Malaka va odatlarni shakllantirish
Zaruriy kasbiy sifatlar (ZKS) – tadbirkorning mustahkam individual-shaxsiy xususiyatlar shakllanishiga zarar ko’rsatmaydigan kasbiy faoliyatga, bilim, malaka va uquvlarni samarali o’zlashtirishga ta’sir ko’rsatuvchi sifatlar (psixik funksiyalar) majmuidir
Tadbirkorning jamoaga a’zo bo’lishi tashkilotning vazifa va maqsadidan kelib chiquvchi rolni qabul qilish bilan ifodalanadi. tadbirkor undan nima kutishayotgani va bu kutuvga taalluqli xatti-harakatlarni amalga oshirishi juda muhim. Masalan, biron kishini rahbarlikka tayinlashar ekan, yangi rahbardan jamoa demokratik yoki avtokrat boshqaruv uslubini kutishi mumkin. Bu kutuvlarga mos kelish yoki kelmaslik darajasi ko’p jihatdan yangi rahbar va tadbirkorlar o’rtasidagi munosabatlarni belgilab beradi. Hatto tadbirkorlar beiXtiyor yangi kelgan rahbarni eskisi bilan taqqoslab unga tavsif berishga ham moyil bo’lishadi. Shuning uchun tadbirkor uchun adaptatsiya sharoitini yaratish mavjud rolga bo’lgan talablarni aniq ishlab chiqish va ijrosini ta’minlash maqsadidagi tadbirlarni uyushtirish bilan belgilanadi. Bu fikr ayniqsa boshqaruv lavozimiga yangi kelayotgan rahbarlar uchun juda o’rinlidir. Odatda yangi lavozimni taklif etishar ekan “Bir o’ylab ko’ring” deb xayrlashishadi. Taklifni qabul qilgan kimsaning “o’ylash” jarayonini esa yangi rolga o’zini chamalash deb atash mumkin. Agar kimsa rolni qabul qila olishiga ko’zi yetsa taklifga rozi bo’ladi, agar ikkilanishga olib kelsa o’zi bilan ushbu rol orasida katta farqni sezgan bo’ladi. Shuning uchun yangi lavozimga moslashishning sifatli o’tishi qator tadbirlarni talab qiladi. Bu sohadagi birlamchi vazifa – ushbu rolga qo’yiladigan talablarni aniqlab olishdir. Bu jarayon qanchalik puxta o’tsa rolni qabul qilish shunchalik oson kechishi mumkin.
Keyingi bosqich rolni qabul qilish deb ataladi. Bunda inson yangi xatti-harakatlarni o’zida shakllantira boshlaydi. Bu jarayon inson tomonidan nafaqat xizmat yuzasidan, balki shaxsiy munosabatlar tizmimidagi talab va xususiyatlarni ham o’zlashtirish davridir.
Navbatdagi bosqich esa qabul qilingan rolni ijro etish deb ataladi va bu holat o’zining ikki tomoniga ega: rolni ijro etuvchi shaxs xulqining atrofdagilar tomonidan baholanishi. Odatda bunday baholashda tadbirkorni ham atrofdagilar, ham uning o’zi baholashi tarzida amalga oshadi. Bu ikki baholash ko’rsatkichning o’zaro mos kelishi juda muhimdir. Shunday moslikka uzoq davom etuvchi ichki mehnat asosida erishiladi. Ushbu ko’rsatkichlar mosligini ta’minlovchi asosiy tadbirlardan biri tadbirkorga uning Xatti-harakatlari haqida qayta aloqa berib turishdir.
Qayta aloqa natijasida olingan ma’lumotlar asosida inson o’z xatti-harkatlariga o’zgartirish kiritadi va rolga muvofiq kelish uchun o’z ustida ishlay boshlaydi. Shu maqsadda ba’zi korXonalarda tadbirkorlar bilan ishlovchi maxsus mutaxassislar tomonidan tashkil etiluvchi trening mashg’ulotlari juda o’rinlidir. Guruhiy tarzda tashkil etilgan bu mashg’ulotlarda ishtirokchilar u yoki bu rolni xizmat talablariga yaqinlashtirilgan vaziyatda ijro etadilar va atrofdagilardan o’z xatti-harakatlari borasida «baho» oladilar. Bu tadbir natijasida inson o’z xulqini namunaga moslash imkoniyati tug’iladi. Aniq reja va malakali mutaxasislar yordamida tashkil etilgan bunday tadbir tadbirkorning yangi rolni qabul qilishi va real sharoitda samarali ijro etishi uchun asos yaratadi.
NATIJA
Mamlakatimizda tadbirkorlikni rivojlantirish uchun tegishli me’yoriy Xuquqiy asos yaratilgan. Biroq amaldagi qonunlarning chuqur tahlili ularni takomillashtirish va yangi hayotning o‘zi talab qilayotgan huquqiy xujjatlar bilan to‘ldirish zarurligini ko‘rsatmoqda. Afsuski, amaldagi ba’zi xuquqiy xujjatlarimiz turlicha talqin qilininshi mumkin. Ko‘plab tadbirkorlar ayniqsa endigina ish boshlayotgan ishbilarmonlar, tabiiyki, tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish asoslari, uning yuridik va iqtisodiy shart-sharoitlari tushunarli tarzda bayon etilgan xuquqiy xujjatlar to‘plamlariga ehtiyoj sezadi. Ular ana shunday qo‘llanma va ma’lumotnomalar chop etilib, keng tarqatilmagani tufayli qiyichiliklarga duch kelmoqda.
Shaxsdagi tadbirkorlik motivatsiyasi hamda tavakkalchilikning shakllanishidagi bog’liqliklarni o’rganar ekanmiz, undagi tavakkal (xatarli) qarorlarni qabul qilishdagi og’ishlarni o’rganmaslik mumkin emas.
Noaniqlik va tavakkalchilik sharoitlarida olib boriladigan iqtisodiy faoliyat tadbirkorlik faoliyatida ajralib turuvchi xususiyatlardan biri hisoblanadi. Shu bois ham, tadbirkorlarning tavakkalchilikka munosabatini o’rganishga bag’ishlangan izlanishlar psixologik tadqiqotlarning katta qismini tashkil qiladi. o’rganish jarayonida shunday narsa kashf etildiki, insonlar bir o’zlari bo’lganlaridagiga qaraganda, guruh orasida bo’lganlarida tavakkal qarorlarni ko’proq qabul qilishga moyil bo’lar ekanlar
Demak xususiy tadbirkorlik bilan shugullanishda
1) qiziqishlar, yonaltiruvchi motivlar tavakkalchilik shaxning o’ziga qo’ygan talablari asosiy rol o’ynar ekan Bu bizning tajribamizda o’z isbotini topdi.
XULOSA
Oliy ta'lim muassasasining bitirib tadbirkorlik bilan shug’ullanayotgan yosh mutaxassis:
1) Mag’lubiyat alamini boshidan kеchirsa xam muvaffaqiyatsizlikka duch kеlmasa xam mavjud tavakkalchilikka intilavеradigan kayfiyatda bo’lar ekan. Shu sababdan tadbirkorlikning muvafaqiyatsizligi uchun oldida turgan qiyinchiliklarni bartaraf qilishlikka to’siq bo’lolmasiligi aniqlandi.
2)Iqtisodiy muvafaqiyatsizlik, omadsizlikka duch kеlib qolishsa:
51% tadbirkor o’zi mustaqil faol o’z kuchiga ishonib ish tutishliklarini , 31% tadbirkor muvafaqiyatsizligini ishonarli shеrik qidirib topishga xarakat qilishini 18% gina tadbirkor bu ishni tashlab boshqa faoliyat bilan shug’ullanishlarini bildirishdi.
Dеmak, ko’pchilik yosh tadbirkorlar o’zlaridagi mavjud potеntsial layoqatlarini ishga solib oldilaridagi 70 % to’siq qiyinchiliklarni yеngib o’tishga bog’liqligini anglashadi. 80 % tadbirkorlar imkoniyatlarini yuqori baholab 20% gacha imkoniyatlariga yuqori baholashga ikkilanishini biroq bular xam o’z imkoniyat va muvfaqiyatlarini bir - biriga yaqin o’xshash baholashgan. Dеmak, yosh tadbirkor faoliyatida muvafaqiyatga erishish mativatsiyasi o’z potеnsial layoqati, imkoniyatini ko’ra olib mustaqil, faollikka olib kеladi. Yoshlarni tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanishga undovchi psixologik olimlar (mativlar) quyidagicha bo’lishi mumkin ekan.
O’zini takomillashtirish
Mustaqil faoliyat ko’rsatish.
Moddiy ta'minlanganlik
Atrofdagilar orasida obro’-e'tiborli bo’lish
Boshqalarga odamlar uchun qilayotgan ishini foyda kеltirishi
Mazkur faoliyat turi tamomila yangi ekaligini anglash
Dostları ilə paylaş: |