Matnshunoslik va manbashunoslik asoslari” fanidan kurs ishi mavzu



Yüklə 159,62 Kb.
səhifə1/6
tarix20.11.2023
ölçüsü159,62 Kb.
#164800
  1   2   3   4   5   6
Fayzullayev Zikrulloh


O’ZBEKISTON XALQARO ISLOM AKADEMIYASI


O’ZBEKISTON XALQARO ISLOM AKADEMIYASI


MUMTOZ SHARQ FILOLOGIYASI FAKULTETI
O’ZBEK TILI VA MUMTOZ SHARQ ADABIYOTI KAFEDRASI

Matnshunoslik va manbashunoslik asoslari” fanidan




KURS ISHI
MAVZU:Ilmiy tanqidiy matn tuzish prinspalari

Bajaruvchi:Matinshunoslik va adabiy manbashunoslik yo’nalishi 1-bosqich talabasi Fayzullayev Zikrulloh
Ilmiy rahbar:Abdulazizxon Nigmanov
MUNDARIJA
KIRISH
…………………………………………………………………1
I BOB. ILMIY TANQIDIY MATN YARATISH………………….6

    1. Ilmiy matn xususiyatlari,turlari va tuzulishi…………………………………..6



    1. “Ilmiy tanqidiy matn” tushunchasi va uning tarkibiy qismlari……………..12


II BOB.ILMIY TANQIDIY MATN TUZISH TAMOILLARI….17
2.1 O’zbek matnshunosligida tarixida ilmiy- tanqidiy matn……………………17

2.2 Talaba-yoshlarda ilmiy-tanqidiy matn ishlarini olib boorish ko’nikmasi……22



Xulosa………………………………………………………………….26

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati………………………………….29
KIRISH


Mavzuning dolzarbligi:Matnshunoslik aslida bir necha prinsplarga asoslangan holda ularni bir necha bosqichlarda o’rganiladi.Shulardan ilmiy – tanqidiy matnlarni tahlil qilish keng qo’llaniladiganlaridan hisoblanadi.Ilmiy-tanqidiy matn prinsplari biror asarlar yoki qo’lyozmalarni tahlil qilishda asos bo’lib xizmat qilganligi sababli ham uni o’rganish uchun talablar kengaymoqda.
Hozirgi zamon filologiyasida matn ustida ishlash masalalarida ko‘pchilik tomonidan qabul qilingan yagona qoida yo‘q. Manbashunoslar matn tarixi, tadqiqi va tavsifi ustida ko‘proq bosh qotirsalar, matnshunoslar ularga qo‘shimcha ravishda matn talqini tadqiqiga alohida e’tibor qaratadilar. Shuning uchun ham manbashunoslik tarixiy va tabiiy fanlar sohasiga, matnshunoslar asosan filologiya sohasiga tegishliligi bilan farqlanib turadi. O‘z navbatida matnlarni badiiy va lingvistik tadqiq etish masalarida ham matnshunoslar o‘rtasida bir to‘xtamga kelinmagan. Bu matn interpretatsiyasi ustida ishlayotgan olimning qaysi fan sohasida ish olib borishiga bog‘liqdir.
Matnshunoslik o‘quv fani mumtoz filologiya yo‘nalishida ta’lim olayotgan talabalarni bu sohaning amaliy va nazariy jihatlaridan xabardor etishni maqsad qilib qo‘yadi.O‘quv jarayonida talabalar yozma manbalarni qidirib topish,tartibga solish va keyingi ilmiy foydalanish uchun tayyorlash nazariyasi hamda uslubi yuzasidan ham malaka hosil qila boradilar.Shu bilan birga adabiy asarlar va tarixiy hujjatlar matni tarixi va uning manbalarini o‘rganish,qo‘lyozma nusxalarni farqlay olish ko‘nikmasiga ega bo‘ladilar.Ushbu kurs ishi matnshunoslikning Yozuv tarixi va kitobat san’ati,Xattotlik san’ati va yozuv turlari,Arab yozuvi paleografiyasi kabi masalalariga maxsus to‘xtalib o‘tirmay,ularning umumiy jihatlarigagina murojaat qiladi.Fikrimcha,matnshunoslikni o‘zlashtirish jarayoni bu fanlarning alohida kurslar sifatida o‘qitilishini taqozo etadi. Mazkur o‘quv fanini o‘rganish uchun talabalardan, avvalo, tilshunoslik, adabiyotshunoslik, xususan adabiyot tarixi, yozuv tarixi, arab yozuvi, xattotlik san’ati va arab yozuvi turlaridan ma’lum darajada tayyorgarlikka ega bo‘lishlari kerak.O‘tilayotgan mavzulardagi tayanch so‘z va iboralar manbashunoslik va matnshunoslikka oid atamalarning izohli lug‘ati tarzida berilsa, mazkur sohalarning turli jihatlari yuzasidan ko‘nikma hosil qilish jarayonini tezlashtiradi.

Yüklə 159,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin