Bozor muhitiga ta’sir etish usullari
Bozor muhiti - sizning raqibingiz. Siz yoki xujum qilasiz, yoki himoyaga o‘tasiz. Mahsulotlarga bo‘lgan talab juda o‘zgaruvchandir. Bu o‘zgarishlarni doimo kuzatish va ularni o‘z faoliyatingizda doimo e’tiborga olish lozim. Sarf bo‘layotgan xarajatlarni nimaga ketayotganini hamma vaqt kuzating, xatolarga iloji boricha yo‘l qo‘ymang. Siz hamma vaqt, qiyin paytlarda ham, oldinda borishingiz kerak. Shundagina yutuq sizni, siz yutuqni topasiz.
Mahsulot bilan bozor muhitiga chiqish
Ertami, kechmi, bir kuni albatta - bozor muhitiga o‘z mahsulotingizni taklif etasiz. Buning uchun siz o‘z mahsulotingiz bahosini ham hal qilishingiz lozim. Aytaylik, sizning mahsulotingiz juda ajoyib, hali bunday mahsulotdan xech qaerda yo‘q. Mahsulotingizning bahosi quyidagilarni o‘z ichiga olishi shart:
baho mahsulotning sotilishiga imkon bersin;
mahsulot yaratish uchun sarf bo‘lgan mablag‘larni qoplashi lozim;
baho foyda va iloji boricha ko‘roq foyda keltirishi kerak.
Bozor muhitiga yangi mahsulot bilan chiqqanda, hali bunday mahsulot hech kimda yo‘qligi sababli, uning bahosini juda ham yuqori belgilash mumkin va natijada ko‘radigan foydangizning miqdori haddan tashqari ko‘p bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: |