2. Psixologiya sohalarining rivojlanishi.
3. Nemis filosoflarining psixika tugrisidagi ta’limotlari.
4. Rossiyada psixologiya fanining tiklanishi.
Ekispirimintol pisixologiya taraqiyotida ayniqsa nemis fiziologi Vil’gel’m Vundt (1832-1920y) ning ishlari katta ahamiyatga yega bo`ldi. Vundtgacha faqat ichki tajribadan va o`z-o`zini kuzatishdan fodalanib kelgan pisixologiya faqatgina tasviriy fan edi. Vundt ekisperiment va o`lchash metodlarini zarur deb topib psixologiyani izoxli fanga aylantirishni maqsad qilib qo`ydi. Vundt birinchi bo`lib Leypsigda eksperimental psixologiya laboratoriyasi tashkil kildi. Oradan kup utmay Berlin shaxrida universitet xuzurida eksperimental psixologiya institutini tashkil kildi.
Vundt shugullangan masalalardan biri usha vaktda astranomlar tamonidan ochilgan dikkatni bir iaktda ikkita bir xil kuzatgichga tuplash mumkin emasligi haqidagi masala edi. Bu xodisani aniklash uchun Vundt alohida mayatnikni ishlab chikdi.Bu psixologik eksperimentlar uchun birinchi asbob edi.Ilmiy psixologiyani oyokka turgazish uchun Vundt kushimcha vosita sifatida yondosh fanlar ayniksa fiziologiya, astranomiya, etnografiya,tarix va boshka fanlardan olingan ma’lumotlardan foydalanish zaruriyatini ilgari surdi.
Eksperimental metoddan tadbiq qilinishi psixologiya fani tarakkiyotiga juda unumli ta’sir kursatdi.
Bu metod yordamida oddiy kuzatish yoki o`zqo`zini kuzatish qo`li bilan aniklash keyin bo`lgan yokt butunlay mumkin bulmagan ko`p ma’lumotlar aniqlandi, ayrim psixik potsesslardagi, ayniqsa, sezgilar, idroq, diqqat, xotira sohasidagi, ba’zi bir qonuniyatlar ochilgan.
Eksperimental tekshirishlarning yakunlari, shuningdek eksperimentol metodining usullaridan foydalanish praktik faoliyatining turli sohalarida-o`kuv tarbiya ishlarida meditsinada,
mexnatni tashkil qilish va ratsionalizatsiyalashda, sud ishlarida, san’tda juda ko`p foyda keltirdi.
XIX va XX asrlar psixologiya fanining yutuqlari uchun metod bilan birgalikda taraqqiyot prinsipini kiritilishi ham katta ahamiyatga ega bo`ladi taraqqiyot ideasi xususan ruh xafidagi ta’limotdagi taraqqiyot ideasi qadimgi zamon mutafakkirlarining ko`pchiligi (Geraflit, Efissk va boshkalar), tomonidan aytilgan ideadir. Yangi zamonda esa (XVIII-XIX asarlarda ) bu idea nazariy jixatdan Fridrix Shelling, Gegel filosofiyasida ishlab chiqilgan edi. X1X asrning o`rtalaridan boshlab CH. V. Darvin va Gekkel larning asarlari tufayli taraqqiyot ideasi biologiyaning prinsipi bo`lib qoldi. Filosofiya va tabiatshunoslikdagi umumiy yo`nalish ta’sirida psixologiyada ham psixik xodisalarni o`rganishda genetik prinsip haror topadi. Bu prinsip inson hamda hayvon, katta yoshdagi kishilar hamda har xil yoshdagi bolalar psixik hayotning xususiyatlarini yaxshi tushunish zaruriyati bilan takozo qilindi. Jamiyatning tarixiy taraqqiyotida inson ongi qanday poydo bo`ldi va qanday o`zgarib keldi degan masala ham o`zining xal qilinishi talab qilib turardi. X1X asrning oxirlaridan boshlab psixologiyaning sohalari hayvonlar psixologiyasi , tarixiy psixologiya va turli yoshdagilar psixologiyasi maydonga keldi. Zoopsixologiya-bu hayvonlarning nerv sistemasi taraqqiyotiga, biologik sistematikasiga ( hayvonlarning har xil turiga ), shungdek yashash tartibi xususiyatlariga binoan ularning psixik hayot formalarini o`rganadigan fan. Bu psixologiya har xil hayvonlar psixikasini bir biriga taqqoslab, qiyos qilib o`rganish uchun, qiyosiy psixologiya deb ataladi. Hayvonlar xulqini o`rganishga bo`lgan qiziqish juda qadim zamonlardanoq paydo bo`lgan. Yangi zamonda tabiatshunoslardan J.Lamark va CH.Darven hamda ular evalyutsion ta’limoti izdoshlarning asarlari ayniqsa katta ahamiyatga ega bo`ldi. Zoopsixologiyaning taraqiyotiga bu fanning Rossiyadagi asoschisi biolog-darvenist V.A.Vagner katta xissa qo`shdi. U bir qancha chuqur ilmiy asarlar yozgan. Shulardan eng muxumlari: “qiyosiy psixologiyaning biologik asoslari” ikki tomlik, “Biopsixologiya va yondosh fanlar”, “Psixik kobiliyatlarning poydo bo`lshi va taraqqiysi” 1- nashri, “qiyosiy psixologiyadan etyutlar”dir. YUqori taraqqiy qilgan hayvonlar psixologiyasini o`rganishda ilmiy tadqiqotchilar ham juda ko`p xissa qo`shdilar. Masalan N.YU.Voytonist
maymunlar aqlini ularning ariyentirofka qilish qobiliyati va qidiriy faoliyatini “qurollar” dan foydalanish, to`dalanish munoabatlarini o`rgandi. Hayvon psixikasi haqidagi ta’limot ikki oqim- antrapomofik hamda mexanistik oqimlarda kurash olib bordilar. Darvin va uning bir qancha izdoshlari xoyvon xulqining ba’zi murakkab formalarini xaakatlar deb talqin qildilar. Hayvon psixikasini o`rganish sohasida nemis olimi Volfgang Keller ham muxum ishlar qildi. XVII-XVIII asrlarda psixologiya Kiyev-Magilyan akademiyasida va Maskvadagi Slavyan-Grek-Lotin akademiyasida o`qitish predmetiga aylandi. Bu akademiyalarning professorlari psixologiyaga oid ko`pgina asarlar yozganlar, ular ruh haqidagigi metoafizik muloxazalar emas, balki tajriba qilib ko`rish mumkin bo`lgan ba’zi psixik xodisalar haqidagi kuzatishlardan olingan ma’lumotlar asosiy o`rinni egallagan edi. Masalan , Kiyevlik olimlar inson aqliy faoliyatida tashqi tajribaga alohida e’tibor berdilar. Ular tafakkur faoliyati faqat
sezgilar asosidagina ro`y berishi mumkin deb hisobladilar. Endi shu narsa ma’lumki, Kiyev olimlari I.Myullerdan 200yil ilgari sezgi organlarining maxsusligi haqidagi masalani qo`ydlar va uni hal qilishga intildilar.Innekentiy Gezelning talqin qilishicha sezgi organlarining maxsusligi bu organlarga tashqi olamdagi predmet va xodisalarning ta’sir etish tufayli paydo bo`lgan Kiyev filosoflarining asarlarida monokulyar va binokulyar ko`rish haqidagigi, emotsiyalarning fizialogik asoslari haqidagi, iroda va uning emotsiya hamda tafakkurning birlashishidan rivojlanishi haqidagi masalalar talqin qilingan. Maskva -Slavyan-Grek-Lotin akademiyasida o`quv ishlari Kiyev-Mogilyan akademiyasi namunasida o`tkazildi Psixologiya kurslarida asosiy o`rinni ruh, aql va iroda haqidagigi boblar o`rganilgan edi. M.V Lomonosov o`zining asarlarida psixologiya masalalariga , xususan, sezgilar sohasiga katta e’tibor berdi. Va bir qancha xodisalarni materialistik jixatidan tushuntirdi. U sezgilar inson tomonidan atrofdagi olamni bilishning shartidir, chunki ular inson ongiga boqliq bo`lmagan qolda mavjud bo`lgan moddiy predmetlarning miyaga bevosita ta’sir qilishining natijasidir, deb hisobladi. Lomonosov o`z zamonasida keng tarhalgan sezgilar sohasidagi, “birlamchi va ikkilamchi sifatlar” haqidagigi ta’limotga harshi chiqdi. Uning ta’limotiga ko`ra ikkilamchi subyektiv sifatlar yo`q : bizning barcha sezgilarimiz obyektivdir. A.P.Radishchev (1749-1802y) asosan inson tabiatini tushunishdagi dualizmga, ruhiy hayotni moddiy hayotdan-miyadan ajratib qo`yishga, nutqni tafakkurdan ajratib qo`yishga harshi chiqdi. U psixikani miyadan ajratish mumkin emas va uning manbai xissiy idrok qilinadigan olamdir, deb takidlandi. “Ruh tana bilan birgalikda usmaydimi, uning bilan birga ulgayib mustaxkamlaydimi, uning bilan birga sulib o`tmaslashmaydimi sen barcha o`z tuo`unchalaring xisdan olmaysanmiq” deb yozgan edi u. Miya-psixikaning nmoddiy asosiy, busiz inson aqlli mavjudod bo`la olmaydi. Radishchea inson ongini taraqqiyotida nutqining katta ahamiyatga ega ekanligini takidlagan, nutk “fikrlarni bir joyga to`plash vositasidir; modomiki
narsaga nom berilmas ekan, narsa haqidagi fikr so`zlar bilan ifodalanmas ekan, u bizning aqlimizga yotdir va bizning aqlimiz ishga solinmaydi”. X1X asrning boshlaridan boshlab ilmiy madaniyat maorifining o`sish
bilan psixologiya bilimlari sistemasida empirik psixologiya xukmron mavkeni egallay boshladi, buning ichida esa materialistik okimlar tez o`sa boshladi.