𝑚 × 𝑛 dona 𝑎𝑖𝑗 (𝑖 = 1, 𝑚, 𝑗 = 1, 𝑛) elementlardan tuzilgan to’g’ri burchakli jadval matritsa deyiladi va
𝑎11 𝑎12 𝑎13 . . . 𝑎1𝑛𝑎11 𝑎12 𝑎13 . . . 𝑎1𝑛
𝐴 =𝑎.21. . 𝑎.22. . 𝑎.23. . .. .. .. 𝑎.2.𝑛.yoki 𝐴 =𝑎.21. . 𝑎.22. . 𝑎.23. . .. .. .. 𝑎.2.𝑛.
𝑎𝑛1 𝑎𝑛2 𝑎𝑛3 . . . 𝑎𝑛𝑛𝑎𝑛1 𝑎𝑛2 𝑎𝑛3 . . . 𝑎𝑛𝑛
ko’rinishda yoziladi. Matritsaning elementlari ikkita indesklar bilan belgilanadi. Elementning birinchi 𝑖 indeksi satr nomini, ikkinchi 𝑗 indeks esa ustunning nomerini bildiradi. Matritsaning 𝑎𝑖𝑗elementi 𝑖 − satr va 𝑗 − ustun kesishgan joyda joylashgan. Matritsalar odatda katta lotin harflari bilan belgilanadi:
𝐴, 𝐵, 𝐶, . . .
Matritsalar va ular ustida amallar
Agar matritsa 𝑚 ta satr va 𝑛 ta ustunga ega bo’lsa, u holda ta’rifga binoan, bu matritsa
𝑚 × 𝑛 o’lchovga ega bo’ladi. Zaruriyat bo’lganida matritsani 𝐴𝑚×𝑛ko’rinishda ham belgilaymiz. Agar matritsaning 𝑎𝑖𝑗elementlari sonlar bo’lsa, bunday matritsa sonli matritsa deyiladi; agar matritsaning 𝑎𝑖𝑗elementlari funksiyalar bo’lsa, bunday matritsa funksional matritsa deyiladi; 𝑎𝑖𝑗elementlar vektorlar bo’lganda esa, vektor matritsa deyiladi va hokazo.
Matritsalar va ular ustida amallar
Agar 𝐴 va 𝐵 matritsalarning mos 𝑎𝑖𝑗va 𝑏𝑖𝑗elementlari bir-biriga teng, ya`ni
𝑎𝑖𝑗= 𝑏𝑖𝑗bo’lsa, bunday 𝐴 va 𝐵 matritsalar teng matritsalar deyiladi. Faqat bir xil o’lchovli matritsalargina bir-biriga teng bo’lishi mumkin. Har xil o’lchovli matritsalarning bir-biriga teng bo’lishi yoki teng emasligi tushunchalari kiritilmagan. Satrlarining soni ustunlarining soniga teng bo’lgan (𝑚 = 𝑛) matritsalar kvadrat matritsalar deyiladi. Agar 𝑖 = 1 bo’lsa, u holda satr-matritsaga ega bo’lamiz; agar 𝑗 = 1 bo’lsa, biz ustun-matritsaga ega bo’lamiz. Ular mos ravishda satr-vektor va ustun-vektor ham deb ataladi.