Mavzu : aholining omonatlarini kafolatlash fondi va uni faoliyati



Yüklə 57,93 Kb.
səhifə5/11
tarix16.05.2023
ölçüsü57,93 Kb.
#114599
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
kurs ishi

Dispozitiv huquqiy boshqaruvda omonatchilar manfaatini himoyalash tartibi har bir holatda shartnoma asosida amalga oshiriladi.

  1. Omonatlarni kafolatlash tizimi omonatlarni himoyalash hajmiga qarab: to’liq, cheklangan yoki o’zgaruvchan.

Omonatlarni to’liq hajmda himoyalanishi aholining bank tizimiga nisbatan ishonchini mustahkamlaydi, chunki bunda bank tomonidan jalb etilgan barcha turdagi omonatlar himoyalanish ob’ekti hisoblanadi. Bunday shakl amal qilganda bank tizimi inqirozlari davrida omonatlarning yoppasiga olish holatlariga barham beriladi.
Omonatlarning cheklangan hajmda himoyalanishda tijorat banklari tomonidan jalb etilgan cheklangan miqdordagi omonatlar kafolatlanadi. Omonatlarni kafolatlashning bu shakli asosan mayda omonatchilarning manfaatini himoyalashga mo’ljallangan.
Omonatlarni himoyalash hajmi o’zgarish shakli amal qilganda kafolatlash ob’ektining hajmi davrga qarab o’zgarib turadi. Asosiy xususiyati shundaki, bank inqirozlari davrida kafolatlash hajmi ortadi va aholi o’z omonatlarini olib ketmasliklariga asos yaratiladi.
Mayda omonatchilar omonatlarini himoyalash tizimi amal qilgan ko’pchilik mamlakatlarda himoyalanuvchi omonatning hajmi eng kichik miqdorlar orasida tebranib turadi. Yuqori summali chegara aholining o’z mablag’larini bank muassasalariga jamg’arishga undaydi. Omonatlar himoyalanishi mayda omonatchilarni doimiy ravishda o’z jamg’armalari joylashgan bankning moliyaviy ahvolini kuzatish zaruriyatidan xolos etadi.
III. Mulk shakliga qarab omonatlarni kafolatlash tizimining davlat, xususiy yoki aralash turlari mavjud.
Omonatlarni kafolatlash tizimi davlatga qarashli bo’lganda, omonatlarni kafolatlash muassasining ustav kapitali davlatga qarashli mablag’ hisobidan shakllangan bo’ladi. Bu tizim aholining banklarga va omonatlarni kafolatlash tizimiga ishonchini o’sishini ta’minlaydi. Bunda omonatlarni himoyalanishi davlat tomonidan kafolatlanadi.

Yüklə 57,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin