Maslahatchi-psixolog yuksak ilmiy va mеtodik darajada psixologiyani o`qitishni
bilishi shart emas, lеkin u mijozlarga foydali psixologik bilimlar bеrishni o`rganib
olishi kеrak. Psixolog-maslahatchi faqat amaliyotchi emas, balki ishning tashkilotchisi
hamdir. Shuning uchun u psixologik maslahat ishlarini tashkil etishga taalluqli barcha
ishlarga o`rganib olgani maqsadga muvofiq hisoblanadi. Bunga, xususan, ma'lum
ijtimoiy, xuquqiy, moliyaviy masalalar va yangi tashkilotni yaratuvchi va tashkil
etuvchi boshlayotgan ishbilarmon uchun zarur bo`lgan bilimlar kiradi.Bunga yana
kadrlarni tanlab olish va joyiga qo`yish, ular o`rtasida vazifalarini taqsimlash, ularning
o`zaro aloqalarini tashkil etish ham kiradi.
Mijozlar bilan muloqot amaliyotida psixolog-maslahatidan odamlarni to`g`ri
baholashni bilish, bir-birini
tushinishga erishish, yaxshi munosabatlar o`rnatish va
ishontirishni bilish talab etiladi.
Psixologik-maslahat o`tkazish shaxsiy tajribani psixologik maslahatga bunday
tajribasiz xususiyat masalalarini bila olmasligi, asosiysi esa unga kerak bo`lgan amaliy
malaka va ko`nikmalarni egallab olishi uchun zarurdir.
Gap shundaki kasbiy oliy
o`quv yurti tayyorgarligi jarayonida barcha vaziyatlarni ko`zda tutish mumkin emas,
bunday tayyorgarlik malaka va ko`nikmalarni ishlab chiqishdan ko`ra ko`proq bilimlar
olishga yo`naltirilgan. Malaka ko`nikmalar esa psixologik maslahat o`tkazish amaliy
tajribasida ishlab chiqiladi.
Psixolog-maslahatchining kasbiy malakasini qanday qilib oshiriladi? Kasbiy
malakasini muntazam oshirib borish ham uning umumiy va maxsus psixologik ta'limi
kabi psixolog-maslahatchining kasbiy tayyorlashga majburiy talab hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: