Hindistonning Kushonlar davlatiga qo`shib olinishi. Hindistonda o`zaro urushlar avjiga chiqib, mayda davlatlarga bo`linib ketayotgan bir davrda, shimoli-g`arbdan kushon podsholarining istilolari boshlanadi.
Miloddan avvalgi II asr o`rtalarilda Baqtriyaga o`tib joylashgan Yuechjilar shu yerda Kushon davlatiga asos soladilar. Kushonlar davlatining asoschilaridan biri Kudzula Kadfiz I Kashmir va Janubiy Baqtriyani bosib oladi. Uning o`g`li Vima Kadfiz II esa Hindistondagi o`zaro urush-janjallardan foydalanib Panjob viloyati, Quyi Hind bo`ylari, Bengaliya va Hindiston qismlarini bosib oladi.
Kadfiz II vafotidan keyin Kushonlar taxtiga uning o`g`li Kanishka I o`tiradi.
Kanishka I (milodiy 78–100–123-yil) davrida Hindistonning janubiy viloyatlari ham Kushonlar saltanati tarkibiga qo`shib olinadi. Kanishka davrida Kushonlar saltanatining poytaxti Baqtrdan Peshovarga ko`chiriladi. Kanishka I va Xuvishka podsholik qilgan davrlaridan keyin Kushon davlati kuchsizlanadi.
Milodiy III asr oxirlarida ichki kurashlar va g`arbdan sosoniy qo`shinlarining bergan qaqshatqich zarbalari ostida Kushon saltanati yemirilib, uning o`rnida katta-kichik davlatlar tashkil topadi.
Xulosa Mauriylar imperiyasi tarixiga oid ko‘plab manbalar topilgan, u manbalarda o‘sha davrdagi davlatni boshqarish tizimi, ijtimoiy siyosiy ahvol , soliq tizimi va boshqa ma‘lumotlar yetib kelgan. Bir yunon tarixchisi ,, Har bir imperiyaning gullash va qulash davri bo‘ladi‘‘ deb yozadi. Shunday ekan Muriylar imperiyasining eng gullagan va ravnaq topgan davri podsho Chandragupta davrida bo‘ladi. U juda katta hududlarni bosib oladi shuning uchun uning davrini imperiyaning ,,oltin davri‘‘ deyishadi. Uning keyingi avlodlari davrida esa imperiya sekinlik bilan yemirila boshlaydi. Tarixiy manbalarni tahlil qilinganda Mauriylar imperiyasidagi bayramlardagi har hil marosimlar ham yozib qoldirilgan. Megahenesga ma‘lumotlariga ko‘ra Mauriya Fors shaharlari Suza va Ekbatana kabi 64ta taxtali teshilgan va yon tomoniga 570 minoralar o‘rnatilgan. Shunga o‘xshash ko‘plab ma‗lumotlarni ko‘rishimiz mumkin.
O‘rta asrda Hindistonga tashrif buyirgan Tibetlik olim Taranathaning ma‘lumotlariga ko‘ra , Chanakya Bindusaraga yordam bergan ,, o‘n oltita qirollik qirollari va aslzodalarni yo‘q qilish va shuning uchun sharqiy va g‘arbiy okeanlar o‘rtasidagi hududda cheklanmagan hukmdor bo‘lish degan edi mauriylar hukmdori Bindusara. Ashoka bitiklariga ko‘ra, Mauriy podshosi davlat apparati tepasida turgan va qonun chiqarish huquqiga ega bo‘lgan. Ashoka yirik davlat arboblarini o‘zi tayinlagan. Xazinabon ham oily sud boshqaruvchisi ham o‘zi bo‘lgan.‖Arthashtra‖ bitiklariga ko‘ra mauriylar davrida boshqa hech qanaqa davlatda uchramaydiga davlat boshqaruv tizimi joriy etigan. Manbalarda hukmdorlarning davlat uchun har bir qilgan ishlari yoritib berilgan , ularning qilgan yurishlari va qo‘lga kiritgan joylari haqidagi ma‘lumotlarni biz o‘sha davrda devorlarga yozib qoldirilgan bitiklardan ham bilib olishimiz mumkun. Mamlakatimizda mavud bo‘lgan kushonlar imperiyasi mauriylar hududlarini bosib olgan. Shunday qilib , bu sulola Hindiston tarixida juda katta iz qoldirdi.