Auditorlik tekshiruvi natijalarini baholash va umumlashtirishning maqsadi va vazifalari O’zbekistonda auditorlik xizmati bozorining vujudga kelishi 90-yillarning o’rtalariga to’g’ri keladi. 1992 yil 9 dekabrda Oliy majlisda «Auditorlik faoliyati to’g’risida»gi Qonunni qabul qilinishi va shu asosida Vazirlar Mahkamasining Qaroriga Muvofiq auditorlik tashkilotlari vujudga kela boshladi. Shundan boshlab auditorlik xizmati stixiyali ravishda shakllandi.
Huquqiy bozor iqtisodiyotini (ehtimolki hatto hisob auditorlik huquqining alohida tarmog’ini barpo etib) qaror toptirish va rivojlantirish, tadbirkorlarning turli shakllarini rivojlantirish, barqaror iqtisodiy va fuqarolarning ijtimoiy himoyalanishini ta’minlash, chinakam oshkoralikning mavjudligi. Bunda bozor iqtisodiyotining o’zini-o’zi tartibga soluvchi vositalari (shu jumladan audit ham) amalda samarali tadbirkorlikni, aholining ijtimoiy muhofazasini ta’minlaydi, davlatimizni saqlab qolish yo’lida mehnat qilishga imkon beradi, deb hisoblashmoqda.
Auditor xo’jalik tizimining kuzatuvchi sifatida axborot xatarini kamaytirishi zarur. Bu vazifani bajarish tekshirish natijalariga va auditorning professional mulohaza yuritish qobiliyatiga asoslangan. Bu vazifani bajarish tekshirilayotgan iqtisodiy sub’ektlarning faoliyati (shu jumladan buxgalteriya hisobi va yillik buxgalteriya hisoboti) muayyan mezonlarga muvofiqligi yoki muvofiq emasligi haqida auditor o’z fikrini bildirishi bilan nihoyasiga etadi. Bu quyidagi chizmada tasvirlangan.
2-chizma. Auditorlik tekshiruvidagi asosiy vazifalar. Bu vazifani bajarish uchun auditordan keng professional va hatto intellektual dunyoqarash, yuksak axloqiy fazilat va nazorat ishining ma’lum ko’nikmalari talab qilinadi. Kengaytirilgan dasturda amalga oshiriladigan audit juda murakkabligi sababli odatda nazorat-taftish tadbirlarini mutaxassislar guruhi bajaradi, mutaxassislarning har biri biror kasb sohasida chuqur bilimli bo’ladi. Masalan, savdoda auditorlar guruhida buxgalterlar, tovarshunoslar, iqtisodchilar, iqtisodiy axborotni ishlashning avtomatlashtirilgan tizimi mavjud bo’lsa, ma’lumotlarni informatsion texnologiya mutaxassislari kiritadi.
Umuman auditni tashkil etishning bunday shakli nazorat samaradorligi va sifatini oshiradi, uni o’tkazish muddatini kamaytiradi, demak ko’rsatiladigan xizmatga ketadigan xarajatini kamaytiradi.
Auditorlik tekshiruvida korxona faoliyatining moliyaviy jihatlarini tahlil qilish, shuningdek, uni moliyaviy jihatdan sog’lomlashtirishga doir vazifalar bilan qo’shilib ketadi. Auditorlarning barcha (deyarli barcha) xizmatlari pul evaziga bajariladi, lekin bu mijoz korxonalarga ham, ularning buxgalteriya hisobotidan foydalanuvchi «Uchinchi shaxslar» deb ataluvchilarga ham foydalidir.
Keyinchalik O’zbekistonda ham bozor munosabatlari rivojlangan sari yuqorida aytilgan va shunga o’xshash tafovutlar kengayishi mumkin. Shu sababli auditning tashkiliy-yuridik va iqtisodiy asoslarini ishlab chiqish va ularni auditorlik xulosalaridan foydalanuvchilarning kutishlaridagi ob’ektiv tafovutlarni hisobga olib takomillashtirish lozim.