Mauriyalar sulolasi geografi jihatdan juda keng bo’lib qadimgi Hindistonda eramizdan avvalgi 321 dan 185 yilgacha boshqargan sulola hisoblanadi



Yüklə 44,66 Kb.
səhifə6/13
tarix29.07.2023
ölçüsü44,66 Kb.
#137841
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Maurya davlati

Diniy e`tiqodlar. Qadimgi hindlar xuddi misrliklar va bobilliklar singari tabiatning ko`pdan ko`p hodisalari qarshisida ojiz edilar: tropik jalalar, suv toshqinlari, qurg`oqchilikdan qo`rqardilar. Hindlar tasavvurida tabiatni xudolar boshqarayotgandek tuyillardi. Qadimgi hind rivoyatlarida aytilishicha, Quyosh xudosi har tongda oltin aravada osmon bo`ylab yo`lga tushadi. Quyosh tungi zulmatni parokanda qilib tashlab, odamlarga harorat va yorug`lik ulashish niyatida ufqdan bosh ko`taradi. Momaqaldiroq xudosi Indra osmondagi suvni tutqinlikdan xalos aylagach, Yer yuzida qurg`oqchilik poyoniga yetibdi. Hindlar ayrim xudolarni yovvoyi hayvonlar timsolida tasavvur etishgan. Masalan, filga sig`inishgan: Bosh xudolardan biri boshi filnikiga o`xshash donishmand Ganesha bo`lgan.Sigir esa hindlar orasida alohida ehtiromga sazovordir. Sigir muqaddas hayvon hisoblangan. Sigirni o`ldirgan kimsa jinoyatchi deb e'lon qilingan: bunday kishi jamiyatdan haydab yuborilar, hech kim u bilan muloqot qilishga haqli bo`la olmasdi. Hindlar jon bir tanadan boshqasiga ko`chib o`tishiga e'tiqod qilishgan. Ular, vafot etganidan keyin odam baribir o`lmaydi, balki atigi boshqa bir mavjudotga evrilib, o`z tashqi qiyofasini o`zgartiradi, hayvonga, qumursqaga va o`simlikka aylanadi deb hisoblashgan. Inson vafot etganidan keyin kimga va nimaga aylanib qolishi esa uning bu hayotdagi sa'y-harakatlari va amallariga bog`liq.
Hind tabaqalari. Qadimgi hindlar qanday yumushlar bilan shug`ullanishiga qarab to`rt guruhga ajratilgan edi.
Bu tabaqalar kasta yoki varna deb atalgan, jumladan: kohinlar - braxmanlar, jangchilar - kshatriylar, dehqon, hunarmand va savdogarlar - vayshilar, xizmatkorlar va qullar - shudralar.
Hindlarning e'tiqodicha, tabaqalardan har birini oliy xudo Braxma o`z jismining qandaydir bir qismidan dunyoga keltirgan ekan. Masalan, kohinlar uning dahanidan, jangchilar qo`llaridan, dehqonlar quymichlaridan, xizmatkorlar esa oyoqlari tovonidan yaratilgan. Bolalar hamisha ota-onalari tabaqasiga mansub deb topilgan. Bir tabaqadan boshqasiga o`tishning ham iloji bo`lmagan. Turli kastalarga mansub odamlar o`rtasida nikohga ham yo`l qo`yilmagan.
Tabaqalardan birortasiga ham mansub bo`lmaganlar esa alohida maqomga ega bo`lishgan. Bundaylarni "chandal", ya'ni "hazar qilinadiganlar" deyishgan. "Chandallar" kastalarga mansub odamlar bilan birga bir uyda yashay olmasdi, ular bilan bir dasturxonga o`tirish taqiqlangan edi. Uzoqdan ko`rinib ajralib turishlari, kimdir tasodifan ularga tegib ketmasligi uchun "chandallar" maxsus libos kiyib yurishlari kerak edi. Ular qishloqlardan tashqarida yashashga majbur esavdoga


Yüklə 44,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin