Mavzu : aholining omonatlarini kafolatlash fondi va uni faoliyati


Fondning maqsadi va faoliyatining asosiy yo‘nalishlari



Yüklə 57,93 Kb.
səhifə10/11
tarix16.05.2023
ölçüsü57,93 Kb.
#114599
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
kurs ishi

Fondning maqsadi va faoliyatining asosiy yo‘nalishlari
“Fuqarolarning banklardagi omonatlarini himoyalash kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida nazarda tutilgan shartlarda va hajmda bank operatsiyalarini amalga oshirish huquqi uchun bank litsenziyasi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan chaqirib olingan taqdirda fuqarolarning banklardagi omonatlari bo‘yicha kafolatli haq to‘lash Fond faoliyatining maqsadi hisoblanadi.
Fuqarolarning banklardagi omonatlari bo‘yicha Fond tomonidan kafolatli haq to‘lanishi bank qayta tashkil etilishi munosabati bilan litsenziya chaqirib olingan taqdirda joriy etilmaydi.
Quyidagilar Fond faoliyatining asosiy yo‘nalishlari hisoblanadi:
fuqarolarning omonatlari bo‘yicha haq to‘lanishini ta’minlash uchun banklarning majburiy badallarini jamlash;
jamlangan mablag‘lardan mazkur Nizomda belgilangan maqsadlar va tartibda foydalanish.
Fondning huquq va majburiyatlari
Fond quyidagilarga haqli:
banklardan fuqarolarning banklardagi kafolatlanadigan omonatlarining soni va miqdorlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni olish;
o‘z mablag‘larini davlat qimmatbaho qog‘ozlariga va boshqa aktivlarga joylashtirish.
Fond qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ega bo‘lishi mumkin.
Fond mablag‘larini joylashtirish bo‘yicha barcha operatsiyalar Fondning kuzatuv kengashi qarori bo‘yicha, u har yili tasdiqlaydigan Fond budjeti doirasida amalga oshiriladi.
Fondning moliyaviy yordam ko‘rsatish va xayriya faoliyati bilan shug‘ullanishi, shuningdek yuridik shaxslarning muassisi bo‘lishi mumkin emas.
Fond quyidagilarga majbur:
o‘z mablag‘laridan samarali foydalanishni ta’minlash;
Fond mablag‘laridan maqsadli foydalanilishi ustidan nazoratni amalga oshirish;
qatnashchi banklar ro‘yxatini ommaviy axborot vositalarida muntazam ravishda e’lon qilish.
Fond direktori:
Fondning joriy faoliyatini tashkil qiladi va unga yuklangan vazifalarning bajarilishi uchun javob beradi;
Fond xodimlarini ishga qabul qiladi va ishdan bo‘shatadi;
davlat organlarida,boshqa muassasalarda, shu jumladan xorijiy davlatlar muassasalarida, shuningdek xalqaro tashkilotlarda Fond nomidan vakillik qiladi;
ishonchnomasiz Fond nomidan ish ko‘radi;
lavozim yo‘riqnomalarini va Fondning boshqa ichki hujjatlarini tasdiqlaydi;
Fond nomidan da’volar bildiradi;
Fond xodimlarining bajarishi majburiy bo‘lgan buyruqlar va farmoyishlar chiqaradi;
Fond direktori Fondning kuzatuv kengashi majlislarida maslahat ovozi bilan qatnashadi.

XULOSA

Oxirgi yillarda respublika bank tizimida juda katta o’zgarishlar yuz bermoqda. O’zbekison bank tizimida bozor islohotlari iqtisodiyotning boshqa sohalariga nisbatan bir muncha jadalroq sur’atlar bilan amalga oshirildi. Mamlakatda 2 pog’onali bank tizimi tashkil etildi. Markaziy bank boshchiligida turli mulk shaklidagi tijorat banklari paydo bo’ldi. Prezidentimiz ta’kidlaganidek, «O’zbekistonning bank tizimi vujudga kelishi haqida gapiradigan bo’lsak, bu soha iqtisodiyotning eng tez rivojlanayotgan sohasi, islohotlar yaqqol sezilayotgan soha ekanligini aytish kerak»


Bozor iqtisodiyoti sharoitida barqaror va samarali ishlovchi bank tizimini yaratish mustaqillikning birinchi kunlaridanoq O’zbekistonda yuritilayotgan iqtisodiy siyosatning eng muhim yo’nalishlaridan biri bo’ldi. Respublika bank tizimini yaratish bir necha bosqichlarda amalga oshirildi.
Banklar juda ko’p operatsiyalar bajarish bilan bir qatorda aholi qo’lidagi bo’sh pul mablag’larini o’ziga jalb qilish bilan shug’ullanadi. Bu mablag’lar banklar uchun eng arzon resurs bo’lib hisoblanadi. Aholidan bo’sh pul mablag’larini o’ziga jalb qilish uchun tijorat banklari aholi ishonchini qozongan bo’lishi kerak. Aholi bankdan o’z omonatlarini talab qilganda, istagan summani uning birinchi talabidanoq bera olish imkoniyati bankning aholi oldidagi ishonchini oshirishi mumkin. Lekin bozor munosabatlari sharoitida buning o’zi etarli emas.
Erkin raqobat sharoitida banklar ba’zi sabablarga ko’ra inqirozga uchrashi mumkin. Bunday holda aholi omonatlarini qaytarilishi kafolatlangan bo’lishi lozim.
O’zbekistonda ham omonatlarni himoyalash tizimining shakllanishi, fuqarolarning banklardagi omonatlarini kafolatlash Fondining tashkil etilishi, uning faoliyati tahlil qilib chiqildi.
Fond ochilganiga hali ko’p vaqt bo’lmagan bo’lsa-da, u o’z faoliyatini yanada takomillashtirishga harakat qilmoqda.
Fuqarolarning banklardagi omonoatlarini kafolatlash Fondining faoliyatini yanada rivojlantirish uchun:

Yüklə 57,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin