Mavz: oliy ta’lim muassasasini bitirib kichik biznes va xususiy tadbirkorlik bilan shUG‘ullanuvchilarning psixologik muammolari


B-gurux. Amaliy faoliyatga moyillik



Yüklə 373,5 Kb.
səhifə19/46
tarix10.05.2022
ölçüsü373,5 Kb.
#57136
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   46
BMI Maxmudova

B-gurux. Amaliy faoliyatga moyillik.

Sizga ishlab chiqarish va tovarlarga ishlov bеrish; mashina mеxanizmlari va asbob-uskunalarni to’plash xamda yig’ish; elеktron va mеxanik jixozlarni ta'mirlash va ularga ishlov bеrish; binolarni qurish va ta'mirlash; transportlarni boshqarish soxalari bilan bog’liq  kasblarni tanlashingiz muxim.
C-gurux.Rеjalashtirish-iqtisodiy faoliyatlarga  moyillik.


Siz  xisobchi, iqtisodchi, matnlarni taxlil etish va ularni  taxrir etish, (muxarrir, tarjimon, tilshunos), binolar  tarixini chizish (chizmachi, topograf) bilan bog’liq ishlarni qiynalmasdan o’zlashtira olasiz. Chunki siz ishni tizimli,  puxta va batartib bajarishga moyilsiz.

O’zbekiston mustaqilligining dast­labki kunlaridanoq mamlakatimizda iqtisodiyotning g’oyat muhim sohasi bo’lmish kichik biznesni rivojlantirishni rag’batlantirishga, xususiy tadbirkorlik huquqlarining kafolatlari va kuchli himoya tizimini mustahkamlashga katta e’tibor berib kelinmoqda.

Buning boisi shuki, ijtimoiy yo’naltirilgan zamonaviy bozor iqtisodiyotida kichik biznes muhim o’rin egallaydi. Eng avvalo, kichik biznes bozor konyukturasi o’zgarishlariga tez moslasha olishga, iste’molchilarning talab-ehtiyojlari qanday o’zgarishiga qarab ish tuta bilishga qodirdir. Kichik biznes raqobatchilik muhitini shakllantiradiki, busiz bozor iqtisodiyotining rivojlanishini tasavvur etib bo’lmaydi. Ikkinchidan, kichik biznes yangi ish o’rinlari jadallik bilan barpo etilishini, aholining bandlik darajasi o’sishini va uning daromadlari oshib borishini ta’minlaydi. Uchinchidan, kichik biznes ichki bozorni tovarlar va xizmatlar bilan boyitishning muhim manbai hisoblanadi.

Respublikamizda kichik biznesning roli va ahamiyatini e’tiborga olgan holda uni qo’llab-quvvatlash va yanada rivojlantirishni rag’batlantirishga qaratilgan aniq-ravshan chora-tadbirlar izchillik bilan amalga oshirib kelinmoqda. Keyingi yillarda tadbirkorlik sub’ektlarini “bir darcha” orqali tezlik bilan davlat ro’yXatidan o’tkazish tizimi hamda bir necha turdagi soliqlarni to’lash o’rniga kichik biznesni yagona soliq to’lovi shaklidagi soddalashtirilgan soliqqa tortish tizimi joriy etildi. Bunda mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun yagona soliq to’lovi stavkalari 2008 yilda 10 foizdan 8 foizgacha, 2009 yildan boshlab 7 foiz, 2010 yilda esa 4 foizgacha pasaytirildi. Yangidan tashkil etilayotgan kichik va xususiy korxonalarni qo’llab-quvvatlash uchun imtiyozli kreditlash tizimi yaratildi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni moliyalashtirish bo’yicha ixtisoslashtirilgan bank - “Mikrokreditbank” tashkil etildi. Tadbirkorlar huquqlarining himoya qilinishini ta’minlash borasidagi huquqiy normalar mustahkamlandi, tadbirkorlik sub’ektlarining xo’jalik faoliyatiga nazorat qiluvchi idoralarning aralashuvini keskin qisqartirish choralari ko’rildi.



Mustaqillikning ilk kunlaridanoq Prezidentimiz tomonidan asosiy e’tibor inson omiliga qaratilib, mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy jabhalarda barqaror sur’atlar bilan rivojlanishi, aholi farovonligini izchil va muntazam ravishda oshira borish, qishloq va shaharlarimizning yanada obod bo’lishi va yangicha qiyofa kasb etishi borasida g’oyat ulkan yutuqlar qo’lga kiritildi. xotin-qizlarning oila va jamiyatdagi mavqeini yuksaltirish, onalik va bolalikni muhofaza qilish, sog’lom avlodni dunyoga keltiruvchi onalar salomatligiga e’tibor, yoshlarning har tomonlama yetuk va yuksak ma’naviyatli insonlar bo’lib kamolga yetishlari, sog’lom turmush tarzi targ’iboti kabi masalalar davlatimiz siyosatining ustuvor yo’nalishlariga aylandi. Davlat va jamoat ishlarida xotin-qizlar faolligi oshdi, ijtimoiy-madaniy, iqtisodiyot, sanoat, qishloq xo’jaligi, tadbirkorlik sohalarida ularning o’rni sezilarli darajada ortdi. Bugun o’zbek ayoli ishlab chiqarish, ilm-fan, tadbirkorlik, san’at, sport, hunarmandchilik, qo’yingki, barcha sohalarda ulkan muvaffaqiyatlarga erishmoqda. Xotin-qizlar davlat va jamoat tashkilotlari, korXona, tashkilot va muassasalarga rahbarlik qilmoqdalar. Respublikamizda Xotin-qizlarni ijtimoiy-huquqiy jihatdan himoyalash, ayollarning jismoniy, ma’naviy va intellektual saviyasini yuksaltirish borasida amalga oshirilayotgan keng qamrovli ishlar o’z samarasini bermoqda. Mamlakatimizda tizimli ravishda bir-birining uzviy va mantiqiy davomi sifatida amalga oshirib kelinayotgan Davlat dasturlarida ham xotin-qizlar manfaatlariga yo’naltirilgan tadbirlarga alohida e’tibor qaratib kelinayotganligi ularga bo’lgan e’tibor va g’amxo’rlikning yana bir yorqin ifodasidir. Respublikada eng yirik jamoat tashkiloti hisoblangan kasaba uyushmalari faoliyatida ham xotin-qizlar va ularning mehnat sohasidagi huquqlari va ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini himoyalash masalasi alohida o’rin tutadi. Bunda kasaba uyushmalari faoliyatining asosini tashkil etuvchi jamoa shartnomalari va kelishuvlar, ularni amalga oshirish mexanizmi hisoblangan ijtimoiy sheriklikning ahamiyati nihoyatda kattadir. Shu bois O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi kengashining yaqinda bo’lib o’tgan II majlisida kasaba uyushmalarining ijtimoiy sheriklik sohasidagi faoliyatini takomillashtirish, ijtimoiy sheriklar va ijro hokimiyati bilan o’zaro hamkorligini mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Bu yo’nalishdagi ishlarda amaliy natijalarga erishish, kasaba uyushmalari faoliyatiga zamon talablaridan kelib chiqib, yangicha yondashgan holda faoliyat samaradorligini oshirishga qaratilgan ustuvor vazifalar belgilab olindi. Bunda biz uchun mamlakatimiz rahbarining Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining 2010 yil 12 noyabrda o’tkazilgan qo’shma majlisidagi «Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish Konsepsiyasi» mavzuidagi hamda 2010 yilda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2011 yilga mo’ljallangan eng muhim ustuvor yo’nalishlarga bag’ishlab 2011 yil 21 yanvarda o’tkazilgan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzalarida belgilangan ustuvor yo’nalishlar dasturulamal bo’ldi. Federatsiya kengashining Xotin-qizlar bilan ishlash komissiyasi xotin-qizlarning mehnat huquqlari hamda ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini himoyalash, reproduktiv salomatligini mustahkamlash, xotin-qizlar va ularning farzandlarini sog’lomlashtirish, ishlovchi ayollarning malakasini oshirish ishlarida faol ishtirok etish masalalariga alohida e’tibor qaratmoqda. Shuningdek, xotin-qizlarni dam oldirish, ma’naviy saviyalarini yuksaltirish, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish hamda bu orqali sog’lom turmush tarzini targ’ib etish, bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish bilan bog’liq tadbirlar ham komissiya ish rejasidan alohida o’rin egallagan. O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi kengashi xotin-qizlarning bandligi borasidagi ishlarda, xususan, kasanachilik yo’nalishi imkoniyatlaridan keng foydalanish va albatta, bunda bosqichma-bosqich samaradorlikka erishishda davlat va jamoat tashkilotlari bilan o’zaro hamkorlikni mustahkamlash yo’lidan bormoqda. Shuningdek, kam ta’minlangan, ko’p bolali, boquvchisini yo’qotgan, nogiron ayollarning ijtimoiy-iqtisodiy va huquqiy manfaatlari himoyasini kuchaytirish hamisha e’tiborimizda bo’lib qolmoqda. yana bir muhim masala, bu — Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yilida joylarda barpo etilayotgan yangi ish o’rinlarida mehnat qilayotgan xotin-qizlarning mehnat sohasidagi huquqlari va ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlari himoyasidir. Ularga xavfsiz va yetarli ish sharoitlari yaratilishi, kasbiy malakalarini oshirish ishlariga ko’maklashish endilikda xotin-qizlar bilan ishlash komissiyalarining doimiy diqqat markazida bo’ladi. Kezi kelganda, kasaba uyushmalari faoliyatini mustahkamlashda xotin-qizlarning alohida o’rin tutishini ta’kidlash joiz. Binobarin, biznesmenlarning 3 million 300 ming nafarga yaqini, ya’ni 48,9 foizini ayollar tashkil etadi. Kasaba uyushmalarida zaxira kadrlar tizimini takomillashtirish masalasiga jiddiy e’tibor qaratmoqdamiz. Zaxira kadrlar safida Xotin-qizlar vakillarining yetarli darajada bo’lishi zamon talablaridan biri bo’lib, kasaba uyushmalari faoliyatini takomillashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi Bugungi kunda O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi kengashi tomonidan davlat hokimiyati, prokuratura, sud organlari bilan aloqalarni mustahkamlash, huquq-tartibot idoralari bilan hamkorlikda tadbirlar ishlab chiqish borasida amalga oshirilayotgan ishlar mehnat sohasida ayollarni huquqiy jihatdan himoya qilish samaradorligini oshirish imkonini beradi. Davr o’zgarmoqda va albatta, hayot tarzimizga ham o’z o’zgarishlarini kiritmoqda. Kasaba uyushmalarining yuridik xizmati tomonidan Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yilida sohada faoliyat ko’rsatayotgan insonlar, ayniqsa, tadbirkor ayollar va yosh tadbirkorlarga o’z faoliyatlarini yo’lga qo’yishlari, boshlab qo’ygan ishlarida muayyan natijaga erishishlari uchun huquqiy maslahatlar berishni kuchaytirishga alohida e’tibor qaratilayotgani ham aslida shundan. Joylarda boshlang’ich kasaba uyushmalari tashkilotlari faoliyatini jadallashtirish, fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish instituti bo’lgan mahalla bilan hamkorlik aloqalarini mustahkamlashga qaratilgan ishlari ayollarning jamiyatdagi va oiladagi mavqeini, yosh avlodni tarbiyalash, ijtimoiy hayotning barcha sohasidagi yuksak roli va qo’shayotgan hissasini oshirishga xizmat qilishiga shubha yo’q. O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi kengashi hamda O’zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi o’rtasida ilk bor qabul qilingan 2011-2012 yillar uchun qo’shma tadbirlar rejasi tadbirkorlarning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini yetarli darajada himoya qilish yo’lida muhim qadam bo’ldi. Ayni kunlarda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo’yicha vakili Ombudsman, O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash hamda xalq ta’limi vazirliklari bilan bamaslahat amalga oshiriladigan tadbirlar rejasi ishlab chiqildi. «Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili» Davlat dasturini amalga oshirish sohasida eng muhim ustuvor vazifalar bajarilishiga har jihatdan ko’maklashish maqsadida O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi kengashi tomonidan ishlab chiqilgan dasturda ham asosiy e’tibor inson omiliga qaratilgan. Mazkur dastur doirasida amalga oshiriladigan ishlarda xotin-qizlar masalasi alohida o’rin egallagan bo’lib, xususan, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlariga huquqiy, uslubiy yordam ko’lami kengaytiriladi. Sanoat tarmoqlarida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, kichik biznes sub’ektlarining jamoa-shartnomaviy munosabatlar bilan qamrab olinishi darajasini oshirish, imzolanadigan jamoa shartnomalari va kelishuvlari orqali kichik biznes sub’ektlariga aloqador masalalar hal qilindi. Shuningdek, kichik biznes va tadbirkorlik sub’ektlarida mehnatni muhofaza qilishning me’yor va qoidalariga rioya etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirish va ularga mehnat muhofazasi bo’yicha ishlarni tashkillashtirishda amaliy yordam ko’rsatilgan.

Iqtisodiy xulqni A.Krilov quyidagicha ilmiy asoslagan “iqtisodiy xulq – iqtisodiy ta’sirotga javob beruvchi xulqdir.”

Proffessor V.Karimovaning fikricha, iqtisodiy ong mahsuli bo’lgan iqtisodiy tafakkur – xo’jalik munosabatlariga kirishgan subyektlarning iqtisodiy munosabatlarga oid tasavvurlari, bilimlari, g’oyalari hamda qarashlarini ongdagi aksi bo’lib, u amalga oshirilayotgan faoliyatning mohiyatini tahlil qilish, umumlashtirish, taqqoslash va xulosalar chiqarish imkonini beradi.

V. Karimova va F.Akramovalarning yozishicha, iqtisodiy xulq – ishlab chiqarish shart-sharoitlari, vositalari va turtkilari ta’sirida namoyon bo’ladigan xatti-harakat va xulq-atvordir.

Demak, u iqtisodiy ong hamda ishlab chiqarish vaziyatlarining shaxs harakatlarida namoyon bo’lishi sifatida qaraladi. Bunda eng avvalo, iqtisodiy motivlar, ya’ni ishlab chiqarish shart-sharoitlaridan va shaxsning ularga munosabatlaridan kelib chiqadigan sababiy munosabatlar tizimi katta rol o’ynaydi.2 «Tadbirkor - eng kerak paytda o‘ylab ish ko‘radigan, chorasini topa oladigan, topqir, ixtirochi, ishga amaliy yondoshadigan kishidir».( S.Ojago)

Ikkala lug‘atda ham tadbirkorlik faolitining aloxida xili, xatti-harakatlari, yurish-turishlarida fikrlash qobiliyatlarida aloxida o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘lgan faoliyatdir. Bularning xammasi-tashabbuskorlik, hech kishiga ma’lum bo‘lmagan usular bilan ish yuritish, tavakkalchilik, ishga yopishish kabi tomonlarni ifodalaydi. Tadbirkorlik va tadbirkor to‘g‘risida yanada to‘laroq ma’lumotga ega bo‘lmoqchi bo‘lsak iqtisodiy fikrlarning qadimiy ildiziga, tubiga, tadbirkorik bilan shug‘ullangan olimlar ishiga murojat qilishimiz zarur.




Yüklə 373,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin