Mavzu : Audit natijalarini tekshirish va baholash



Yüklə 68,7 Kb.
səhifə1/6
tarix02.06.2023
ölçüsü68,7 Kb.
#121941
  1   2   3   4   5   6
Аудитда танлаш ва унинг натижаларини баҳолаш


Mavzu : Audit natijalarini tekshirish va baholash
Reja :
1 Mamlakatimizda auditorlik tekshiruvlarini tashkil qilishning me’yoriy-huquqiy asoslari
2 Auditorlik tekshiruvi natijalarini baholash va umumlashtirishning maqsadi va vazifalari
3 Auditorlik tekshiruv natijalarini umumlashtirishda xulosa va hisobot tuzishning zaruriyati


Mamlakatimiz iqtisodiyotini modernizatsiyalash va ishlab chiqarish tarmoqlariga yangi zamonaviy texnika-texnologiyalarning kirib kelishi asosida xo’jalik sub’ektlaring moliyaviy mustaxkaligini oshishi keyingi yillarda auditorlik faoliyatini yanada rivojlanishiga poydevor bo’lmoqda. «Auditorlik faoliyati to’g’risida»gi Qonunga (yangi tahriri) muvofiq «Auditorlik faoliyatini takomillashtirish va auditorlik tekshirishlarining ahamiyatini oshirish to’g’risida» Vazirlar Mahkamasining Qarori tasdiqlandi. Buning natijasida malakali auditorlarni tayyorlash, qayta tayyorlash hamda auditorlik faoliyatini litsenziyalashda jiddiy o’zgarishlar sodir bo’ldi. Bu o’z navbatida auditorlar va auditorlik tashkilotlarini huquq va mas’uliyatlarini yanada oshirdi va ular o’rtasida raqobat kuchaydi.
Auditorlik faoliyatini litsenziyalashtirish (ruxsatnoma berish) va auditor malaka sertifikatini berishning yangi tartibi joriy etildi. Bunday chora-tadbirlarning amalga oshirilishi albatta auditorlik tekshirishlarning sifatini yanada yaxshilash imkoniyatini yaratdi. Auditorlik tashkilotlarga auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya mahsus vakolatli davlat organ – Moliya Vazirligi tomonidan beriladi va auditorlik faoliyatini maxsus ruxsatnoma (litsenziya) asosida amalga oshiriladi. Auditorlik tashkilotlarida malaka sertifikatiga ega bo’lgan auditorlar faoliyat ko’rsatadi. O’zbekiston Respublikasda auditor malaka sertifikatini olish tartibi quyidagi talablar asosida amalga oshiriladi:
- oliy iqtisodiy ma’lumotning buxgalteriya hisobi, auditorlik, moliyaviy yoki soliq nazorati sohalarida amaliy ish, dars berish staji kamida 3 yil bo’lishi;
- yoki oliy noiqtisodiy yoki o’rta maxsus iqtisodiy ma’lumot bilan auditor, bosh buxgalter, revizor yoki soliq inspektori sifatida kamida 5 yillik ish stajining borligi. Bunday ish stajiga ko’rsatilgan ishlarda xodimlar shtatida yoki o’rindoshlik sifatida ishlagan davrlari, shuningdek, auditorning yordamchisi sifatida ishlagan vaqti ham kiradi;

- auditorlarni tayyorlash markazlarida O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi tomonidan auditorlarning Respublika auditorlar palatasi bilan kelishib tasdiqlangan o’qitish dasturlari asosida maxsus kasbiy tayyorgarlikdan o’tadi va auditor malaka sertifikatini olish uchun tegishli talab etiladigan hujjatlar Moliya Vazirligiga taqdim etiladi hamda ular tomonidan tashkil etilgan imtihondan muvaffaqiyatli o’tgan da’vogar uchun 5 yil muddatga auditor malaka sertifikati beriladi.
Auditorlik faoliyatining asosiy maqsadi – bozor iqtisodiyoti sharoitida xo’jalik yurituvchi sub’ektlar moliyaviy-xo’jalik faoliyatini amaldagi qonunchilikka asosan atroflicha o’rganish va tahlil etish, muammolarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish yuzasidan samarali taklif va tavsiyalar berishdan iboratdir.
O’zbekiston Respublikasi «Auditorlik faoliyati to’g’risida»gi Qonunga muvofiq auditorlik tekshiruvlari majburiy va tashabbus bilan o’tkaziladigan auditga ajratiladi hamda quyidagi xo’jalik sub’ektlarining turlari bir yilda bir marotaba majburiy auditorlik tekshiruvidan o’tishlari shartligi belgilangan:

  • aktsiyadorlik jamiyatlari;

  • banklar va boshqa kredit tashkilotlari;

  • sug’urta tashkilotlari;

  • investitsiya fondlari hamda yuridik va jismoniy shaxslarning ixtiyoriy badallari bo’lmish xayriya fondlari va boshqa ijtimoiy fondlar;

  • mablag’larning hosil bo’lish manbalari Qonun hujjatlarida nazarda tutilgan, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan qilingan majburiy ajratmalar bo’lmish byudjetdan tashqari fondlar;

  • ustav fondida davlatga tegishli ulushi bo’lgan xo’jalik yurituvchi sub’ektlar.1

Auditorlik tashkilotlari o’z faoliyatida O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O’zbekiston Respublikasi qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari va boshqa hujjatlariga, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari hamda farmoyishlariga, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, boshqa normativ hujjatlarga amal qiladilar.
Auditorlik tashkiloti, auditorlik faoliyatini amalga oshirish litsenziyasi, o’zining nomiga ega muhri, mustaqil balansi, banklarda hisob raqamlariga ega bo’lgan yuridik shaxs hisoblanadi.
Quyidagilar auditorlik tashkilotlarining asosiy vazifalari hisoblanadi:

  • xo’jalik yurituvchi sub’ektlar moliyaviy hisobotlarining tahlili va ishonchliligini tasdiqlash;

  • xo’jalik faoliyati samaradorligini real va haqqoniy baholash;

  • mulkdorlar, aktsiyadorlar, investorlar, kreditorlar va boshqa moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilar huquqlarini himoya qilish;

  • xo’jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyati samaradorligini oshirish bo’yicha amaliy takliflarni ishlab chiqish.

Auditorlik tashkilotlari ularning zimmasiga yuklatilgan vazifalarga muvofiq moliyaviy hisobotlar hamda u bilan bog’liq bo’lgan moliyaviy axborotlarning qonunchilikka muvofiqligi va ishonchliligini auditorlik tekshiruvlaridan o’tkazadi, shuningdek professional xizmatlar ko’rsatadi.
Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyati samaradorligini tahlil qilish va baholashda auditorlik tashkilotlari, avvalambor daromadlilik (rentabellik), kapitaldan foydalanish darajasi, moliyaviy barqarorligi, to’lov qobiliyati va o’zini-o’zi moliyalash darajasi, ishdagi faollik mezonlaridan kelib chiqadi.
Auditorlik tashkilotlari:

  • auditorlik tekshiruvini o’tkazish to’g’risida qaror qabul qilish uchun xo’jalik yurituvchi sub’ektning ta’sis hujjatlari va buxgalteriya hisobi hamda moliyaviy hisobotlari bilan oldindan tanishib chiqish;

  • auditorlik tekshiruvini olib borish shakllari va uslublarini mustaqil ravishda belgilash;

  • auditorlik tekshiruvini o’tkazishda xo’jalik yurituvchi sub’ektning moliya-xo’jalik faoliyatini amalga oshirish bilan bog’liq hujjatlari bilan to’liq tanishib chiqish, shuningdek ushbu hujjatda hisobga olingan har qanday mulkning aniq mavjudligi yoki har qanday majburiyatlarning aniq holatini tekshirish;

  • auditorlik tekshiruvi davomida yuzaga kelgan savollar bo’yicha xo’jalik yurituvchi sub’ektning moddiy javobgar shaxslaridan og’zaki va yozma tushuntirishlar hamda auditorlik tekshiruvi uchun zarur bo’lgan ko’shimcha ma’lumotlarni olish;

  • xo’jalik yurituvchi sub’ektdan uchinchi shaxslar axborotining yozma tasdiqnomasini olish;

  • xo’jalik yurituvchi sub’ekt ishonchli auditorlik xulosasini tayyorlash uchun barcha zarur bo’lgan axborotni bermagan taqdirda auditorlik tekshiruvini o’tkazishdan bosh tortish;

  • auditorlik tekshiruvini o’tkazishda auditorlar va boshqa mutaxassislarni ishtirok etishga belgilangan tartibda jalb etish;

  • auditorlik tekshiruvini olib borish davrida xo’jalik yurituvchi sub’ektga buxgalteriya hisobini yo’lga qo’yish, tiklash, olib borish hamda moliyaviy hisobotni tayyorlashdan tashqari professional xizmatlar ko’rsatish;

  • respublika auditorlar jamoat birlashmasiga a’zo bo’lish huquqiga egadir.2

Auditorlik tashkilotlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo’lishlari mumkin.
Auditorlik tashkilotlari:

  • auditorlik faoliyatini amalga oshirishda qonun hujjatlarida belgilangan litsenziya talablari va shartlariga amal qilishi;

  • auditorlik tekshiruvini o’tkazish bo’yicha shartnoma tuzishdan avval buyurtmachining talabiga ko’ra auditorlik faoliyatini amalga oshirishga tegishli litsenziya, auditor (auditorlar)ning malaka sertifikatini ko’rsatishi;

  • xo’jalik yurituvchi sub’ektning talabiga ko’ra auditorlik tekshiruvini o’tkazish bo’yicha qonun hujjatlaridagi talablar, auditorning fikr-mulohazalari asoslanadigan huquqiy normalar to’g’risida axborot taqdim etishi;

  • auditorlik tekshiruvini amalga oshirishda olingan axborotlarni sir saqlashi;

  • auditorlik hisobotida moliya-xo’jalik operatsiyalarining qonuniyligini buzish holatlari va ularni bartaraf etish bo’yicha takliflarni aks ettirishi;

  • o’tkazilgan auditorlik tekshiruvlari natijalari bo’yicha auditorlik xulosalari va auditorlik hisobotlarining nusxalari auditorlik tashkilotida bo’lishi hamda ularning qonun hujjatlarida belgilangan tartibda saqlanishini ta’minlashi;

  • xo’jalik yurituvchi sub’ektning mansabdor shaxslari va boshqa xodimlari mazkur sub’ektga zarar keltirganligiga yaqqol guvohlik beruvchi holatlarni aniqlagan taqdirda bu to’g’rida rahbariyat (mulkdor)ni xabardor qilishi hamda auditorlik xulosasida tegishli ravishda qayd etishi shart. Zarur hollarda auditorlik tekshiruvining natijalarini aktsiyadorlarga etkazish uchun ularning qonun hujjatlarida belgilangan tartibda umumiy majlisini chaqirishni talab qilishi;

  • auditorlarning har yili malaka oshirish kurslaridan o’tishlarini ta’minlashi;

  • respublika auditorlar jamoat birlashmalarining talabiga ko’ra auditorlik tashkilotlarini majburiy reyting baholash uchun axborot taqdim etishi shart.

Auditorlik tashkilotlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarga ham ega bo’lishlari mumkin.
Auditorlar nazorat yoki huquqni muhofaza qilish organlarining topshiriqlariga binoan faqat auditorlik tashkiloti bilan nazorat yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlar o’rtasida tuzilgan shartnoma asosida turli tekshiruvlarni o’tkazishda mutaxassislar sifatida ishtirok etishlari mumkin.
Auditorlik tashkilotlari ochiq aktsiyadorlik jamiyati shaklidan tashqari barcha tashkiliy-huquqiy shaklda tashkil etilishi va faoliyat yuritishi mumkin, bunda ustav kapitalining 51 foizdan kam bo’lmagan miqdori mazkur auditorlik tashkilotining bir yoki bir nechta shtatdagi auditorlariga tegishli bo’lishi shart. Auditor (auditorlar) faqat bitta auditorlik tashkilotining ta’sischisi bo’lishi mumkin.
Auditorlik tashkilotini auditor malaka sertifikatiga ega bo’lgan rahbar boshqaradi hamda attestatsiyadan o’tmagan rahbar ikki yil mobaynida auditorlik tashkiloti rahbari sifatida faoliyat yuritish huquqiga ega emas.
Auditorlik tashkilotlari auditorlik tekshiruvini o’tkazish uchun shtatdagi auditorlar yoki auditorlik tashkiloti bilan fuqarolik-huquqiy xarakterdagi shartnoma tuzgan auditorlarni jalb etishi mumkin.

Yüklə 68,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin