To’qqizinchisi, Amir Temur shariat va «Tuzuklar» asosida jamiyat huquqiy hayotini boshqarishni yo’lga qo’ygan.
O’ninchisi, Amir Temur jamiyat rivojida barcha ijtimoiy tabaqalar faoliyatini nazarda tutgan va ularning manfaatini hisobga olgan va ta`minlagan.
O’n birinchisi, Amir Temur o’z davri shart-sharoitlariga ko’ra tashqi siyosatda qat`iy, faol hamda maqsadga muvofiq harakat qilib, o’z saltanatini jahon miqyosiga olib chiqqan.
O’n ikkinchisi, Amir Temur saltanatida ibratli, ijobiy jihatlar, tadbirlar hukm surganligi bilan bir qatorda illatlar, qonunbuzarliklar, haqsizliklar, hatto yovuzliklar ham bo’lgan. Zotan bu xalqimiz o’tmishida tarixiy va siyosiy voqealarga, qarama-qarshiliklarga eng boy davrdir. eng asosiysi, bu davrni yoritishda bir tomonlikka-faqat ijobiy va salbiy jihatlarni bo’rttirib ko’rsatishga harakat qilmaslik zarur. Umuman, Amir Temur va temuriylar tarixiga har tomonlama, ilmiy, umuminsoniy nuqtai nazardan yondoshish va baho berish kerak.
Amir Temur va temuriylar sulolasi tarixini o’rganish shuni ko’rsatadiki, har bir mustaqil davlat o’zining milliy mafkurasiga ega bo’lishi shart. Busiz tom ma`nodagi milliy davlatning bo’lishi mumkin emas. Shuning uchun milliy istiqlol mafkurasini shakllantirishda amir Temur saltanati va nazariy, amaliy va tarbiyaviy ahamiyatga egadir.
Adabiyotlar:
Boboyev H.B. Amir Temur va temuriylar saltanati. - Toshkent: Kamalak, 1996. - 124 b.
Siyosiy va huquqiy ta’limotlar tarixi / Boboyev H.B., Vohidov H.V., Dadaboyev Y.T., Vohidova D. – Toshkent: TDYUI, 2003. – 205 b.
Mamatov X.T. Temur tuzuklarida davlat va huquq masalalari: Yurid. fanlari nomzodi…dis. avtoref. – Toshkent, 2002. – 24 b.
Mamatov X.T. Amir Temur tuzuklarida davlat va huquq masalalari. MonografiY. (hammualliflikda). - Toshkent: Yangi asr avlodi, 2001. - 118 b.
To‘laganov A.A. Rol i mesto Amira Temura v razvitii uzbekskoy gosudarstvennosti (na osnove Ulojeniy Temura): Avtoref. diss. kand. yurid. nauk. - Toshkent: 1996. - 24 s.
Temur tuzuklari. / B.Ahmedov tahriri ostida. – Toshkent: G‘.G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti., 1991. - 144 b.