15
ko'rinishga o'tkazadi. Bunda inson turli 13 belgilardan foydalanadi. Masalan, sizga
ma'lum bo'lgan alifbo harflari insonga tushunarli bo'lgan
tovushlarni
, nota belgilari esa
musiqiy tovushlarni ifodalaydi. Bu belgilar yordamida insonga eshitilayotgan, nutq
yoki musiqani qog'ozga tushirish oson kechadi. Demak, inson axborotlarni qayta
ishlash uchun uni uzlukli ko'rinishga o'tkazar ekan. Axborotlarni bu kabi uzlukli
ko'rinishini diskret axborotlar deb ataladi.
Inson tomonidan ishlab chiqarilgan qurilmalar ichida analog axborotlar bilan
ishlaydiganlari ham, diskret axborotlar bilan ishlaydiganlari ham mavjud. Diskret
axborotlardan eng ko'p tarqalgani raqamli axborotlardir, ya'ni uzluksiz axborotning
raqamlar orqali ifodalangan ko'rinishidir. Analog signallar bilan ishlaydigan qurilmalar
analog qurilmalar, raqamli axborotlar bilan ishlaydigan qurilmalar raqamli qurilmalar
deb ataladi. Analog qurilmalarga televizor, telefon, radio, fotoapparat, videokamerani,
raqamli
qurilmalarga shaxsiy kompyuter
, raqamli telefon, raqamli fotoapparat, raqamli
videokamerani misol qilish mumkin.
Axborotlar ustida amallar bajarish qulay bo'lishi uchun aniq bir qoidalar asosida
boshqa ko'rinishga o'tkazish jarayoni axborotni kodlash deyiladi. Axborotlarni kodlash
insoniyat tomonidan faqat amallar bajarish qulay bo'lishi uchun emas, balki axborotni
maxfiy saqlash uchun ham qo'llanilgan. Kodlashning bu ko'rinishi shifrlash deb ataladi.
Dostları ilə paylaş: