Mauriyalar sulolasi geografi jihatdan juda keng bo’lib qadimgi Hindistonda eramizdan avvalgi 321 dan 185 yilgacha boshqargan sulola hisoblanadi


Mauriylar hukmdorlari haqidagi manbaalar



Yüklə 44,66 Kb.
səhifə7/13
tarix29.07.2023
ölçüsü44,66 Kb.
#137841
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
Maurya davlati

2.2.Mauriylar hukmdorlari haqidagi manbaalar



Ashoka davri


Chandraguptaning nevarasi Bindusaraning o’g’li Ashokavardhon Mauriya Ashoka yoki Ashoka Buyuk deb nom olgan ( shu yillarda 273- 232 er.av boshqargan). Yosh shahzoda Ashoka Taxila va Ujjandagi qo‘zg‘alonlarni bostirishda jonbozlik ko‘rsatgan sarkarda edi. Monarx bo‘lgan Ashoka imperiya qudratini janubiy va g‘arbiy Hindistongacha cho‘zib bordi.Lekin Kalingaga qilgan hujumi (er.av 1842) uning hayotida eng muhim voqea bo‘lib qolgan edi.Ashokaning qurolli kuchlari Kalinganing qirollikka tegishli askarlarini va fuqarolardan tuzilgan bo‘linmalar hisob kitoblarga qaraganda 100 000 askarlar va 10,000 fuqarolarni o‘z ichiga olgan fuqarolar urush jarayonida o‘ldirildi.
Vayronagarlik va urush sodir bo‘lgani yuz minglab odamlarga ta‘sir qildi.Uning shaxsan o‘zi vayrongarchilikni ko‘rganidan so‘ng o‘zini pushaymon his qila boshladi.
Kalinganing bosqini tugagan bo‘lishiga qaramasdan , Ashoka buddism bilan shug‘ullanishni qabul qildi va urush vsa vayronagarchilikni qayta e‘lon qildi. Ashoka Ahimsa deb nomlangan usullarni ishlab chiqadi unda ovchilik va janvovor sport turlari shuningdek , majburan ishlatishni taqiqlab qo‘ydi. U katta va qudratli armiyaga homiylik qilgan holda , tinchlini va kuch-qudratni saqlab qolgan uchun Osiyo va Yevropa davlatlari bilan do‘slik a‘loqalarini kengaytirgan hamda buddizm missionerligiga homiylik qilgan. U hukumronligi davrida jamoat ishlari va davlat ishlarini boshlab yubordi.
Qirq yildan oshiq vaqt oralig‘ida Ashoka Hindiston tarixidagi eng omadli va taniqli monarxlar qatoridan joy egallab, tinchlik, hukmronlik va gullab yashnashga asos soldi. U hozirgi kunda zamonaviy Hindistonning ideologik ramzi bo‘lib qolgan. Hind yarimorolini o‘rganish jarayonida toshga o‘rnatilgan Ashokaning ediktlari topilgan. Afg‘oniston g‘arbidan va Andhra Nellore tumanidan Ashokaning tutgan siyosati va qo‘lga kiritgan yutuqlari jamlangan.
Prakrik tilida yozilgan bo‘lishiga qaramay ikkitasi yunon tilida, va bittasi yunon va Aramik tilida bo‘lgan.Ashokaning ediktlari yunonlar, Kambojlar va Gandralarga imperiya chegara qismini o‘zgartirgan xalqlarga borib taqaladi. Ular shuningdek , o‘rta yer dengizidagi yunon hukmdorlariga elchilar yuborganliklariga isbotlar keltirib o‘tgan.
Ediktlar Ellinlar dunyosidagi o‘sha davrdagi Amtiyoko, Tulamaya , Amtikini , Maka va Alikasudaro Ashokaning qabul qiluvchilari bo‘lib qoldi. Shuningdek , ediktlar 600 yojanalar (yojanalar tahminan 7 mil ) Yunoniston va Hindiston markazida joylashgan hududlariga mos ravishda joylashib boradi.



Yüklə 44,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin