2-guruh ona tili fani bilan bog’laydi
“Tegishli tana a’zolarini top” o’yini
So’zlar yozilgan so’zlarni qaysi sezgi a’zolari bilan sezish mumkinligini topadilar
Shirin-til,ta’m bilish orqali
Xushbo’y-burun,hid bilish orqali
Sovuq-harorat turi orqali
Yoqimli-eshitish quloq orqali
Katta,chiroyli-ko’rish,ko’z orqali
Nordon-til,ta’m bilish orqali
Issiq-barmoq uchi teri orqali
3-guruh o’qish fani bilan bog’lab maqollar aytishadi
4-guruh ingliz tili bilan bog’laydi
Non-
Gurunch-
Go’sht-
Meva-
Sabzavot-
Baliq-
Qand-
Sut-
3-shartda o’quvchilardan o’tgan darsda o’tilgan mavzu so’raladi
Mavzuni so’zlab bergan o’quvchilar bulutga ega bo’ladi
Har bir guruhlardan o’quvchilar chiqib «Kapalakchalardan» savollarni undagi
savollarga javob berdilar.
2 O’quvchilar rag’batlantirib boriladi.
O’quvchilar javoblari umumlashtiriladi va mustahkamlanadi.
Dam olish daqiqasi.(qo’l harakatlari bilan)
Daraxt o’sadi tikka,
Shox chiqaradi yonga.
Quyoshdan nur oladi,
Yerga soya soladi.
3 bosqich: Yangi mavzu bayoni.
Yangi mavzu, mavzuga mos topishmoq aytish bilan boshlanadi.
Yerda asta unadi,
Oftob chiqsa kuladi.
U bahorning ertasi,
Buni hamma biladi. (Boychechak)
Topishmoqning javobidan kelib chiqib, mavzu haqida ma’lumot beriladi.
Bugungi mavzumiz ”Bahorda o’simliklar hayoti»
O’quvchilardan birinchi bo’lib ochiladigan gullar so’raladi. Gullar rasmi ko’rsatiladi va tarmoqlanadi.
Bahor faslida quyosh tobora baland ko’tarilib havi, yer isiy boshlaydi.
Tez- tez yomg’r yog’di va bu o’simliklarning o’sishiga qulay sharoit yaratib berishi tushuntiriladi.
Kunlar isishi bilan daraxtlar tanasiga yerdan suv bilan birga oziqalar ko’tariladi. Shu oziqalar natijasida daraxtlarning kurtaklarning bo’rtib kattalashishi va gullashi tushuntiriladi.
Eng oldin bodom gullaydi va barg chiqaradi. Keyin shaftoli, o’rik, nok, gilos, olma, gilos.
Eng oxiri behi gullaydi. Behi oldin barg chiqarib keyin gullashi tushuntiriladi.
Bahorda ba’zan havo birdan sovib ketgan kunlar ham bo’ladi. Birdan tushadigan qattiq sovuqni «Qora» sovuq deyishadi.
«Qora sovuq» juda havfli, u mevali daraxtlarning gulini endigina tukkan mevasini va dalalarga ekilgan ekinlarni qoraytirib ketadi.
Bog’bonlarimiz mevali daraxtlarning gullarini endigina tukkan mevalarini sovuq urib ketmasligi uchun, mevali bog’larning shamol keladigan tomoniga gulxanlar yoqishi va shu yo’l bilan daraxtlarni sovuq urib ketishidan asrashi haqida tushintiriladi
O’quvchilarga savollar beriladi.
1 Bahorda eng oldin qaysi gullar ochilar ekan?
Qaysi daraxtlar oldin gullab keyin barg chiqaradi?
4-bosqich: Yangi mavzuni mustahkamlash.
1-guruh:Daraxtlardagi gullarni olib savollarga javob berishadi
Gullar haqida she’rlar topishmoqlar so’raladi.Gullar va ularning foydasi haqida suhbat qilinadi. Tabiatni asrash,o’simliklar gullar, daraxtlami asrash kerakligi tushuntiriladi.
2-guruh:Qo’ziqorindagi savollarga javob berishadi
3-guruh “Klaster” metodi
Bahorda uchib keluvchi qushlar nomini yozadi
4-guruh:”Kamalak” metodida daraxtlarning navbat bilan gullashini yozadi
5-bosqich: Darsni yakunlash.
O’quvchilar test bajarishadi.Multimedia bilan ishlanadi.
—Dars sizga yoqdimi?
—Bugungi darsdan nimalarni bilab oldingiz?
Dars xulosalandi, o’quvchilar baholanadi.
Kimda mana shunday rasm hosil bo’lgan bo’lsa bahosi 5 ekanligi aytiladi
6-bosqich: Uyga vazifa: Mavzuni o’qib kelish va bahor gullarini rasmini chizib kelish.
Dostları ilə paylaş: |