Mavz: oliy ta’lim muassasasini bitirib kichik biznes va xususiy tadbirkorlik bilan shUG‘ullanuvchilarning psixologik muammolari


“Kichik biznes va Xususiy tadbirkorlik yili” Davlat dasturi to‘g‘risida



Yüklə 373,5 Kb.
səhifə45/46
tarix10.05.2022
ölçüsü373,5 Kb.
#57136
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   46
BMI Maxmudova

“Kichik biznes va Xususiy tadbirkorlik yili” Davlat dasturi to‘g‘risida


"Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili" Davlat dasturi to'g'risida"

09.02.2011 21:52



O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori.

Mulkdorlarning o'rta sinfini shakllantirish, ichki bozorni raqobatbardosh va sifatli mahsulotlar bilan to'ldirish, yangi ish o'rinlari yaratish va shu asosda aholi daromadlarini ko'paytirish va farovonligini oshirishning muhim omili, mamlakat taraqqiyoti yo'lidagi faol harakatlantiruvchi kuch sifatida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish bo'yicha aniq maqsadga yo'naltirilgan keng chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirish maqsadida, shuningdek, 2011 yil O'zbekiston Respublikasida "Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili" deb e'lon qilinganligi munosabati bilan:



1. Quyidagi yo'nalishlarga asoslangan "Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili" Davlat dasturi ilovaga muvofiq tasdiqlansin:

  • mamlakatimiz va uning hududlarida yanada qulay biznes-muhit yaratish, xususiy mulkchilikning ustuvorligini mustahkamlashga yo'naltirilgan qonun hujjatlarini takomillashtirish va bu borada ishonchli kafolatlarni ta'minlash, tadbirkorlikka ko'proq erkinlik berish, davlatning boshqaruv funksiyalari va ruxsat beruvchi normalarni qisqartirish, byurokratik to'siq va g'ovlarni olib tashlash, kichik biznes subyektlarining moliya-kredit va xomashyo resurslaridan, ular ishlab chiqaradigan mahsulotlarga davlat buyurtmalari berilishidan keng foydalanishini ta'minlaydigan bozor vositalari va mexanizmlarini tatbiq etish;

  • davlat va nazorat organlarining tadbirkorlik subyektlari moliya-xo'jalik faoliyatiga aralashuvini keskin qisqartirish;

  • kichik korxonalar tashkil qilish hamda kichik korxonalar va tadbirkorlarni ro'yXatdan o'tkazish tartib-qoidalarini yanada soddalashtirish, kichik biznes subyektlarini qurish va ularni muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulash, noturarjoy xonalari va zarur yer uchastkalarini ajratib berish borasidagi masalalarni hal etish bo'yicha aniq chora-tadbirlarni qabul qilish;

  • kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasi uchun soliq va boshqa to'lovlar bo'yicha yanada qulay shart-sharoitlar yaratish, imtiyoz va preferensiyalar berish, hisobotlar tizimi hamda moliya, soliq va statistika organlariga hisobotlar topshirish mexanizmini takomillashtirish va unifikatsiyalash;

  • kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga kreditlar berish mexanizmini yanada takomillashtirish va ularning hajmini oshirish, birinchi navbatda, investitsiya maqsadlariga, boshlang'ich sarmoyani shakllantirishga kreditlar ajratish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish hamda texnologik yangilash uchun o'rta va uzoq muddatli kreditlar berish;

  • kichik biznesni rivojlantirishga xorijiy investitsiyalarni, avvalambor, xalqaro moliya institutlarining kreditlarini hamda to'g'ridan-to'g'ri investitsiyalarni keng jalb etish va yo'naltirish;

  • sanoat tarmoqlarida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish hamda yuqori texnologiyaga asoslangan zamonaviy ishlab chiqarishlarni tashkil etish uchun keng imkoniyatlar yaratish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari tomonidan ishlab chiqarishga innovatsion teXnologiyalar joriy etilishini rag'batlantirish;

  • kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining tashqi iqtisodiy faoliyatdagi ishtirokini kengaytirish masalalarini tubdan hal etish, ularning eksport salohiyatini oshirishga, eksportga mo'ljallangan mahsulotini jahon va mintaqaviy bozorlarga olib chiqishga ko'maklashish;

  • kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarini axborot bilan ta'minlash, shuningdek, kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish masalalarida ularga konsultativ ko'mak berish tizimini yanada rivojlantirish.

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 14 dekabrdagi F-3539-son farmoyishiga muvofiq tuzilgan Respublika komissiyasi zimmasiga "Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili" Davlat dasturining bajarilishini tashkil etish va uning monitoringini olib borish vazifasi yuklansin.

Qoraqalpog'iston Respublikasi va viloyatlarda Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyatlar hokimlari boshchiligida tegishli hududiy komissiyalar tashkil etilsin, ularning zimmasiga Dasturda ko'zda tutilgan tadbirlar respublika hududlarida belgilangan muddatlarda so'zsiz va sifatli amalga oshirilishi uchun shaxsiy javobgarlik yuklansin.

Bunda quyidagilarga:


  • tadbirkorlarning o'z ishini ochishi bilan bog'liq masalalarda sodir bo'layotgan aniq o'zgarishlarga;

  • kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari - energiya va gaz ta'minoti, suv va issiqlik ta'minoti hamda boshqa tarmoqlarga ulanishi bo'yicha shart-sharoitlarning yaxshilanishi va muddatlari qisqartirilishiga;

  • tadbirkorlik subyektlariga yer uchastkalari, shuningdek, noturarjoy xonalar ajratib berish bilan bog'liq holat qanchalik yaxshilanganiga;

  • kichik biznes subyektlari faoliyatini tekshirish va boshqa ortiqcha cheklashlarni, davlat va nazorat organlarining tadbirkorlar moliya-xo'jalik faoliyatiga aralashuvini qisqartirish borasidagi ishlarning ahvoli qay tarzda o'zgarayotganiga;

  • kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga tijorat banklari tomonidan kreditlar ajratilishi bilan bog'liq ishlarning ahvoli qanchalik o'zgarganiga alohida e'tibor qaratilsin.

3. "Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili" Davlat dasturini amalga oshirish bo'yicha Respublika komissiyasi (SH.M.Mirziyoyev):

ikki hafta muddatda respublika davlat va xo'jalik boshqaruvi organlari, Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, boshqa tashkilotlar tomonidan har bir vazirlik va idora, mintaqa, shahar, tuman va aholi punkti bo'yicha "Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili"ning hududiy va tarmoq dasturlari ishlab chiqilishi hamda qabul qilinishini ta'minlasin;

"Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili" Davlat dasturi bo'limlari va bandlarini to'liq, sifatli va o'z vaqtida bajarish bo'yicha respublika davlat va xo'jalik

respublika davlat va xo'jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlarning Dasturda nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirishga qo'shgan aniq hissasini aks ettirgan holda, Dasturning amalga oshirilishi muntazam yoritib borilishini ta'minlasinlar.



6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O'zbekiston Respublikasining Bosh vaziri SH.M.Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov

Toshkent shahri, 2011 yil 7 fevral


Yüklə 373,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin