Mavzu -3: Rang turlari. Axromatik va xromatik ranglar. Rеja: Axromatik va xromatik ranglar



Yüklə 119,08 Kb.
səhifə4/6
tarix22.05.2023
ölçüsü119,08 Kb.
#119256
1   2   3   4   5   6
Mavzu -3 Rang turlari. Axromatik va xromatik ranglar. Rеja Axr

2.Yorug‘likning tarqalishi. Yorug‘lik ko‘plab cheksiz nur dastalaridan iboratdir. Nur deganda yorug‘lik oqimining eng kichik qismi tushuniladi. Yorug‘lik tezligi havosiz bo‘shlikda 300 000 km/sek bo‘lib, optik zich muhitda yorug‘lik tez tarqalmaydi. Suvda 225 000 km/sek tezlikda harakat qiladi. Yorug‘lik manbalarining aksariyati hamma tomonga bir xil oqimda nur tarqatmay, balkim uning yo‘nalishi ma’lum bir tomonga qaratilgan bo‘ladi. Shuning uchun yorug‘lik kuchlari va yo‘nalishlari ham har xildir. Yorug‘lik nurlarini ma’lum yo‘nalishida optik linzalar orqali yo‘naltirish mumkin. Ularni yig‘ilgan yoki tarqoq - socxilgan tarzda boshqarish ma’lum maqsadlarda bajariladi. Hozirgi zamonda ijtimoiy hayotning ko‘p tarmoqlarida nurlardan keng ko‘lamda foydalaniladi. Misol uchun arxitekturada yoritish muammolari ilmiy asoslangan, yorug‘lik tarqalishi qonuniyatlariga tayangan holda amalga oshiriladi. Bundan tashqari butun texnika olamini yorug‘lik tarqatish moslamalarisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi.



9-rasm. Nurlarni tarqatuvchi va yig‘uvchi moslamalarning asosiylari
Oynadan xonaga tushgan quyosh nuri quyosh juda uzoq bo‘lganligi uchun parallel bo‘ladi. Parallel yo‘naltirilgan nur juda uzoqlargacha o‘z kuchini yo‘qotmaydi. Tarqatuvchi projektor nurlari ma’lum masofadan so‘ng o‘z kuchni yo‘qotadi. Linzalar yordamida yorug‘likni boshqarish mumkin.
9-rasm a) yorug‘likni yig‘uvchi, b) nurni tarqoq beruvchi, v) nurni yig‘uvchi asbob moslama. Bunday moslamalar yordamida yorug‘lik zichlab yoki tarqoq qilib yo‘naltiriladi. (9-rasm v, g, d). Yorug‘lik maxsus moslamalar yordamida qancha zichlab, ya’ni to‘plab berilsa yorug‘likning yorqinligiga shunchalik ko‘p erishiladi. Yorug‘lik o‘z manbasidan qancha uzoqlashsa, uning kuchi shuncha kamayib boradi. (10-rasm)

10-rasm. Yorug‘lik masofa uzayishiga qarab xiralashadi. 11-rasm.
U masofa kvadratiga teskari proporsiyada o‘zgaradi. (10-rasm). Shuningdek yorug‘lik tushish burchagining kichrayishi bilan ham uning kuchi kamaya boradi. (11-rasm)

Yüklə 119,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin