Mavzu -3: Rang turlari. Axromatik va xromatik ranglar. Rеja: Axromatik va xromatik ranglar


Yorug‘lik. Yorug‘lik xususiyatlari



Yüklə 119,08 Kb.
səhifə3/6
tarix22.05.2023
ölçüsü119,08 Kb.
#119256
1   2   3   4   5   6
Mavzu -3 Rang turlari. Axromatik va xromatik ranglar. Rеja Axr

1.Yorug‘lik. Yorug‘lik xususiyatlari. Biz yorug‘lik yoritgan ranglar orqali mavjud hamma predmetlarni forma va hajmlarini ko‘ramiz. Misol uchun qorong‘i joyda ko‘z umuman hech narsani ko‘rmaganidek, rangli narsa ham ko‘rinmaydi. Atrofimizni o‘rab turgan hamma narsa ranglidir. Yorug‘lik esa elektromagnit nurlanishining bir bo‘lagidir. Ular fotonlar deb ataladi. Ular yoritilayotgan jismlarga issiqlik energiyasini eltadi. Bu energiya yorug‘lik energiyasi yoki yorug‘likning nurlanish energiyasi deb ataladi. Fotonlar modda molekulalari, atomlari va elektronlari bilan o‘zaro ta’sirlanadi. Bunday ta’sirlanish oqibatida jismlar elektrlanib, ular qiziydi. Qizish oqibatida ko‘pgina jismlar o‘z ranglarini yo‘qotadi.
Yorug‘lik elektromagnit nurlanishning bir bo‘lagidir. Odam ko‘zi bu nurlanishning faqat bir qismini ko‘radi. Shuningdek, tabiatda yorug‘lik to‘lqinlari mavjud. Yorug‘lik to‘lqini harakatda bo‘lib, ular oralig‘i uzunligi () deyiladi. Ko‘rinayotgan yorug‘lik bo‘lagining uzunligi 360 dan 780 NM nanometr) atrofida bo‘ladi. Nanometr (NM) juda kichik o‘lcham bo‘lib, bu 1 millimikron, ya’ni 1 metrning milliarddan bir bo‘lagidir.


7-rasm. Elektromagnit to‘lqinlari- 8-Rasm. Maksimal tebranish
ning sxematik tasviri. ampletudasi.

Quyosh yorug‘ligi ta’sirida yerdagi hayot protsessi harakatga keladi. Shunday qilib, quyosh bizning asosiy tabiiy yorug‘lik manbaimiz bo‘lib, uning negizida uzluksiz yadro reaksiyalari sodir bo‘lib turadi. Uning yuzasidagi issiqlik 60000s ni tashkil qiladi.


Quyosh atrofidagi oy va planetalar o‘zlari yorug‘lik tarqatmaydi. Ular faqat quyosh nurlarining bir qismini qaytaradi. Koinotda yorug‘lik tarqatish kuchiga ega yulduzlar bor, ammo ular juda ulkan masofada bo‘lganliklari uchun ularning issiqlik energiyalari erga etib kelmaydi. Tabiatda yana ba’zi nur tarqatuvchi manba’lar ham bor. Ular ba’zi bir turdagi qo‘ng‘izchalar, chiriyotgan daraxt bakteriyalari va sh.k.
Sun’iy yorug‘lik manbasi inson hayotida juda muhimdir. Sun’iy yorug‘likning sodir bo‘lishi nur tarqatayotgan jismga bog‘liq. Masalan, jism qattiq qizish oqibatida o‘zidan nur tarqatadi. (Metall changlari, maxsus gaz yong‘ichlari, elektr quvvatidan qizigan volfram simlar va hokazo). Eng ko‘p tarqalgan sun’iy yorug‘lik tarqatuvchi lampalar qizuvchi lampalar va lyuminessent lampalaridir.
Qizuvchi lampalar qizigan volfram simchalar orqali bizga yorug‘lik bersa (uning foydali koefitsient 2-3% bo‘lib, qolgani esa issiqlik energiyasiga aylanadi), lyuminessent lampasi gaz razryadi prinsipida ishlaydi. Gaz bilan (ya’ni neon yoki simob bug‘lari bilan) to‘ldirgan shishaning ikkala uchiga elektrodlar payvandlanadi. Elektr tokining ta’sirida simob yoki neon atomlari gaz muhitida nurlanadi. Natijada elektr energiyasi yorug‘likka aylanadi.

Yüklə 119,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin