Matnshunoslik va manbashunoslik asoslari” fanidan kurs ishi mavzu


Talaba-yoshlarda ilmiy-tanqidiy matn ishlarini olib boorish ko’nikmasi



Yüklə 159,62 Kb.
səhifə5/6
tarix20.11.2023
ölçüsü159,62 Kb.
#164800
1   2   3   4   5   6
Fayzullayev Zikrulloh

2.2 Talaba-yoshlarda ilmiy-tanqidiy matn ishlarini olib boorish ko’nikmasi
Ishonchli ilmiy-tanqidiy matn ommaviy nashr uchun ham, filologik tadqiqotlar uchun ham keng imkoniyatlar va boy ma’lumotlar beruvchi birlamchi manba hisoblanadi. Mumtoz matnlar bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar xoh ommaviy, xoh ilmiy yo‘nalishda bo‘lsin, birlamchi manbani chetlab o‘tar ekan, erishilgan natijalar muvaqqatlik xarakteriga ega bo‘ladi. Buning oldini olish uchun mumtoz adabiy manbalar yuzasidan olib boriladigan tadqiqotlar qat’iy fundament – ilmiy-tanqidiy matnga asoslanishi shart.
O‘zbek matnshunosligi tarixidan keltirilgan misollardan ayon bo‘ldiki, ilmiy-tanqidiy matn tayyorlashning barcha manbalar uchun bir xil umumiy qonuniyatlari bilan birga, har bitta manba tadqiqida yuzaga chiqadigan spetsifik xususiyatlari mavjud. Umumiy qonuniyatlar ko‘p nusxali matnlarni o‘zaro qiyoslab saralash, saralangan nusxalarni o‘xshash va farqli jihatlariga ko‘ra guruhlash, guruhlardagi yetakchi qo‘lyozmalar asosida tayanch yoki asos nusxani tanlash bilan belgilansa, spetsifik xususiyatlar muayyan adabiy manba yo‘nalishi va tabiatidan kelib chiqib, uning ilmiy apparatini shakllantirish bilan bog‘liqdir.
O‘zbek matnshunosligi rivojidagi yana bir muhim hodisa asar matni tanlanma nusxasining tayyorlanishi bo‘ldi. Uni 1940 yili Sadriddin Ayniy tuzib chiqdi. Sadriddin Ayniy nashr xususida shunday yozadi: “Alisher Navoiyning “Xamsa”sida 50 ming misradan ortiq she’r bor. Keng o‘quvchilar ommasi uchun uni bir butun holda tezda egallab olish ancha og‘ir bo‘ladi. Shuning uchun men bu qiyinchiliklarni nazarga olib, Navoiy yubiley komitetining topshirig‘i bilan qo‘lingizdagi bu tanlanma nusxani vujudga keltirdim. Bu nusxani tartibga solishda har bir doston va bo‘limlardan xarakterli bo‘lgan parcha va misralarni terib oldim. Ammo har bir doston va boblarning ayrim tashlangan parcha va misralarining mazmunini bayon qildim. San’atkorona ishlangan, lekin u san’at oddiy o‘quvchilarning ko‘ziga ilinmay qoladigan, tushunishi qiyinroq bo‘lgan misra va baytlarni, shuningdek, Navoiyning shaxsiy hayotiga, yoki zamondoshlariga oid bo‘lgan joylarni izohlab o‘tdim. Ba’zi parcha va hikoyalarning tuzilishlari, ulardagi qahramonlar to‘g‘risidagi o‘z fikrimni ham bet ostida bayon qildim”. A.Hayitmetov ta’kidlaganidek, S.Ayniy “Xamsa” dostonlari matnlarini izohlash, ularga lug‘atlar tuzish, ulardagi she’riy san’atlarni o‘rganish, tushunilishi qiyin bo‘lgan baytlarni soddalashtirib berish kabi masalalar ustida ko‘p ilmiy izlanishlarni olib bordi. Sadriddin Ayniy bu katta va mas’uliyatli ish jarayonida “Xamsa” dostonlari mazmuni, syujetini saqlab qolishga harakat qildi. U obrazlar xarakterini gavdalantirib ko‘rsatuvchi, ularning orzu-intilishlarini ifodalangan satrlarni aynan saqlab qoladi. Sadriddin Ayniy tomonidan qo‘llangan bu usul xalq og‘zaki ijodi dostonlaridagi liro-epik shaklni xotirga keltiradi. Chunki “Xamsa” tarkibidagi dostonlar nazmu nasr qorishmasida berilgan. “Xamsa” hoshiyalarida Sadriddin Ayniy tomonidan keltirgan va buyuk shoir badiiy mahoratini ochishga xizmat qiladigan izohlar chuqur ilmiyligi bilan ham diqqatga molikdir

Navoiy “Xamsa”sining ilmiy-tanqidiy matnini tuzish uchun olti qo‘lyozmadan tayanch nusxa sifatida O‘zFA Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti qo‘lyozmalar fondida saqlanayotgan (inv. 5018) qo‘lyozmani tanladik. Qo‘lyozmaning xati mayda va chiroyli nasta’liqda bo‘lib, qog‘ozi ozgina yirtilgan. Avvalidan 9 va oxiridan 3 varaq yo‘qolgan. Biz 45- va 46-varaqlar yo‘qligini1 , 305- va 306-varaqlarning boshqacha xatda boshqa shaxs tomonidan tiklanganini hamda 273-, 319-varaqlarning zararlanganini aniqladik. Ko‘p marta qayd etganimizdek, bu qo‘lyozma shoir hayotligida ko‘chirilgan bo‘lib, barcha qo‘lyozmalar ichida eng e’tiborlisidir Y. E. Bertelsning “Alisher Navoiy “Besh dostoni”ning eng qadimgi qo‘lyozmasi” nomli maqolasida Samarqandda bu qo‘lyozmaning qanday topilgani, tekstologik tadqiqot uchun uning katta qimmatga egaligi qayd etiladi. Olim ushbu ¹ Paginatsiya soʻnggi yillarniki boʻlgani sababli yoʻqolgan varaq tashqaridan sezilmaydi.Porso Shamsiyev qo‘lyozmaning ko‘chirilish vaqti “Xamsa”ning yaratilish jarayoni bilan uzviy bog‘liq, ba’zi xususiyatlariga ko‘ra, hatto u Abduljamil kotibga aytib turilgan degan fikrni bildiradi. Y. E. Bertelsning mazkur qo‘lyozmaning yuqori sifatlari haqidagi fikriga qo‘shilgan holda, biz uning muallif aytib turganda ko‘chirilgan degan fikrga qo‘shila olmaymiz. Bu qo‘lyozmadagi har bir dostonning kolofonlarini solishtirish ham olimning ushbu fikrini tasdiqlay olmaydi. Alisher Navoiy “Hayratul-abror”ning tugatilgan yilini aniq 888 (1483) deb ko‘rsatadi dostonning kolofonida esa uning ko‘chirilgani 889-yil robbi ul-oxir, ya’ni 1484-yilning apreli deb yozilgan. Bundan shu narsa ko‘rinadiki, dostonning yaratilishi bilan uning Abduljamil tomonidan ko‘chirilgan vaqti ayrimdir. Ikkinchi dostonning (“Farhod va Shirin”) oxirida muallif hamda kotib dostonning qo‘lyozma kolofonida faqat tugatilgan yili 889 (1484)nigina ko‘rsatadilar, oyi aytilmaydi Lekin shuni taxmin qilish mumkinki, shoir ikkinchi dostoni ustida ish olib borayotganida Abduljamil birinchisini ko‘chirish bilan band bo‘lgan va uni 889-yilning aprelida tugatgan; ikkinchi dostonni ko‘chirishga esa apreldan avval kirisha olmagani tabiiy. Navoiy uchinchi dostonning (“Layli va Majnun”) tugatilganiga hech qanday tarix bermaydi, kotib esa tugatgan yilni (1484) 889-yil zulqa’da oyi deb ko‘rsatadi.


Xulosa
O‘zbek matnshunosligining asosiy yo‘nalishlaridan biri ulug‘ shoir va mutafakkir Alisher Navoiy asarlari matnini tayyorlashdir. Bu sohada muayyan ishlar qilingan. Shoirning bir qancha asarlarining ilmiy-tanqidiy matnlari yaratilgan. Lekin hali qilinadigan ishlar ko‘p. Jumladan, Navoiyning nasriy merosi orasida hali ilmiy-tanqidiy matnlari tuzilmagan asarlar bor. Mana shu yo‘nalishda tadqiqotlar olib borish mazkur asarlarning barcha ilmiy talablarga javob beradigan yuqori saviyadagi ilmiy-tanqidiy matnlarini tayyorlash navoiyshunos olimlar oldida turgan muhim vazifalardan sanaladi. Mazkur ishlarni amalga oshirishda bizga ibrat, namuna, ayni paytda, tajriba maktabi bo‘lib xizmat qiladigan tadqiqotlar bor. Bu o‘rinda biz “Mahbub ul-qulub”ning atoqli olim Kononov tomonidan tayyorlangan ilmiy-tanqidiy matni yoki “Majolis un-nafois”ning taniqli adabiyotshunos olima Suyima G‘anieva tomonidan tayyorlangan ilmiy-tanqidiy matni singari ishlarni nazarda tutmoqdamiz. Matnshunoslikning klassik namunalari bo‘lib qolgan bunday ishlar hech qachon o‘z qimmatini yo‘qotmaydi.
Aslida matnshunoslik juda qadimiy soha. Uzoq tarixiy asoslarga ega bo‘lsa-da, matnshunoslikning butun dunyoda sistemali suratda shakllanganiga hali bir asr ham bo‘lmadi. Lekin shu qisqa vaqt ichida filologik fanlari rivojlangan mamlakatlarda matnshunoslikning nazariy printsiplari ishlab chiqildi.O‘tgan asrga nazar tashlasak, matnshunoslarning bizdan oldingi avlodi o‘z zimmalaridagi vazifani sharaf bilan bajardilar. Ularning muhim vazifasi ajdodlarimizning eng sara asarlarini joriy yozuvda kitobxonlarga taqdim qilishdan iborat edi. Shuning uchun ham, bu sohada fidoyilik ko‘rsatgan olimlarga har qancha ehtirom ko‘rsatilsa arziydi.
Mustaqillik davrida imkoniyatlar yanada kengaydi. Muhtaram Yurtboshimiz ko‘hna yozma bitiklarni ma’naviy tarbiyada muhim asos sifatida o‘rganishni siyosat darajasida belgilab berdi. Matnshunoslar buni ham sharaf, ham mas’uliyat deb qabul qildilar. «Feodal-klerikal» tamg‘asini olgan, «xalq dushmani» sifatida qoralangan Milliy Uyg‘onish davri adabiyoti vakillari asarlari ilmiy o‘rganila boshlandi, juda katta hajmda nashr qilindi. Bunda ham matnshunosligimizning xizmatini e’tirof etmaslik mumkin emas.
Lekin bugunning ko‘zi bilan qarab, tan oladigan bo‘lsak, o‘zbek matnshunosligi qanchalik katta hajmdagi va ahamiyatli faoliyatni amalga oshirgan bo‘lmasin, faqat amaliy jarayondan iborat bo‘lib qoldi. Uning o‘ziga xos ilmiy-nazariy printsiplari ishlab chiqilmagani bois tom ma’noda professionallasha olmadi. Buning bosh sababi hammaga yaxshi ma’lum: milliy ma’naviy qadriyatlar bilan fan taraqqiyoti o‘rtasiga katta to‘siq qo‘yilgan edi. Haqiqiy matnshunoslar juda kam edi. Ular ham, hozir aytilganidek, kechiktirib bo‘lmas amaliy faoliyat bilan band bo‘ldilar. O‘zbek filologiyasi mutaxassislari orasida matnshunoslar yetishtirish ko‘zda tutilmagandi. Sharqshunoslarga esa, milliy til va adabiyot sirlari o‘rgatilmagandi. Oqibatda chala matnshunoslar ko‘proq ish bajargan.( N.Shodmonov)
Bu yerda adabiyot tarixini matnlarsiz, manbalarsiz o‘rganib bo‘lmaydi, degan fikr aytildi. Darhaqiqat, shu o‘rinda muhim adabiy manba - XX asr boshlari matbuoti materiallarini o‘rganish muammolarini ham eslab o‘tish zarur. “Oyina”, “Sadoi Turkiston”, “Sadoi Farg‘ona”, “Hurriyat” singari mashhur matbuot nashrlarida chop etilgan adabiyot materiallari anchagina o‘rganildi. Biroq “Al-Izoh”, “Al-Isloh”, “Izhor ul-Haq” jurnallari haqida bunday deb bo‘lmaydi. Bu jurnallardagi adabiyot materiallari adabiy manbashunoslik va matnshunoslik aspektida tadqiq qilinishi, ularning XX asr adabiyotida tutgan o‘rni, maqomi belgilanishi dolzarb ilmiy muammolardandir.Birgina “Al-Isloh” jurnalini olaylik. Undagi adabiy-estetik munozaralar yangi adabiyotning shakllanishida, taraqqiy etishida alohida ahamiyat kasb etgani sir emas. Bu manbaning o‘rganilishi adabiy-tanqidiy qarashlar tadrijini tadqiq qilishda ham alohida o‘rin tutadi.Yana bir muammo: Milliy Uyg‘onish davri matbuotidagi adabiyot materiallarini nashr etishda ham aksar hollarda professionalikdan yiroqlik illati ko‘zga tashlanadi. Bu hol matnlarning noto‘g‘ri tabdil qilinishida, ba’zan mohiyatga zid talqinlarda, ayniqsa, yaqqol seziladi. Salohiyatli matnshunos kadrlarni tayyorlash bu singari muammolarni hal etishning asosiy omilidir.
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, matnshunoslik faqat yozuvni bilish bilangina bajarilishi mumkin bo‘lgan ish emas. Matnshunos, birinchidan, davrning falsafiy estetik printsiplarini yaxshi o‘zlashtirgan; ikkinchidan, milliy taraqqiyot ehtiyojlarini anglagan; uchinchidan, ona tilining tarixi, buguniga tegishli bilimlarni, jumladan, yozuvlar tarixini, boshqa tillar ta’siri va matnlardagi ishtirokini to‘la egallagan; to‘rtinchidan, adabiyotshunoslik qoidalaridan mukammal xabardor mutaxassis bo‘lishi kerak. Aks holda, ko‘zlangan maqsadga erishib bo‘lmaydi.
Demak, matnshunosligimiz oldidagi hozirgi eng muhim vazifa ikkita: birinchisi, matnshunoslik bo‘yicha malakali kadrlar tayyorlash doirasini yanada kengaytirish lozim. Buning uchun mavjud universitetlar o‘zbek filologiyasi fakultetlari talabalariga matnshunoslik fani umumkasbiy fanlar qatorida o‘qitilishi, magistrlar tayyorlanishi maqsadga muvofiq. Ikkinchisi, o‘zbek matnshunosligining nazariy asoslari, jumladan, tadqiqot, tahqiqot va nashr usullari, metodologiyasi ishlab chiqilishi zarur. Boshqa tillarda yaratilgan bunday qo‘llanmalar o‘zbek matnshunosligining o‘ziga xos xususiyatlarini tadqiq etish, adabiy manbalarni nashrga tayyorlash uchun ilmiy-metodologik mezon bo‘la olmaydi



Yüklə 159,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin