Mauriyalar sulolasi geografi jihatdan juda keng bo’lib qadimgi Hindistonda eramizdan avvalgi 321 dan 185 yilgacha boshqargan sulola hisoblanadi


Manbalarda Imperiyaning tashkil topishi va rivojlanishi



Yüklə 44,66 Kb.
səhifə3/13
tarix29.07.2023
ölçüsü44,66 Kb.
#137841
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Maurya davlati

1.2.Manbalarda Imperiyaning tashkil topishi va rivojlanishi


Miloddan avvalgi 325-yilda Iskandar Hind vohasida uncha katta bo`lmagan qo`shin qoldirib, Hindistonni tark etdi. Iskandar ketgach, ko`p o`tmay, hind qabilalari yunon-m 76е akedon asoratiga qarshi ozodlik urushini boshlab yubordilar. Bu harakatga mashhur hind sarkardasi Chandragupta boshchilik qiladi.
Miloddan avvalgi 317-yili yunon-makedon qo`shinlari Hind vohasidan butunlay quvib chiqariladi.Rivoyatlarga qaraganda Chandragupta aslzodalardan bolmay, eng past shudra yoki kshatriyalardan kelib chiqqan ekan.
U yoshligida Nand sulolasi podsholariga xizmat qilgan ekan. U podsho bilan chiqisha olmay Panjobga, Iskandar huzuriga kelib unga xizmat qilgan. Chandragupta lskandarni Nandlar shohi ustiga qo`shin tortishga undagan.
Yunon-makedonlar Panjobdan quvilgach, Chandragupta katta qo`shin bilan Magadxaga qaytib, Nand shohi qo`shinlarini yengib, taxtni egallaydi. U Maurya podsholigiga asos solib, miloddan avvalgi 317–298-yillarda hokimiyatni boshqaradi. Chandragupta Patalaputra shahrini davlat poytaxtiga aylantiradi. U butun Shimoliy Hindistonni birlashtirib Maurya saltanatini kuchaytiradi. Miloddan avvalgi 305-yili Chandragupta bilan Salavka qo`shinlari o`rtasida qattiq jang bo`lib, salavkiylar qo`shini mag`lubiyatga uchraydi.
Chandragupta bilan Salavka o`rtasida sulh tuzilib, Sharqiy Eron va Belujiston Maurya davlati tarkibiga qo`shib olinadi. Chandragupta Salavkaga 500 jangovar fil in`om qiladi va uning qiziga uylanadi. Chandraguptaning
vorislari Bindusara (miloddan avvalgi 293– 268-yillar) va Ashoka (miloddan avvalgi 268– 231-yillar) davrlarida Maurya davlatining chegaralari kengayib, qudratli davlatga aylanadi.
Ashoka davlatni boshqarish, din, madaniyat va xo`jalik sohalarida islohotlar o`tkazadi.
Ashoka davrida Maurya davlati o`z kuch-qudratining cho`qqisiga ko`tariladi.
Mauriyalar sulolasi geografi jihatdan juda keng bo‘lib qadimgi Hindistonda eramizdan avvalgi 321 dan 185 yilgacha boshqargan sulola hisoblanadi. Magadha podsholigining kelib chiqishi Indo- Gantik tekisliklariga borib taqaladi.(hozirda Bihar, sharqiy Uttar Pradesh va Bengal) Hindiston subkontinentining sharqiy qismida joylashgandir. Imperiyaning poytahti Pataliputra bo‘lib u hozirgi (Patna) ga to‘g‘ri keladi.
Imperiya eramizdan avvalgi 322 yil imperiyaga Nanda sulolasini taxdan ag‘dargan Chandragupta asos solgan va tezlik bilan o‘z e‘tiborini markaziy va g‘arbiy Hindistonga qaratgan, mahalliy xalqlar turar joylari Aleksandr Buyuk tomonidan yunon va fors askarlari tomonidan vayron qilingan.
Er .av 320 yilga kelib imperiya shimoliy g‘arbiy Hindiston ya‘ni Aleksandr bosib qoldirilgan satrapliklar tomonidan egallangan. Dehqonchilik, hunarmandchilik va savdosotiq rivoj topishi bilan Hindistonda harbiy aslzodalar va ruhoniylar ancha kuchayadi.
Qadimgi Hindistondagi yirik quldorlik davlati. Mauriya (Maur’ya) sulolasidan Magadha hukmdori Chandragupta (mil. avv. 317-298-yillarda hukmronlik qilgan) asos solgan. Chandragupta butun Shimoli-G’arbiy Hindistonni, mil. avv. 305-yilda Balujiston va
Sharqiy Afg’onistonni Mauriyalar imperiyasiga qo’shib olgan.
Bindusaraning o’g’li Ashoka davri (mil. avv. 268-231-yillar)da Mauriyalar imperiyasi ravnaq topgan. Imperiya shimolda - Kashmir va Himolay to’g’laridan janubda Maysurgacha, g’arbda - Afg’oniston sharqda Bengaliya qo’ltig’igacha bo’lgan maydonni egallagan. Hindistonning qo’shni va G’arb mamlakatlari bilan savdo, madaniy va diplomatik aloqalari ancha kengaygan. Buddizm butun Hindiston va qo’shni mamlakatlarga tarqalgan. Turli viloyatlar o’rtasida munosabatlar yaxshilangan, san’at, adabiyot va siyosat to’g’risida asarlar yaratilgan. Ashoka vorislari davrida imperiya 2 qismga bo’linib ketgan. Mil. avv. II asr boshlarida Mauriyalar imperiyasining shimolig’arbiy qismi Yunon-Baqtriya podsholigiga qo’shib olingan. Mauriyalar imperiyasining oxirgi shohi Brixadratha shunglar sulolasidan bo’lgan lashkarboshi Push’yamitra tomonidan o’ldirilgan va hokimiyat shu sulola qo’liga o’tgan (mil. avv. 180).
Qullar va boshqa mehnat qilayotgan kishilarni itoatda saqlab turish uchun armiyasi, amaldorlari, sudyalari, posbonlari va soliq yig`uvchilari bo`lgan kuchli davlat zarur edi. Harbiy sardorlar va oqsoqollar orasida qoldiruvchi podsholarga aylandilar. Shu taxlit miloddan avvalgi I mingyillikda Hindistonda bir necha davlatlar vujudga keladi, jumladan: Magadha, Koshala, Malla va boshqalar. Makedoniyalik Aleksandr O`rta Osiyoni zabt etganidan so`ngra miloddan avvalgi 327-yilda Panjob o`lkasi hududiga bostirib kiradi. Mazkur o`lkada joylashgan davlatlarning hukmdorlari bosqinchilarga qattiq qarshilik ko`rsatadilar. Makedoniyalik Aleksandr katta qiyinchiliklar bilan Hind vodiysigacha yetib boradi, miloddan avvalgi 325-yilda Bobilga qaytib ketadi.

Yüklə 44,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin