligi yoki bir onda ro`y berganligi, takroriyligi, tovush kuchining balandligi yoki pastligi kabi ma'nolar ifodalangan bo`ladi. Masalan, belgining ortiqligi: Ayyorlikda uchchiga chiqqanman deb maqtansam yolg`on emas.(O.)
Harakatning davomiyligi: Yarim soatlik qonli “g`ov-v-v-v, g`u-v-v-v, ov-v-v-v-v, ov-v-v-v”dan so`ng Mallaxonning davangisi mag`lub bo`lib, faje' bir suratda yaralandi. ( A.Qod.)
Harakatning oniyligi: Mashina Chuqursoyga qayrilish o`rniga yo`lning o`rtasida taqqa to`xtadi.
Ovoz kuchining balandligi: “Bummm» degan tovush eshitildiyu, ko`kni chang-to`zon qopladi.
Ovoz kuchining pastligi: Ammo shunchalik davru davronlar o`tquzilg`an va o`tquzilmoqda bo`lg`an bo`lsa bunchalik ochub - ... tis-s-s! Yopig`liq qozon-yopig`liq... tuya ko`rdingmi – yo`q... (A.Qod.) Mashina bir-ikki pig`-g`-g` degan ovoz chiqardi-da, butunlay o`chib qoldi.
So`zlarni noto`g`ri qilish. Og`zaki nutqda turli sabablarga ko`ra ayrim so`zlar, asosan, o`zlashma so`zlarni buzib talaffuz qilish holati mavjud. Bunday xato so`zlovchining o`zlashgan so`z imlosini to`g`ri tasavvur qilmasligi, boshqa millatga mansubligi, paronimlarni farqlamaslik natijasida yuzaga keladi, deb izohlash mumkin. Badiiy asarda bu usuldan qahramon nutqini individuallashtirish hamda ifodani og`zaki – jonli nutqqa yaqinlashtirish maqsadida ham so`zlar atayin buzib talaffuz qilinadi va o`sha tarzda yoziladi. Masalan: - Kotibadan, kirsam mumkinmi, deb so`rash kerak.
- Jinni bo`ldingmi, Ne'mat?
- Men sizga Ne'mat emasman, o`rtoq Babbaev bo`laman, o`rtoq Xajjayip. (S.A.)
- Xo`p, bo`pti. Uning oti Zulfiqor, fomilasi... – aytaveraymi, deb unga qaradi.(S.A.)Alliteratsiya grekcha so`z bo`lib, nutqda tovushlarning mos kelishidir. U takrorning bir ko`rinishi bo`lib, badiiy nutqni yanada ohangli, ifodali bayon etish uchun qo`llanadiyu U ko`pincha she'riy asarlarda uchrab, o`zaro qofiyalash, ohangdosh, bir xil so`zlarning yoki bir xildagi tovush va qo`shimchalarning takrori asosida vujudga keladi. Mumtoz adabiyotda alliteratsiya“tavzi' san'ati” deb ham yuritiladi.
Bo`z to`rg`ay, bo`zlashaylik.
Turumtoy, so`zlashaylik.
Qaldirg`och, quvlashaylik.
Betilmoch, quvnashaylik.
Sa'vavoy, sayrashaylik.
Soyma-soy sayrashaylik.(Mir.)
Bu she'rda alliteratsiya qofiyadosh so`zlar va “S” tovushi takroridan yuzaga chiqmoqda.
Bolalar folklorida alliteratsiyaga asoslangan tez aytish va aytishmachoq qyinlar mavjud. Bir tup tut, tutning tagida bir tup turp. Tut turpni turtib turibdimi, turp tutni turtib turibdimi?
Assonans. Badiiy nutqqa intonatsion butunlik, ohangdorlik va emotsional-ekspressivlik bag`ishlash maqsadida qo`llaniladigan fonetik ususllardan biri assonansdir. Adabiyotlarda assonans aynan yoki yaqin unlilarning takrorlanib kelishidan hosil bo`ladigan ohangdoshlik ekanligi bayon qilingan. Unlilarning takrorlanishi maqollarda ko`p kuzatiladi:
2.2. Matnning leksik-semantik tahlili
Tilda har bir unsurning o`z vazifasi, ma'no doirasi, boshqa unsurlar, birliklar bilan bog`lanish qonuniyatlari bor. Ana shu qonunityalardan mukammal boxabar bo`lgan, so`z sezgisi va mahorati yuksak yozuvchi betakror tasvir, kutilmagan, ohorli badiiy lavhalar paydo qila oladi. Shunda kitobxon asarning nafaqat g`oyasi, balki go`zal tilining asiriga aylanadi. Bunda umumxalq tilidagi badiiy tasvirga favqulodda muvofiq birliklarni tanlash, saralash va sayqallash asosida, lisoniy-badiiy qonuniyatlardan kelib chiqqan holda ularga yuklangan xilma-xil badiiy-estetik ma'nolar hal qiluvchi rol o`ynaydi.
Agar so’z – bu til birligi bo’lsa, u holda matn – kommunikatsiya (aloqa,fikr almashinuvi) birligidir.So’zlar muayyan ma’noga, matnlar esa muayyan mazmunga ega. O’quvchi so’z ma’nolarini bila turib, ularni kontekstdan anglab oladi, tushunib yetadi ya’ni tasavvurida muayyan mazmunlar hosil qiladi. Ma’no va mazmunlarni anglash – matnni tushunish demakdir.1
Yozuvchining so`z qo`llash mahoratini baholash uchun, avvalo, so`z va uning ma'nosi, bu ma'noning tuzilishini aniq tasavvur etish lozim. So`zning qo`llanishi bilan bog`liq holda yuzaga chiqadigan qo`shimcha ma'no nozikliklari turli tasvir usullari va vositalari orqali reallashishi mumkin. Ammo bunday qo`shimcha ma'no nozikliklari ko`pincha so`z ma'nosining o`zida imkoniyat tarzida mavjud bo`ladi, ular so`zning ma'no qurilishida ilgaridan qayd etilgan bo`ladi.
Tildagi nominativ birliklarning ma'no tuzilishini o`rganishda tilshunoslikda semantikaning konnotativ jihati tushunchasiga alohida e'tibor beriladi. V.N.Teliya ta'rificha, konnotatatsiya-til birliklari semantikasiga uzual va akkazional ravishda kiradigan, nutq sebyektining borliqni jumlada ifodalashda uning ayni shu borliqqa bo`lgan hissiy-baholash va stilistik munosabatini ifodalaydigan hamda shu axborotga ko`ra ekspressiv qimmat kasb etadigan mazmuniy mohiyatdir.
Til mohiyati, ichki qurilishi jihatdan denotativ (atash, nomlash, nominativ) va konnotativ (emotsional-ekspressiv) ma'no bildirib shu asosda informatsiya (aloqa) vazifasini bajara oladigan vosita ekanligi uning ichki dualizmi, bir tomondan, obyektiv borliqni aks ettiruvchi tafakkurning shakli; ikkinchi tomondan, har bir elementning mohiyati shu elementning boshqa elementlar bilan bo`lgan ichki munosabatidan kelib chiqadigan mustaqil tizim ekanligi bilan chambarchas bog`liq. Agar tilning atash vazifasi uning tafakkur shakli, tushunchalarni qolipga soluvchi bir vosita ekanligi bilan bog`liq bo`lsa, uning ekspressiv vazifasi tilning mustaqil sistema ekanligi, elementlarning mohiyati ularning ichki munosabatlari asosida ochilishi mumkinligi bilan bog`liq.
So`z semantikasida denonativ ma'no bilan birga konnotativ ma'no ham mavjud. Konnotativ ma'no so`z semantikasidan denotativ ma'no ajralgandan keyin hosil bo`lgan ayirmaga teng: KqS-D.
O.S.Axmanovaning ta'kidlashicha, so`z semantikasida 2 xil konnotatsiya mavjud: ingerent konnotatsiya-so`z matndan tashqari holatida unga xos bo`lgan konnotativ ma'no va adgerent konnotatsiya-so`zda ma'lum kontekstda paydo bo`ladigan konnotativ ma'no.
Nutqdan tashqarida, ma'lum bir matnsiz ham so`zning semantik tarkibiga kiruvchi va paradigmatik munosabatlar bilan belgilanadigan konnotativ ma'no ottenkalari sifatida quyidagilarni ko`rsatish mumkin:
1)so`zlovshining ijobiy-neytral-salbiy munosabati ifodalanadigan so`zlardagni ma'no attenkalari: chehra-yuz-bashara;
2)munosabat darajasi, miqdoriga ko`ra farqlanadigan attenkalar: chiroyli-go`zal-suluv;
3)so`zning qo`llanish doirasiga ko`ra: ajab-ajib, do`ppi-kallapo`sh.
Adgerent konnotativ ma'no til elementining sintagmatik munosabatini o`zgartirish asosida hosil bo`ladi. (birikish potentsialini). Neytral konnotativ ma'noli so`zlar kontekst ta'sirida u yoki bu konnotativ ma'nolarga ega bo`lishi mumkin. Jumladan, ko`chma ma'no so`z semantik strukturasini buzish, undagi biror semani tushirish, ikkinchi semaning bo`rttirilishi asosida va hok. M-n, «po`lat» so`zining denototiv ma'nosi metall qotishmasining bir turi ekanligi». Har bir predmet o`zining ma'lum belgilari bilan xarakterlangani kabi «po`lat» bizning ongimizda «mustahkamlik», «qattiqlik belgilari bilan xarakterlanadi. Bu «po`lat» so`zining ichki konnotativ ma'nosini mana shu «qattiqlik», «mustahkamlik» konnotativ semalarni «metall qotishmasi» semasidan ajratib boshqa bir predmetga nisbatan berilsa, kuchli konnotativ ko`chma ma'no hosil bo’ladi: po`lat iroda.Yuqoridagi «po`lat iroda» birikmasida «po`lat» so`zining tildagi sintagmatik munosabati buzilgan. Til bosqichida birikuv yo`li bilan metall nomlarini ifodalovchi otlar faqat shu metalldan yasalishi mumkin bo`lgan predmetlar nomini anglatuvchi otlar bilan birika oladi: po`lat pichoq, po`lat sandiq kabi. «Po`lat iroda» birikmasida esa bu so`z abstrakt tushunchani ifodalovchi so`z bilan birikkan.
XX asrning so’nggi choragida ma’no ko’chishining usullaridan biri bo’lgan bu hodisaning inson kognitiv faoliyatiga ham xos ekanligi haqidagi qarashlar ilgari surila boshladi. Matn semantikasida mavjud bo’lgan kognitiv metaforalarni ularning til sathiga ko’ra tasnifi asosida tahlil qilish lozim.2Ya’ni: a) so’z shaklidagi metaforalar; b) so’z birikmasi shaklidagi metaforalar; s) gap shaklidagi metaforalar; d) mikromatn shaklidagi metaforalar.
So’z shaklidagi metaforalarning xususiyatlari tilshunosligimizda yetarli darajada o;rganilgan deyish mumkin. Ularning psixologik va kognitiv jihatlari o’z tadqiqini kutmoqda. So’z birikmasi shaklidagi metaforalar
Ma'lumki, til elementlarining mohiyati bu elementlarning nafaqat paradigmatik, shuningdek, sintagmatik munosabatlari, ya'ni qanday elementlarga matn tarkibida nisbatan kam qo’llansa-da, uning semantik tuzilishida muhim o’rin tutadi. So’z birikmasi shaklidagi metaforalar matn referentlari va lisoniy belgi o’rtasida mazmuniy shartlanganlik vaziyatini yuzaga keltiradi: Shohlar bilan bizning oramizda chuqur jarlar bor.Men bu jarga bir marta qulab, o’lishimga sal qoldi ( P.Qodirov “ Humoyun va Akbar ); Adhamxonga mening qilcha ham kudratim yo’q. Faqat uning o’zi amalparastlik ko’chasidan chiqmog’i kerak. Bu ko’cha ne-ne odamlarni adashtirib, mahv qilib yuborganini o’zingiz bilursiz( P. Qodirov “ Humoyun va Akbar) Bunda matn boshlanmasida ko’chma ma’noda qo’llangan so’z birikmasi matnning keyingi jumlalari semantikasiga ham o’z tasirini o’tkazadi, ya’ni semantik mazmunni matn bo’ylab yoyilishini, obrazli ifodani bir maromda saqlanib turishini ta’minlashga xizmat qiladi.
Gap shaklidagi metaforalar, ya’ni o’zida boshqa bir nutqiy vaziyat ifodasini implitsit tarzda namoyon etuvchi gaplar ham badiiy matnga xos xuxusiyatlardan biridir. Masalan: Bosh omon bo’lsa, do’ppi topiladi; Sanamay sakkiz dema; Osmon yiroq, yer qattiq kabi kabi gap tipidagi maqollar metaforik mazmunli gaplarning yorqin namunasidir.Matn-metaforalar- o’zbek tili kommunikatsiyasida metaforik mazmunli matnlar ( yoki matn-metaforalar) o’ziga xos o’rin tutadi. Bunday matnlarda ifodalangan mazmun global xarakterga ega bo’lib, o’zaro aloqadorlikda bo’lgan voqea-hodisalarning okkilamchi nominatsiyasi sifatida amal qiladi. Matn-metaforalarga xos bo’lgan xarakterli xususiyat shundaki, unda matn subyektning metaforik ma’noda qabul qilinishi matndan anglashilgan makropropositsiyaning ham o’quvchi ongida metaforik xarakter kasb etishiga olib keladi.
Ma'nodosh so`zlar tilning lug`aviy jihatdan boylik darajasini ko`rsatib beruvchi o`ziga xos vositadir. Tilda ma'nodosh so`zlarning ko`p bo`lishi tilning estetik vazifasini to`liq bajara olishini osonlashtiradi. Badiiy matnda ma'nodosh so`zlarni tahlilida asosan, ikki jihatdan e'tibor qaratish kerak. 1-muallifning ikki yoki undan ortiq ma'nodosh so`zdan ifodalanayotgan mazmun uchun maqbul birini tanlashi, 2-bir matn tarkibida 2 yoki undan ortiq ma'nodosh birliklarni badiiy tasvir maqsadiga muvofiq tarzda qo`llash masalasidir.Tilshunoslikda ma'nodoshlikning 3 turi farqlanadi: leksik, frazeologik, leksik-frazeologik.
Leksik ma'nodoshlikdan quyidagicha foydalaniladi:1.Til birliklarining takrori natijasida yuzaga keladigan ifoda rangsizligidan qochish uchun: Ikkala o`rtoqning sharaq-sharaq gaplashgan, bir biriga sevinch bildirishgan quvnoq va baland ovozlari boshqa hamma unlarni bosib ketdi.
2.Tasvir ob'ektiga e'tiborni jalb etish uchun:Holbuki, musulmonlik kiyimda emas, qalbda, dilda.
3.Ijobiy belgining darajama-daraja ortib borishini aniq ifodalash uchun: Zebixon bilan kelgan boshqa qizlar ham bir-biridan quvnoq.
4.Salbiy belgining kuchayib borishini aniq ifodalash uchun: Xo`sh, ming-boshining o`zi odamlar aytganday juda xunuk va badbashara odammi?
Kontekstual ma'nodoshlik. Mahoratli yozuvchilar tildagi tayyor sinonimlardangina foydalanib qolmay, badiiy tasvir ehtiyojiga ko`ra ma'nodosh bo`lmagan so`zlarni ham shunday qo`llaydilarki, bu so`zlar matnda xuddi ma'nodosh so`zlar kabi idrok etiladi: Kechagina, qarg`ab, so`kib, «o`ldirsam» deb yurgan kundoshini o`pib, quchoqlab, silab-siypab birpasda qalin do`st bo`lgan emish.
Frazeologik ma'nodoshlik. Voqealikni obrazli tasvirlashda, uni kitobxon ko`z o`ngida aniq va to`la gavdalantirishda iboralarning ma'nodoshligidan keng foydalaniladi: Uenggan, yutgan. Oshig`i olchi kelgan, deganini bo`ldirgan kundosh emasmidi?
Jumla tarkibida kelgan ma'nodosh iboralar qahramon bilan aloqador biror sifatni, xususiyatni ikir-chikirigacha tasvirlashgaqaratilgan bo’ladi..
Leksik-frazeologik ma'nodoshlik. Lug`aviy birlik sifatida so`zlar iboralar bilan sinaktik munosabatda bo`lishi mumkin.
Matnda bunday holatni bo`rttirib, atroflicha tasvirlashda foydalaniladi: Qurvonbibi so`zga qancha epchil bo`lsa, Razzoq so`fi shu qadar kamgap indamas, damini ichiga solgan, ziqna odam edi.
3. Tovush tomoni bir xil bo`lib, turli ma'nolarni ifodalovchi so`zlar omonimlar deyiladi.
Omoleksemalar-shakliy, ham talaffuz jihatidan bir xil so`zlar: qovoq-qovoq
Omograflar-shakli bir xil, talaffuzi har xil so`zlar-tom-tom, atlas-atlas.
Omofonlar-talaffuzi bir xil: yod-yot, sutxo’r-sudxo`r.
Shakldoshlik iboralarda ham uchraydi: boshiga ko`tarmoq (e'zozlamoq)-boshga ko`tarmoq (to`polon qilmoq) qo`l ko`tarmoq.
1.Zid ma'noli so`zlar badiiy nutqda ta'sirchanlikni ta'minlashda qulay vositadir. Sharq adabiyotida qadimdan bu ifoda imkoniyatidan keng foydalaniladi. Uning asosida tazod, antiteza va zid ma'noli so`zlarni yonma-yon qo`llash orqali tushunchalar, belgilar, holatlar, obrazlar zidlanadi.
Lisoniy va kontekstual antonimlar farqlanadi.
Zid ma'nolilik iboralarda ham uchraydi: ko`kka ko`tardi-erga urdi, ko`ngli oq-ichi qora, yuzi yorug`-yuzi qora.
2.Yozuvchining mahoratini belgilashda ko`p ma'noli so`zlarni o`r o`rnida, muayyan estetik maqsad bilan qo`llay olishi ham muhim omildir. Ko`p ma'noli so`zlar nutqning ifoda imkoniyatlarini keng-shga ko`maklashuvchi vosita hisoblanadi.
Masalan, «yuk» so`zi O`TIL da 4 ta ma'nosi ko`rsatiladi: og`irlik, tashvish, homila, diniy e't. Ko`ra yuz bergan kasallik.
Iboralarda ham ko`pma'nolilik kuzatiladi: yuragi qinidan chiqdi: Shunaqa paytda odamning yuragi qinidan chiqib ketadi.
6.Ikki yoki undan ortiq so`zlarning o`zaro munosabatidan tG`t, nutq jarayonisha tayyor holda olib kiriluvchi, til egalari xotirasida imkoniyat tarzida mavjud bo`luvchi til birliklari barqaror birliklar deyiladi.
Ularga iboralar, maqol-matallar, hikmatli so`zlar kiradi.
.
2.3.Matnning sintaktik tahlili
Badiiy matnning morfologik xususiyatlari haqida gap ketganda, morfologik birliklarning ishlatilishi bilan bog`liq holatlar nazarda tutiladi. Morfologik birliklarning estetik vazifasi deyilganda mahsus so`z shakllari vositasida, shuningdek, ma'lum bir grammatik ma'no va funktsiyaga ega bo`lgan so`z shakllarini mahsus qo`llash orqali ekspressivlik – emotsionallik ifodalanishi tushiniladi.
Ekspressivlik ijobiy va salbiy ma'no ottenkasiga ega bo`lgan so`zlarda aniq ko`rinib turadi. Badiiy matn lisoniy tahlil qilinganda ana shunday birliklarni ajratish, qaysi turkumga oidligi, kimning nutqida, nima maqsadda qo`llanilganligi, kimga nisbatan, qanday vaziyatda ishlatilganligi e'tiborga olinishi zarur.
Odatda, erkalash, suyish, hurmat, ulug`lash kabi ma'nolar ijobiy, jirkanish, mensimaslik, kibr, masxara, nafrat, g`azab, kinoya kabi munosabatlarni bildiruvchi so`zlar salbiy ma'no ottenkasiga ega bo`lgan so`zlar kiradi. Tahlil jarayonida matnda qo`llanilgan barcha morfologik birliklar emas, estetik maqsad aniq ko`rinib turgan, yozuvchining badiiy niyati ifodalangan morfologik o`zgachaliklar haqida so`z yuritiladi. Masalan: takror, morfologik parallelizm.
Atoqli otlar: G`oyibnazar Pinxonov, Oldi Sottiev, Tijoratxon, Dehqonqul.
Badiiy matnning ta'sirchanligini ta'minlashda sintaktik usuldan keng foydalaniladi.
Badiiy adabiyotda ifodali nutq vositasi sifatida muhim rol o`ynaydigan, mazmunan stabillashgan nutq oborotlari sintaktik-stilistik figuralar deyiladi.
Sintaktik figuralar nutq ta'sirchanligini oshirish, tasviriylikni kuchaytirishga yordam beruvchi maxsus sintaktik qurilish, nutq ko`rinishlaridir. Troplar so`zlar bilan ish ko`rsa, figuralar gap tuzilishi va gapdan anglashilgan umumiy ma'noga asoslanadi.
Figuralar nutqni ohangdor, ta'sirchan va jozibador qilishi va shu yo`l bilan tinglovchi tomonidan osonlik bilan qabul qilinishida muhim uslubiy vositadir. Shuning uchun ham ularni ma'lum darajada nutq muzikasi deyish mumkin.
Matnni sintaktik jihatdan tahlil etishda sohaga oid barcha adabiyotlarda quyidagi uslubiy vositalarga e’tibor berish qayd etiladi:31.Sintaktik parallelizm. 2. Emotsional gaplar. 3. Ritorik so’roq gap. 4. Inversiya. 5. Ellipsis. 6. Sukut. 7. Gradatsiya. 8.Antiteza. 9. Farqlash.10. O’xshatish.
Badiiy matnda sintaktik jihatdan bir xil shakllangan gaplar ko’p qo’llaniladi. Tilshunoslikda bunday atamalar parellelizm (yun. parallelos-yonma-yon boruvchi)atamasi ostida o’rganiladi.
Parallelizm – ikki hodisani yonma-yon qo`yib tasvirlash orqali ularni bir-biriga qiyoslash usuli bo`lib, undan tasvir etilayotgan ob'ektga tinglovchini diqqatini qayta tortish maqsadida foydalaniladi. Parallelizmning asosiy vazifasi fikrga izoh berish, unga tinglovchini to`la ishontira olishdan iborat.Parallelizm usuli his-hayajon, ko`tarinki ruh bilan aytilgan nutq ko`rinishlari uchun xarakterli bo`lib, tinglovchida turli emotsiyalarni uyg`otuvchi ifoda shakli hisoblanadi. Parallelizm natijasida davomiylik, ko`tarinkilik, qat'iylik kabi ifodalanishiga erishiladi.Ular til uslubiy vositalarining boyish manbalaridan biri bo’lib, poetik nutqda ko’p qo’llanadigan, eng mahsuldor va ta’sirchan sintaktik birlik hisoblanadi. Bir xil shakllangan gaplar badiiy nutq ta’sirchanligini oshirish bilan birga ma’noni kuchaytirishga va fikrningbatafsil – atroflicha ifodalanishiga, tasvir obyekti bilan bog’liq malumotlar fondining kengayib borishiga xizmat qiladi.
Quyidagi vazifalarni bajaradi:
1.Nutqninggo`zal va jozibador bo`lishini ta'minlaydi. Tinglovchining diqqati asosiy ob'ektga jalb etiladi, u orqali fikr tez anglashiladi.
2.U orqali fikrni lo`nda, aniq, o`tkir, jonli va kuchli ifodalash imkoniyati tug`iladi.
3.Parallelizm vositasida fikrning tub mohiyati ochib beriladi, fikr predmetining asosiy sifatlari yoritiladi.
4.Mantiqiy jihatdan ajratib ko`rsatish orqali fikr ob'ekti haqida keng ma'lumot beradi.
Umr degan bir keladi, yoshlik ham bir keladi.
Emotsional gaplar.So’zlovchining o’ta xursandlik yoki o’ta xafalik holatlarini yoki qahramonning his-hayajonini,voqea-hodisaga emotsional munosabatini ifodalovchi gaplar emotsional gaplar hisoblanadi.Emotsional gaplar tarkibida maxsus ijobiy va salbiy bo’yoqdor so’zlar ( chehra, o’ktam, tabassum , turq,qo’pol, tirjaymoq kabi ) mavjud bo’ladi. O’sha so’zlar orqali qahramon ruhiyatida kechayotgan sevinch, qo’rquv, g’azab kabi psixologik jarayonlarni hamda yozuvchining tasvir obyektiga nisbatan subyektiv munosabatini bilib olamiz. Emotsional gaplar tarkibida ijobiy yoki salbiy bo’yoqdor so’z va iboralar,his-tuyg’u ifodalovchi undovlar ( oh, voy, eh attang, voy sho’rim, bay-bay-bay kabi), munosabat ifodalovchi undalmalar qatnashadi va ular nutqning ekspressivligini ta’minlashga xizmat qiladi.
Inversiya-gap bo`laklarining o`rin almashinishi yoki gap bo`laklarining joylashish tartibini ma'lum maqsad bilan o`zgarishi hodisasiga aytiladi. Inversiya og`zaki nutqqa xos xususiyat. Badiiy asarda qahramonlar nutqini jonli nutqqa yaqinlashtirish, qahramon nutqini individuallashtirish uchun inversiyadan foydalaniladi. She'riyatda ifodalilik ohangdorlik, ta'sirdorlikni oshirishga xizmat qiladi. Masaln:Bozprga o’xshaydi asli bu dunyo,
Bozorga o’xshaydi bunda ham ma’ni.
Ikkisi ichra ham ko’rmadim aslo,
Molim yomon degan biror kimsani.( A. Oripov )
Antiteza( antithesis – qarama-qarshi qo’yish, zidlash) deb mantiqiy jihatdan qiyoslanuvchi fikr, tushuncha, sezgi va timsollarni qarama-qarshi qo`yish, zidlash hodisasiga aytiladi.
Voqea-hodisalar mohiyatidagi ziddiyatni ochish uchun zid ma'noli qo`shimchalar, so`zlar, iboralar, zidlovchi bog`lovchilardan foydalaniladi. Zidlashda voqea-hodisa, belgilarni o`zaro zid qo`yilib, shulardan birining ma'nosi alohida ta'kidlanadi. Zidlanishda ikki qism mavjud: zidlovchi qism va zidlash asosi ta'kidlangan qism. Masalan:
1.Noningni yo`qotsang yo`qot, nomingni yo`qotma!( O’.Hoshimov)
2.Ilmu she'rda shohu sulton,
Lek taqdiriga qul.
O`z elida chekdi g`urbat,
Zoru nolon o`zbegim.( E.Vohidov)
Gradatsiya( lot. Gradation – zinapoya, bosqichma-bosqichkuchaytirish).Nutq parchalaridan biri ikkinchisining ma’nosini kuchaytirib borishdan iborat uslubiy jarayon.Badiiy adabiyotdaholatlarni, tuyg’u va kechinmalarni qiyoslash, obraz, epitet, metafora va boshqa tasviriy vositalarning ketma-ket kuchayib yoki pasayib borishidan yuzaga chiquvchi uslubiy vositaga aytiladi. Adabiyotlarda gradatsiya xususiyatlariga ko’ra turlicha tasnif etiladi:
1. Klimaks (ko`tarilish)2. Antiklimaks (pasayish)
Ifoda usuliga ko`ra:1. Mantiqiy – mantiqiy gradatsiya tarkibiy qismlari o`rtasidagi ifodalangan tushunchalar va fikrlar nuqtai nazaridan qaralganda ko`zga tashlanuvchi nisbiy belgilar orqali yuzaga chiqadi.
2.Emotsional gradatsiyada his-tuyg`u ifodalovchi tushunchalar bosqichma-bosqich joylashib, kuchayib boradi.
3.Miqdoriy gradatsiyada o`zaro mos tushunchalar hajmi, miqdorining o`sib yoki kamayib borishi:Bir yil o`tdi, uch yil, besh yil.
Ifoda materialiga ko`ra:1. Leksik gradatsiyada uni tashkil qilgan komponentlarning sintaktik jixati emas, leksik-semantik jixati ahamiyatliroq bo`ladi. Shunday holda ham gradatsiya komponentlari sintaktik aloqaga kirishgan bo`ladi.
2 .Sintaktik gradatsiyada bir konteks doirasidagi bir necha gap ifodalagan mazmun asos bo`ladi. Bir qo`shma gap doirasida sodda gaplar va bir yoyiq kontekstda yonma-yon holda joylashgan nisbiy mustaqil gaplar ifodalagan fikrlarning bosqichma-bosqich kuchayib yoki pasayib boruvchi nutqiy hodisa sintaktik gradatsiya deyiladi.
Yana bir ko`rinishi yonma-yon joylashgan, bir-biriga tobe bo`lmagan nisbiy mustaqillikka ega gaplardir.Ritorik so`roq – ko`tarinki, kuchli emotsiya bilan aytiluvchi, ekspressiv vazifa bajarish uchun xizmat qiluvchi uslubiy vosita.
Vazifasiga ko`ra:1.Tinglovchiga qandaydir ta'sir ko`rsatishga mo`ljallanadi.
2.Faqat ekspressivlik ifodalaydi, sof emotsional ta'sir ko`rsatadi.
Ellipsis(yun.tushish,tushirilish) deb nutqiy aloqa jarayonida gap bo`laklarining ma'lum maqsad bilan tushib qolish hodisasiga aytiladi. Bunday tushirilish tildagi lingvistik iqtisod – lisoniy tejamkorlik tamoyili asosida amalga oshiriladi. Bu jonli nutq uchun tabiiy hol bo’lib, badiiy matnga ham xuddi shu – jonli nutqqa xos tabiiylikni ta’minlash maqsadi biln olib kirilgan. Badiiy matndagi ellipsis tekshrilganda, qaysi gap bo’lagi ellipsisga uchraganligi va bundan qanday maqsad kuzatilganligi izohlanadi. Ellipsisni maqollarda ko’p uchratamiz.So’zlarni tushirish orqali maqollarning tabiatiga xos ixchamlik va ifodalilik yuzaga keladi. Masalan: Ayrilganni ayiq er, bo`linganni bo`ri er.
Sukut ( yoki jim qolish ) deb, “ so’z yoki so’zlar guruhining gap oxirida tushirib qoldirishga” aytiladi. Bu hodisa adabiyotlarda ellipsisning bir ko`rinishi sifatida talqin qilinadi. Odatda, qahramonning sukuti (jim qolishi) ko’p nuqta bilan belgilanadi. Lekin shuni unitmaslik kerakki, ko’p nuqta bilan tugallangan hamma gaplar ham sukutga misol bo’lavermaydi.So`zlovchi nutq jarayonida nutqning tinglovchi uchun ma'lum qismini ataylab aytmaydi. Shunga qaramay, so`zlovchining maqsadi aniq bo`ladi.
Ritorik so’roq gaplarham badiiy matnning emotsional-ekspressivligini ta’minlovchi uslubiy vositalardan biri hisoblanadi.Tasdiq va inkor mazmuniga ega bo’lgan, tinglovchidan javob talab qilmaydigan gaplar ritorik so’roq gap deyiladi. Ko’pincha ritorik so’roq gaplar tarkibida nahotki, axir kabi ta’kidni kuchaytiruvchi so’zlar qo’llanadi. Ular nutqqa ko’tarinki ruh bag’ishlaydi va tasdiqning kuchli emotsiya bilan ta’kidlanishi uchun xizmat qiladi.Bunday gap shakllari qahramonning hayratlanishi, quvonchi, ajablanishi, shubha va gumonsirashini, g’azab va nafratini ifodalashida juda qo’l keladi.Bunday gaplar ichki va tashqi nutqda, monoligik va dialogik nutqlarda keng qo’llaniladi.
Shuningdek, undalmalar ham gap tarkibida so’zlovchi va tinglovchining o’zaro munosabatini ifodalaydi. Undalma gap bo’laklaridan farqli ravishda maxsus intonatsiya bilan aytiladi. Undalmalar ijobiy yoki salbiy baho munosabatini ifodalab keladi.Salbiy baho munosabati ifodalovchi undalmalar badiiy asarlarda qahramonlar tasvirida, ruhiy holatni ko’rsatib berishda, qahramon nutqini individuallashtirishda kuchli uslubiy vosita bo’lib xizmat qiladi.Masalan: 1.- Ov! - dedi bo’ynini xo’rozdek cho’zib. – Raisman, deb o’zingdan ketma! Hasan Dumani endi ko’ryapsanmi, ahmoq! ( O’.Hoshimov). 2. – Shuni ayting, oyimposhsha! Birov bilan qochib ketmabdi.( O’.Hoshimov).4
Farqlashdeb ikki narsa – buyum, voqea – hodisa yoki holatlardagi differensial belgini aniqlashga aytiladi.Farqlash ham qiyos va chog’ishtirishga asoslanadi.Ifoda usuliga ko’ra antitezaga yaqin, lekin antitezada mantiqiy jihatdan qarama-qarshi bo’lgan ikki qutb qiyoslanadi.Bunda biri ikkinchisini rad etadi yoki inkor qiladi. Tasviriy vosita sifatidagi farqlashda belgilar qaysi xususiyatiga ko’ra farq qilayotganligi aniqlanadi. O’xshatish ham qiyosga asoslanadi, boroq o’xshatishda integral belgilar idrok qilinadi. Farqlashda qiyos asosida o’rtaga chiqadigan fundamemtal tafovutni aniqlash nazarda tutiladi. O’xshatishda bo’lgani kabi farqlashning ham ifoda usullarini quyidagicha tartiblash mumkin: 1. Farqlash subyekti. 2. Farqlash nisbati. 3. Farqlash asosi. 4. Farqlashni yuzaga keltiruvchi shakily belgilar. 5. Farqlash natijasi.Farqlashnatijasi yozuvchining badiiy niyatini aniqlashga olib keladi. Xo’sh, yozuvchi nima maqsadda bunday taqqosni keltiradi? Bu kabisavollar asosida farqlashning beshinchi unsuriga javib izlanadi.Badiiy asardagi bunday holatlarni tahlil qilish orqali yozuvchining murakkabkonstruksiyali farqlash, qiyoslash, chog’ishtirish mantig’ini tasavvur etishimiz mumkin bo’ladi.
O’xshatish– bu “ ikki narsa yoki voqea-hodisa o’rtasidagi o’xshashlikka asoslanib, ularning biri orqali ikkinchisining belgisini, mohiyatini to’laroq, konkretroq, bo’rttitibroq ifodalsh” dir.O’xshatishlar eng qadimiy tasviriy vositalardan biri sifatida nutqimizni, ayniqsa, badiiy adabiyot tilini bezashda, tasvirning aniqligi va obrazliligini ta’minlashda foydalaniladi. Adabiyotlarda har qanday o’xshatish munosabati tilde ifodalanar ekan, albatta, to’r unsur nazarda tutiladi, ya’ni : 1) o’xshatish subyekti; 2) o’xshatish etaloni; 3) o’xshatish asosi; 4) o’xshatishning shakily ko’rsatkichlari.
O’xshatish etaloni o’xshatish konstruksiyasining poetic qimmatini, estetik salmog’ini belgilaydi. O’xshatish etaloni qanchalik original bo’lsa, o’xshatishli qurilma ham shu darajada ohorli bo’ladi. Bunday matndagi o’xshatishli qurilmalar tekshirilgandaularni an’anaviy va xususiy-muallif o’xshatishlari sifatida tasniflash mumkin. An’anaviy o’xshatishlar og’zaki nutqda ko’p ishlatiladigan, shu sababdan ta’sirchanligini yo’qotgan o’xshatishlardir. Aslida ko’p takrorlanishi tufayli “ siyqasi chiqqan” deb baholanadigan bunday qurilmalarni tasviriylik, obrazlilik maqsadiga xizmat qildirish yozuvchining mahoraiga bog’liq. Xususiy-muallif o’xshatishlari yozuvchining o’z nigohi, kuzatuvchanligi, badiiy taxayyuli, anologiya quvvati asosida xalq tilidan foydalangan holda yaratgan o’xshatishlardir. Bunday o’xshatishlarda originallik, obrazlilik va ekspressivlik hamisha yorqin ifodalangan bo’ladi. Har qanday o’xshatishdan maqsad tasavvur qilinishi qiyin bo’lgan tushunchalarni konkretlashtirish, mabhum tushunchalarni aniqlashtirsh, narsa-hodisa, harakat-holatlarning eng nozik jihatlarini kitobxon ko’zi o’ngida go’zal bo’yoqlarda gavdalantirishdan iborat bo’lmog’I lozim.
Matn tarkibida murakkab sintaktik tuzilma bo’lgan matn tarkibiy qismlari o’rtasidagi o’zaro bog’lanish deyktik birliklarsiz tasavvur qilib bo’lmaydi.Deyktik birliklar ishora birliklar bo’lib, matn semantic qurisishida o’ziga xos o’rin tutadi. Bu birliklar har qanday matnning obyektiv mazmunida voqelik yuz bergan makon, zamon va voqelik ishtirokchilariga ishora mavjud bo’ladi. Mazkur deyktik birliklar matn tarkibiy qismlarini mazmunan bog’lash bilan birga, matn tuzilishidagi izchillikni ta’minlash, matnda aks etgan axborotga tinglovchi diqqatini jalb qilish maqsadlarini yuzaga chiqaradi.5
Ta’kidlash joizki, yozuvchi tasviridagi holat, qahramon ruhiyati uchun favqulodda muvofiq o’xshatish etaloni tanlagan, ya’ni qahramon – ruhoniy, sham –masjidniki, qahramon – g’arib, dardmand, sham – jaydari, arzonbaho, qahramon tuganmas dard bilan adoyi tamom bo’lib bormoqda, sham – yonib tugashning ham ramziy ifodachisi. Sap-sariq sifati bilan ifodalangan o’xshatish asosidagi belgi benihoya quyuqlashib kata bir dard shaklini olgan.Masalan: O’tgan yigirmanchi astda biz uchun ikkita tarihiy voqea ro’y berdi. Biri – inson qadamining Oyga yetishi, biri – O’zbekistonning Mustaqillikka erishishi. Ikkalasi ham qanchadan-qancha avlodlarning armoni edi. ( O’. Hoshimov).
QO’LLANILGAN ADABIYOT:
1.Mamajonov A. Tekst lingvistikasi. - T.: 1989.
Matyoqubova D. Undalmalarning badiiy nutqdagi o’rni. // Nutq madaniyati va ozbek tilshunosligining dolzarb muammolari. Respub. Ilmiy-amaliy anjumani mater. Andijon, 2016.
Muhamedоva D. Matn va uning turlari / Istiqlоl va til. 3-qism. -Tоshkent, 2007.
Qurbonova M. Yo’ldoshev M. Matn tilshunosligi. –T.: Universitet, 2014.
Rasulov I. Murakkab sintaktik butunlik. //O’zbek tili va adabiyoti, 1983, 1-son.
Shahоbiddinоva Sh., Isоqоv Z. Matn va uni bоg’lоvchi vоsitalardan biri // O’zbek tili va adabiyoti, 2004, N6.
To’xsonov M. Mikromatn va uning kommunikativ yahlitligi // O’zbek tili va adabiyoti, 1990, 5 – son.
Turniyazоva Sh. Hоzirgi o’zbek tilida matn shakllanishining derivatsiоn хususiyatlari. Filоl.fan.nоmz...dis.-Tоshkent, 2010.
Turniyozоv N. Matn lingvistikasi (ma’ruzalar matni). -Samarqand, 2004.
www.ziyouz.com kutubxonasi
1Холбеков М. Матн, интерматн ва интерматнлик. // Ўзбек тили ва адабиёти. 2013, № 6, Б.32-38.
2Xудойберганова Д. Матннинг мазмуний таркибида метафоралар. // Ўзбек тили ва адабиёти.2012, №1, Б.35-38.
3Qurbonova M. Yo’ldoshev M. Matn tilshunosligi. –T.: Universitet,2014. 76-77-b.
4Matyoqubova D. Undalmalarning badiiy nutqdagi o’rni. // Nutq madaniyati va ozbek tilshunosligining dolzarb muammolari. Respub. Ilmiy-amaliy anjumani mater. Andijon, 2016,116-118-b.
5Давлатова Р. Матн таркибида ишора бирликларию // Ўзбек тили ва адабиёти. 2015. № 2, Б.100-104.
http://fayllar.org